UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Ta'lim sifatini nazorat qilish

“Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi boshlig‘i 
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Usmanov Salaxdin Aliqulovich 
Telefon: 0 (371) 226-57-17
E-mail: dgpi-info@edu.uz

“Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiningO‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi 2017 yil 18 iyul,515-son qaroriga asosan Jizzax politexnika institutida “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi ish faoliyatini boshladi.

1. Bo‘limning asosiy maqsadi JizPI talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, JizPIni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.

2. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari,Davlat inspeksiyasi hamda JizPI rektorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek Bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.

Bo‘lim amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda JizPI rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etadi.

 “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi bosh mutaxassisi
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Jiyanboev Sirojiddin Valievich
Telefon: 0 (371) 226-57-17
E-mail: dgpi-info@edu.uz

"Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi bosh mutaxassisi
Egamberdiev Fazliddin Otakulovich
Telefon: 0 (371) 226-57-17
E-mail: dgpi-info@edu.uz

3. Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

JizPIda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

JizPI talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;
ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

JizPIni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni JizPI rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;

Attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda JizPIda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;
JizPIning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha JizPI rahbariyatiga takliflar kiritish;

JizPI professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni JizPI rektoriga ma’lum qilish;

JizPIning o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

JizPIda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan JizPI reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;

Talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash;

JizPIdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

Bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va JizPI hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;

JizPI reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni rahbariyat bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

JizPI tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;

JizPIda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;

O ‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;

JizPI Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

Ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni JizPI rahbariyatiga taqdim etish.

4. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

JizPIda ta’lim sifatini DTS va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni va chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini aniqlash, uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo‘nalishlarini belgilab berishga va bu jarayonni muvofiqlashtirishga qaratadi;

Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o‘rganadi;

Talabalarning darslik va o‘quv qo‘llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo‘llanmalar)  bilan ta’minlanganlik darajasini va zamonaviy talablarga mosligini ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi;

JizPI professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qiladi yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganadi va xulosalarni JizPI rektoriga ma’lum qiladi;

O ‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o‘rganadi va ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli  takliflarni beradi;

Ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini, JizPI professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy, innovatsion va h.k. tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tatbig‘ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo‘yicha o‘rganadi;

JizPI tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganigi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi;

Ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasini, JizPIning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik echimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini (samarali yoki samarasizligini) o‘rganadi;

O‘z sohasi bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarning rivojlanishiga qarab ta’lim jarayonlarini amalga oshirish uchun pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam emasligi) hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha iste’molchilar bozorining o‘rganilganligini (marketing xizmati asosida) tahlil qiladi;

Ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini tahlil qiladi;

Talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligini o‘rganadi;

JizPIning tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchi instituti orqali oliy malakali kadrlar tayyorlash faoliyatini tahlil qiladi;

JizPIning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini tahlil qiladi;

JizPIda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida),professor-o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, ta’lim muassasasidagi ma’naviy-ijtimoiy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy sifatlarini (so‘rovnoma asosida) o‘rganadi;

JizPI axborot-resurs markazi fondining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini aniqlaydi;
bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga o‘qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qiladi;

Ota-onalar va ish beruvchilar hamda boshqa manfaatdor shaxslarning homiylik kengashi faoliyatidagi va ta’lim jarayonidagi ishtirokini tahlil etadi;

Professor-o‘qituvchilar reytingini aniqlash bo‘yicha takliflar kiritadi;

Talabalarning mustaqil ta’lim samaradorligini davriy ravishda monitoring qiladi;

JizPI rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan xorijiy tillarni o‘rganishning samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritadi;

Talabalar bilimini baholash bo‘yicha nazorat natijalarini tanlama tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini va shaffofligini o‘rganadi va takliflar tayyorlaydi;

Yakuniy davlat attestatsiyalarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilgan holda o‘tkazilganligini va uning natijalarini tahlil qiladi;

JizPIning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazadi, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi, ularni Davlat inspeksiyasi boshlig‘i hamda JizPI rektoriga o‘rnatilgan tartibda taqdim qiladi;

JizPIda kadrlar tayyorlash sifati va talabalar bilim darajasini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;

JizPI faoliyatini xalqaro ta’lim sifatini aniqlash indikatorlari bilan taqqoslash asosida uning jahon reytingida munosib o‘rin egallashi uchun tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

JizPIda xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligini, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, tayanch doktorant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini (seminar, anjuman, simpozium va h.k.), chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini, xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini tahlil qiladi va bu sohani rivojlanishiga takliflar beradi va amaliy yordam ko‘rsatadi;

Bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va JizPI hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganadi va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etadi;

Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan JizPI reytingini aniqlash va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda hamda boshqa topshiriq va  vazifalarni bajarishda ishtirok etadi;

JizPI reytingini xalqaro darajaga ko‘tarish uchun tajribali professor-o‘qituvchilar va yosh mutaxassislarni chet el tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safariga yuborish va ularning natijasini ta’lim jarayoniga tatbiq etishda JizPI rahbariyati bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi;

Respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib boradi va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

JizPIda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari asosidagi takliflarni JizPI rahbariyatiga taqdim etadi.

5. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

Bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun JizPI tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;

JizPI va uning tarkibiy tuzilmalarida talabalar, tinglovchilar va o‘quvchilarni o‘qitish sifatini, ta’limning tegishli turlari bo‘yicha ishchi o‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini DTSlariga, davlat talablariga, malaka talablariga va o‘quv reja hamda fanlarning namunaviy dasturlariga muvofiqligini belgilangan tartibda o‘rganish;

JizPIda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazoratga olish;

JizPIda ta’lim sifatiga oid qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning etarli darajada ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlanganda, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish uchun rahbariyatga takliflar kiritish;

JizPIda ijtimoiy muhitni, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilishini tashkil qilish;

Ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminar va o‘quvlarda ishtirok etish;

Belgilangan tartibda JizPI Kengashiga saylash va saylanish;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

6. Bo‘lim quyidagi majburiyatlarga ega:

Xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi va o‘z sha’niga dog‘ tushirmaydi;

Davlat inspeksiyasiga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga hamda JizPIning ishchi o‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini tayyorlash sifati, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiya va reyting baholari xolisligini belgilangan tartibda nazoratini tashkil etishga javob beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, o‘quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, JizPIning Ustavi, Ichki tartib hamda Odob-ahloq qoidalariga rioya etadi.

7. Bo‘lim faoliyatiga rahbarlik qilish bo‘lim boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.

Bo‘lim boshlig‘ining lavozimi, dekan lavozimiga tenglashtiriladi.

Bo‘lim boshlig‘i bo‘lmagan (ta’til, betoblik, xizmat safari) davrda uning vazifasini bajarish bosh mutaxassisning biriga yuklatiladi.

8. Bo‘lim boshlig‘ining asosiy funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:

Bo‘lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i va JizPI rektori bo‘yruq va ko‘rsatmalari asosida tashkil etish;

Bo‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;

ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

JizPIda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

JizPI talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;
ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

JizPIni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni JizPI rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;
ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
JizPIning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha JizPI rahbariyatiga takliflar kiritish;

JizPI professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni OTM rektoriga ma’lum qilish;

Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

JizPIda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan OTM lari reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;

Attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda JizPIda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

Bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va JizPI hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;

JizPI reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

JizPI tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar va treninglar o‘tkazish;

O‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;

JizPI Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

Bo‘lim xodimlarining lavozim vazifalari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish haqida Davlat inspeksiyasiga va JizPI rahbariyatga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;
ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida bo‘limga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

9. Bo‘lim mutaxassisining asosiy funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:

O‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i va JizPI rektori bo‘yruq va ko‘rsatmalari hamda bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlari asosida tashkil etish;

Bo‘limda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ish yuritish va ijro nazoratini ta’minlash;

JizPIning o‘quv, ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

JizPIning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasini, shuningdek  oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlarida sifat darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan ichki attestatsiya jarayonida ishtirok etish va hisobot tayyorlash;

Talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash;

JizPIdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishni tashkil etishva ularning natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;

Jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;

Attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda JizPIda aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning o‘z vaqtida bartaraf etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish;

Bo‘lim faoliyatiga oid me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;

Respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib borish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan bo‘lim boshlig‘i ruxsati bilan OTM lar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish.