UZ | RU | EN    

1 2
 
«Dekabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







AL va KXK bilan ishlash bo'limi

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i 

Hotamov Jaxongir Abdumalikovich

Tel: +99872  226-50-61
       +99894  573-19-88

E-mail: jaxongir11@mail.ru

Qabul kunlari: haftaning seshanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 martdagi 07/2-1-6 sonli topshirig'iga asosan institutda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlashni yo'lga qo'yish maqsadida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash prorektori lavozimi va akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo'limi tashkil etildi.

Viloyatimizdagi 4 ta akademik litseylardan 2 tasi Jizzax politexnika instituti qoshida faoliyat ko'rsatadi. Bundan tashqari viloyatdagi 75 ta kasb-hunar kollejlaridan 33 tasi institutga biriktirilgan.

Institut qoshidagi 2 ta akademik litsey va biriktirilgan kasb-hunar kollejlari qatorida viloyatdagi barcha akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga uslubiy ta'minot, grantlar asosida xorijdan keltirilgan jihozlardan samarali foydalanish, o'qituvchilar malakasini oshirish, elektron resurslarni etkazib berish, institutning malakali o'qituvchilarini litsey va kollejlarda dars o'tishga jalb qilish, bitiruvchi talabalarga  konsultatsiyalar o'tish, fan olimpiadalariga tayyorlash va boshqa masalalarda amaliy yordam berib kelinmoqda.

Institut axborot resurs markazida mavjud adabiyotlar va bo'lim hodimlari tomonidan elektron darsliklar fondi tashkil qilingan. Fonddan viloyatdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari foydalanishi uchun sharoitlar yaratilgan.

Akademik litseylar va ta’lim sohasi bo'yicha turdosh kasb-hunar kollejlariga keltirilgan zamonaviy asbob-uskunalarni ishga tushirish, yangi laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni uslubiy qo'llanma va ko'rsatmalar bilan ta’minlashda amaliy yordam berib kelinmoqda.

Institutning ixtisoslashtirilgan kafedralarida kasb-hunar kollejlari pedagoglari, muhandis-pedagoglariga va o'quv ishlab chiqarish ta’limi ustalariga tajriba almashinish  uchun shart-sharoitlar yaratilib hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

Viloyatdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari iqtidorli o'quvchi-yoshlardan saralash testlari orqali tanlab olish va ularning o'qishga kirishga tayyorlanishlariga ko'maklashish maqsadida viloyatdagi 75 ta kasb-hunar kollejlari kafedralarga taqsimlab berildi. Bundan tashqari institut qoshidagi 1- va 2- litseyning barcha talaba yoshlari institutning professor-o'qituvchilariga biriktirib berilgan.

Viloyat O'MKHT boshqarmasining 2014 yil 15 martdagi 478/01 sonli xatiga asosan AL va KHK lari talabalari o'rtasida o'tkazilayotgan fanlar olimpiadasining viloyat bosqichini sifatli va adolatli o'tishini ta’minlash uchun institutning 9 nafar professor-o'qituvchilarini hay’at a’zoligiga jalb qilindi.

JizPI 124 –MKK (rus) guruhi talabasi A.K.Ibragimov kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan "Oqova suv tarmoqlari qurilmalari" nomli o'quv qo'llanmaning 2–nashri  chop etilishida O'.T.Zokirov, T.Mamajonov, E.S.Bo'rievlar bilan hammualliflikda ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus vazirligining 2013 yil 20 dekabrdagi 484 sonli buyrug'iga asosan S.Toshpo'latov, F.Alqarova, G.Alimova, Z.Xaqnazarova, B.Muxtorov, S. G'ofurovalar muallifligidagi "Kiyimlarni kompyuterda loyihalash asoslari" nomli  o'quv qo'llanmaga (guvohnoma nusxasi 48423 sonli) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan, nashriyotlarda nashr qilishga ruxsat berildi.


OO'Y reyting