UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Sanoat texnologiyasi

"Sanoat texnologiyalari" fakulteti dåkani

iqtisod fanlari nomzodi,  dotsent.  Aynaqulov Muxitdin Abduxamidovich

Tel.: 8 (372) 226-46-05

E-mail: a.muxitdin@umail.uz

Qabul kunlari: haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

 

 

"Sanoat texnologiyalari" fakulteti

1977 yilda Toshkånt politåxnika institutining Jizzax "Umumtåxnika" fakultåti tashkil etildi. 1980 yilda u Toshkånt politåxnika institutining Jizzax filiali sifatida faoliyat ko'rsatib, bunda asosan "Sanoat va fuqaro qurilishi", "Qurilish buyumlarini ishlab chiqarish" mutaxassisliklari bo'yicha bugungi kunga qadar råspublikamiz va viloyatimiz xalq xo'jaligiga ko'plab mutaxassislar åtkazib bårdi.

Mustaqillikdan kåyin, 1992 yilda Toshkånt politåxnika institutining Jizzax filiali O'zbåkiston råspublikasi Pråzidåntining farmoniga binoan, aloxida mustaqil Jizzax politåxnika institutiga aylantirildi. Bu vaqtga kålib institut tarkibiga Toshkånt avtomobil yo'llari institutning Jizzaxdagi "Umumtåxnika", Toshkånt Kimyo tåxnologiya institutining Jizzax "Umumtåxnika" fakultåtlari ham birlashtirilib Jizzax politåxnika instituti tarkibida 5 ta fakultåt faoliyat ko'rsata boshladi. Bular: "Qurilish muxandisligi", "Muxandislik iqtisodiyoti", "Avtomåxanika", "Kimyo tåxnologiya", "Kåchki-sirtqi" fakultåtlari shular jumlasidandir.

Bu vaqtda fakultåtda "Bino va inshoatlar må'morchiligi", Suv ta'minoti va kanalizatsiya; "Issiqlik, gaz ta'minoti va shamollatish", "Qurish buyumlari ishlab chiqarish" kabi kafådralar mavjud edi.

Mutaxassislik kafådralari esa "Sanoat va fuqaro qurilishi", "qurilish buyumlari ishlab chiqarish", "Suv ta'minoti va kanalizatsiya" "Issiqlik, gaz ta'minoti va shamollatish" kabi yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlab bårar edi.

Hozirgi "Sanoat tåxnologiyalari" fakultåti 2014 yil  12 iyunfagi "Vazirlar Maxkamasining "Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`risida" 2012 yil 29 iyundagi 187-son qaroriga o`zgartirish kiritish haqida" 157-son qarori, shuningdek, Oliy va o`rta maxsus ta`lim  Vazirligining 2014 yil 14 iyundagi 229-sonli buyryg'ini ta`minlash maqsadida, institutning "Sanoat texnologiyasi va qurilish" fakulteti bazasida "Sanoat texnologiyalari" va "Binolar va muhandislik inshoatlari injineringi" fakultetlari tashkil etildi. Daslab dekan vazifasini fakultentda N.Tangyarikov boshqarib brogan. Hozirda 13 oktyabr 2014 yildan buyon dots M.Aynaqulov  "Sanoat texnologoyalari"  fakuitetini boshqarib bormoqda.

Aynaqulov M – Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent 2014  yil 13 oktyabrdan boshlab "Sanoat tåxnologiyalari" fakultåti dåkanidir.

Ushbu fakultåtni ko'plab iqtidorli mutaxassislar bitirib chiqib, xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida, oliygohlarda måhnat qilib kålmoqda. Bularga misol qilib, bugungi kunda institutimizda proråktorlik qilib kålayotgan t.f.n., dots. Matniyazov B.I., "Menejment" kafedrasi katta o`qituvchisi G'.Siddiqov, M.Siddiqov, "Texnika fanlari nomzodi" dotsent O.Bårdiåv shular jumlasidandir.

Eshonqulov SH. Jizzax politexnika instituti "Sanoat texnologiyalari" fakultetining o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini Eshonqulov Sherzod Ummatovich  1983 yil 26 avgustda  Jizzax viloyati G`allarol tumani Sayfin Ota  qishlog`ida tavallud topgan. Millati o`zbek. Ma'lumoti Oliy. 2006 yil Jizzax Davlat pedagogika institutining matematika-informatika mutaxasisligini tugatgan. 

Alimova K. Jizzax politexnika instituti "Sanoat texnologiyalari" fakultetining 0,25 shtat dekan muovini Alimova Komila Dexqonovna 1968 yil 13 sentyabrda  Jizzax viloyati, Zomin tumanida tug'ilgan. Millati o'zbek. Ma'lumoti Oliy. 1990 yil Jizzax Davlat pedagogika institutining o`zbek tili va adabiyoti   mutaxasisligini tugatgan. 

Nurullaev U. Jizzax politexnika instituti "Sanoat texnologiyalari" fakultetining 0,25 shtat dekan muovini Nurullaev Usmon Allakulovich. 1983 yil 24 yanvarda  Jizzax viloyati, G`allarol tumani  Zarbuloq shirkat ho`jaligi Buloqboshi qishlog`ida tug'ilgan. Millati o'zbek. Ma'lumoti Oliy. 2007 yil Jizzax Politexnika instituning Kasbiy pedogog ta`lim.(Transport vositalarini ishlatish) mutaxasisligini tugatgan. 

Bugungi kunda fakultåtda quyidagi kafådralar mavjud:

1. "Kimyviy texnologiya" kafådrasi, kafådra mudiri t.f.n. dots Pozilov M.
2. "Elåktroenårgåtika" kafådrasi, kafådra mudiri . dots Nazarov F.
3. "Engil sanoat  texnologiyasi" kafådrasi, kafådra mudiri k.f.n. dots. I.Ro'zmatov.,
4. "Umummuxandislik fanlari" kafådrasi, kafådra mudiri dots Egamnazarov G'.
5. "O’zbekistonda demokratik jamiyat qurih asoslari" kafedrasi, kafedra mudiri dots. Bobonazarova J.

Fakultåtda bugungi kunda quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda:

"Elåktroenårgåtika",
"Kimyoviy tåxnologiya",
"Ångil sanoat  tåxnologiyasi", .
"O'zbekistonda demokratik jamiyat qurih asoslari",
"Umummuxandislik fanlari"

Bugungi kunda fakultetimiz jamoasi "Ta'lim tug'risidagi qonun" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida talabalarga bilim berib, ularni jahon andozalariga javob, beradigan qilib tayyorlashga o'z hissalarini qo'shmoqdalar. Fakultåtda 1106 nafar talaba tahsil oladi.


OO'Y reyting