UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyul 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Ilmiy-pedagog kadirlar tayyorlash

"Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlash" bo'lim boshlig'i
Abdunazarov Jamshid Nurmuxamatovich
Telefon: +998 90 515-33-67
E-mail: dgpi-info@edu.uz
Qabul vaqti: Seshanba 14:00 - 16:00

Bo‘lim institutda ilmiy ishlarni tashkil etish va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash borasida quyidagi faoliyatni olib boradi:

-o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi negizida ikki bosqichda oliy dasturdagi tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish;

-institutda professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar, magistrlar va doktorantlarni keng jalb qilingan holda ilmiy kengashning mavzuli rejasi, korxona va tashkilotlar buyurtmasi hamda davlat grantlari bo‘yicha ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini tashkil etish;

-institutda rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishi, amaliyotga tadbiq etilishi hamda monografiya va ilmiy maqolalarni nashrga tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;

-doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ko‘maklashish, ixtiro va ratsionalizatorlik takliflari bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish ishlarini olib borish;

-institutning moddiy-texnika bazasi va axborotlar etkazib berish tizimlarini rivojlantirish;

-o‘qituvchi va talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan e’lon qilingan amaliy va fundamental loyihalar tanlovida va har yili o‘tkaziladigan “Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar”  Respublika yarmarkasida hamda nomli stipendiyalarini tayinlashda ishtirokini tashkil etish;

-ilmiy-tadqiqot ishlarida xalqaro aloqalarni o‘rnatish;

-doktorant, mustaqil izlanuvchi va magistrantlarning murojaatlarini o‘z vaqtida batafsil ko‘rib chiqish, buzilgan ichki-tartib qoidalarining tiklanishini ta’minlash;

-fakultet dekanlari bilan hamkorlikda talabalar va magistrlar orasidan iqtidorlarini topish va ular bilan ishlash, ularni turli  tanlovlarda ishtirokini ta’minlash va fanlar olimpiadalariga tayyorlash tadbirlarini tashkil etish;

-xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markaz bilan aloqa o‘rnatish, birgalikda ilmiy laboratoriya markazlari, kafedralar ilmiy kengashlar tashkil qilish chora-tadbirlarini ko‘rish;

-tegishli ixtisoslik va mutaxassislik bo‘yicha yuqori malakali doktorant va magistrlar tayyorlash;

-mehnat qonunlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilish, doktorantlar va magistrlarning o‘qish va mehnat sharoitini yaxshilash hamda o‘quv laboratoriya xonalarini kerakli jihozlar bilan ta’minlash;

– magistrlar va doktorantlarga “Mehnat haqidagi qonun” (M.K.143-moddasi)ga asosan mehnat va ijodiy ta’tillar berilishini ta’minlash.

Institutda 5 ta (Erusti transport vositalari va tizimlari, Avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi, Avtomobil yo‘llari va aerodromlarni ta’mirlash va saqlash, Materiallar kimyoviy qarshiligi va zanglashdag ximoyalash, Bino va inshootlar qurilishi) yo‘nalish bo‘yicha magistratura mavjud. SHuningdek, 2ta yo‘nalishda  (05.01.02-Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash, 05.08.06-G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish) tayanch doktorantura faoliyat yuritmoqda.

Institutda 334 nafar asosiy shtatda  (o‘rindoshlar 65 ta) professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi.  SHulardan 5 ta fan doktori, 61 ta fan nomzodlaridir.

Institutimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan  2017 yilda 3 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi. 2017 yil 1noyabrda “Kasb ta’limi” kafedrasi dotsenti p.f.n. J.A.Hamidov tomonidan “Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratish va qo‘llash texnologiyasi” mavzusida, 2017 yil 28 noyabrda “Informatika va informatsion texnologiyalar” kafedrasi dotsenti  p.f.n. O.X.To‘raqulov “Axborotlashtirilgan ta’lim muhitida kichik mutaxassislar tayyorlashning ilmiy – metodik ta’minotini takomillashtirish (axborot va kompyuter texnologiyalariga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari misolida) mavzusida doktorlik dissertatsiyasi, “Erusti transport tizimlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.V.Jiyanboev “Maxalliy xomashyolar asosida yangi kompozitsiyali reduktor surkov moyini olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida falsafa fanlari doktori ilmiy darajasi uchun dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qildi.

Jizzax politexnika institutida innovatsion g‘oya va texnologiyalar sohasida samarali ish olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan e’lon qilingan loyihalarda, xususan  joriy yilning 10-12 may kunlari Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz”da o‘tkazilgan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” X Respublika yarmarkasida institut olimlari tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalar namoyish etildi. YArmarkada institut olimlari tomonidan 7 ta loyiha namoyish etildi va  yarmarka doirasida 47 mln so‘mlik shartnoma imzolandi.

Jizzax viloyati xududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar markazi bilan xamkorlikda yillarga mo‘ljallangan “YOA7-FQ-0-25290 Tuproq degradatsiyasini baholash usullarini takomillashtirish va uning ekologik-meliorativ holatini yaxshilash” mavzusidagi (umumiy miqdori 50 mln. so‘mlik) 1 ta yosh olimlar hamda “I-2014-7-10 YOg‘-moy sanoati ikkilamchi chiqindilaridan foydalanib surkov materiallarini olish texnologiyasi” mavzusidagi (umumiy miqdori 170 mln so‘mlik) loyihalar yakunlandi.

Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha joriy etilgan ishlanmalar hajmi 160 mln so‘mni tashkil qildi. Joriy yilda 9 ta patent, 1 ta ixtiro uchun mualliflik guvohnomasi olindi, 8 ta monografiya, 2 ta darslik, 12 ta o‘quv qo‘llanmalar nashr qilindi, xalqaro ilmiy jurnallarda 100 ortiq, O‘z.R.OAK ro‘yxatidagi ilmiy jurnallarda 60 tadan ortiq  maqolalar, xalqaro konferensiyalarda 80 tadan ortiq tezislar e’lon qilindi.

Hozirgi kunda institutda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida innovatsion g‘oya va texnologiyalar ijodkorligi bo‘yicha byudjet hisobidan moliyalashtirilayotgan quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.

  1. Bajarilishi 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan “Noravshan to‘plamlar nazariyasi asosida tasvirlarni qayta ishlash va tahlil qilish algoroitmlari va dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi (umumiy miqdori 165 mln. so‘mlik) amaliy loyiha (loyiha rahbari E.A.Saliev) bajarilmoqda.
  2. Bajarilishi 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari” mavzusidagi (umumiy miqdori 170 mln. so‘mlik) fundamental loyiha (loyiha rahbari J.A.Hamidov) bajarilmoqda.
  3. Bajarilishi2017-2020 yillarga mo‘ljallangan “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xizmat ko‘rsatish sifati va tarkibini takomillashtirishning nazariy asoslari” mavzusidagi (umumiy miqdori 190 mln. so‘mlik) fundamental loyiha (loyiha rahbari J.X.Bobonazarova) yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Institutda mavjud bo‘lgan barcha kafedralarda jami 12 ta “Innovatsion guruhlar” tashkil etilgan.

Institut bo‘yicha tuzilgan 12 ta innovatsion guruhning umumiy tarkibi 173nafarni tashkil etadi, unga institutdan 71 nafar professor-o‘qituvchilar va 28 nafar iqtidorli talabalar hamda korxonalardan 53 nafar vakillar kiritilgan.

Korxonalardan olingan ilmiy muammolar ro‘yxatiga 61 ta ilmiy va uslubiy tadqiqot mavzulari kiritilgan. Institut bo‘yicha 2017 yilda mazkur mavzularga doir 2 ta doktorlik dissertatsiyasi, 14 ta magistrlik dissertatsiyasi, 111 ta bitiruv malakaviy ishi, 163 ta kurs ishlari bajarildi.

Fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi bo‘yicha joriy yildagi umumiy ma’lumotlar quyidagicha:

Иннова цион гуруҳлар сони

Инновацион гуруҳ аъзолари сони

Шартнома асосда ҳамкорлик йўлга қўйилган корхоналар

Жами:

Шу жумладан,

Проф ессор-ўқитув чилар

Таянч доктор антлар

Доктор антлар

Магистр талаба лари

Иқти дорли талаба лар

Корхона вакил лари

12

173

71

14

4

7

28

53

45

 

Ўрганил. корхона.  илм технол. муаммолар сони

Корхоналар илмий-технологик муаммолари асосида йўлга қўйилган ИТИ сони

Жами:

Шу жумладан

Курс ииш

БМИ

Магистрлик диссертацияси

(PhD) диссертац

(DS) диссертац

Хўжалик шартномалари

61

333

163

111

14

14

6

25


OO'Y reyting facebook.com Telegram