UZ | RU | EN    

1 2
 
«August 2017»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







O'quv uslubiy bo'lim

O'quv-uslubiy bo'lim boshlig'i

iqtisod fanlari nomzodi Ko'chimov Abdujamil Hamraqulovich

E-mail: kuchimov7474@mail.ru

Tel.: +998903109735

Qabul kunlari: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

O'quv-uslubiy bo'lim vazifalari:

Bo‘lim institutda o‘quv ishlarini tashkil etadi, nazorat qiladi va boshqaradi. Fakultetlarda o‘quv jarayoniga oid bo‘lgan me'yoriy xujjatlarni zamon talabalariga muvofiq yuritilishini nazorat va tahlil qiladi. Institutda reyting tizimiga bog‘liq bo‘lgan so‘nggi yangiliklarni o‘quv jarayoniga tadbiq etadi, bu borada professor- o‘qituvchilar o‘rtasida seminarlar uyushtiradi va uning bajarilishini nazorat qiladi.

Ilg‘or pedagogik axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tadbiq etilishini tashkillashtiradi.

Institutda fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari va uslubiy ko‘rsatmalar bilan ta'minlanganlik darajasini doimiy ravishda nazorat va tahlil qilib boradi.

Ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarda olib boriladigan o‘quv tanishuv, malakaviy hamda bitiruv oldi amaliyotlarini tashkil etadi, o‘tilishini nazorat qiladi va natijalarni umumlashtiradi hamda tahlil qiladi.

O‘quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish monitoringini olib boradi.

Zamon talablariga muvofiq holda o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish haqida ish olib boradi.

Institut professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan o‘quv rejalari va yuklamalarning bajarilishini nazorat qiladi.

Fakultetlarda o‘quv jarayonining tashkil qilinishini reydlar asosida tekshiradi, nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida dekanlar e'tiboriga havola qiladi.

Kafedra ish faoliyatini o‘rganadi va tajribalarini umumlashtiradi. Dars jadvallarining bajarilishi va darslarning o‘tilishi ustidan nazorat o‘rnatadi.

Yangi o‘quv yili uchun o‘quv yuklamalar tuzilishini boshqaradi va shu asosida rejalashtirish bo‘limi bilan birgalikda kafedralarning professor-o‘qituvchilar shtat jadvalini aniqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining ta'limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining hay'at qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta'minlaydi va monitoringini olib boradi.


OO'Y reyting