UZ | RU | EN    

1 2
 
«August 2017»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Xalqaro aloqalar bo'limi

"Xalqaro aloqalar" bo'limi boshlig'i

Berdiyorov Temur Azamatovich

E-mail: 

tel:. +998905168400

Qabul kunlari: haftaning seshanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

 

Xalqaro aloqalar bo'limi

2013 yil davomida institut tomonidan ta'lim soxasi bo'yicha xalqaro dasturlardagi ishtiroki, xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish, chet el oliy o'quv yurtlari va stependiyalar tanlovlarida ishtirok etish, yangi hamkorlarni izlab topish va ular  bilan xalqaro hamkorlik qirralarini topish, institut professor-o'qituvchilari, talabalarni xalqaro grantlar, stipendiyalar tanlovi, o'quv dasturlari bilan muntazam tanishtirish, ularninig ishtirokini ta'minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

1. Ta'lim muassasining halqaro bo'limi faoliyati.

  • CHet el oliy o'quv yurtlari bilan aloqa o'rnatish va xamkorlik shartnomalarini tuzish.
  • CHet el jamg'armalari bilan aloqa o'rnatish.
  • CHet el jamg'armalarining dasturlari va loyihalariga institut professor-o'qituvchilarini jalb etish.
  • Fakultet va kafedralarga chet ellik xamkasblar bilan aloqa o'rnatishga ko'maklashish.
  • Respublika oliy o'quv yurtlari bilan aloqa o'rnatish va hamkorlik shartnomalarini tuzish.
  • O'zbekiston Fanlar Akademiyasining institutlari bilan aloqa o'rnatish va hamkorlik shartnomalarini tuzish.
  • Chet el davlatlarining kutubxonalari bilan aloqa o'rnatish va hamkorlik qilish.
  • Ta'lim sohasida va fan yo'nalishlarida mamlakatimiz va chet el assotsiatsiyalari bilan aloqada bo'lish.
  • Respublikada faoliyat ko'rsatayotgan xorijiy elchixonalar va vakolatxonalar bilan hamkorlik qilish.

2. Hamkorlik o'rnatilgan universitet va tashkilotlar (davlatlar, universitetlar, tashkilotlar kesimida).

Davlat nomi

Halqaro ta'lim muassasa yoki tashkilot nomi

Saytining havolasi

1

Shvetsiya

Shvetsiya qirollik universiteti

http://www.kth.se

2

Italiya

Turin politexnika instituti

http://www.polito.it

3

Buyuk Britaniya

Lids universiteti

http://www.leeds.ac.uk/

4

Buyuk Britaniya

DELCAM kompaniyasi

www.delcam.com

5

Buyuk Britaniya

Birmengem universiteti

http://www.birmingham.ac.uk/

6

Ruminiya

Buxarest politexnika universiteti

http://www.upb.ro/

7

Portugaliya

Branco Kastelo Branko politexnika instituti

http://www.ipcb.pt/

8

Ispaniya

Madrid Karlos 3 universiteti

http://www.uc3m.es/

9

Gruziya

Gruziya texnika universiteti

http://gtu.ge/

10

Gruziya

Akaki Tsereteli davlat universiteti

http://www.atsu.edu.ge

11

Gruziya

Shota Rustaveli davlat universiteti

http://bsu.edu.ge/

12

Ukraina

Ukraina milliy metallurgiya akademiyasi

www.nmetau.edu.ua

13

Ukraina

Lutsk texnika universiteti

http://lntu.edu.ua/

14

Ukraina

Sumi davlat universiteti

http://sumdu.edu.ua/

15

Ukraina

Zaporoj texnika universiteti

http://www.zntu.edu.ua

3. Hamkorlikdagi loyihalar

Loyiha nomi

Loyiha haqida ma'lumot, amalga oshirilgan ishlar

1

ENGITEC-TempusIV
www.engi-tec.net

Loyiha Gruziya, Ukraina va O'zbekiston davlatlari universitetlaridagi kurs materiallari, o'qitish usullari, o'quv dastur tuzilmasi va rejalarini Evropa Ittifoqi yordamida yuqori muxandislik ta'lim uzviyligini namoyon qilishdir. Muxandislik ta'lim ta'sirining ahamiyati bitta harakatda namoyon qilib bo'lmaydi va bunda ushbu loyihaning metodologiyasi quyidagilar yordamida muvaffaqiyatli natijaga erishildi:
Talab qilingan texnologik masalalar orqali ta'lim natijalari mazmuni va tuzilmalarni ko'rib chiqish.
Kadrlar malakasi xorijiy mamlakatlarda oshirish.
YAngi o'qitish usullarini amalga oshirish
Ettita muxandislik soxalaridagi dasturlariga mos o'quv kurs bloklarini yaratish
Keng qamrovli “Texnologiya va maxsulot dizayni” laboratoriyasini yaratish (Technology&Product Design Lab)
Institutlar va ishlab chiqaruvchi sanoatdagilar uchun malakalarini oshirish kelishuvi bo'yicha aloqalar o'rnatish

2

HIGHVEC-TempusIV
www.highvec.net

O'zbekistonning 5 texnika oliy o'quv yurtlarida avtomagistrallar qurilishi muhandisligi va transport mashinasozligi bo'yicha ixtisoslashuv jarayonini ishlab chiqish zarurati mavjud. Loyihaning asosiy vazifasi avtomagistrallar qurilishi muhandisligi va transport mashinasozligi sohasida yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga joriy qilish layoqatiga ega bo'lgan muhandislarning yangi avlodini tayyorlash hisoblanadi.
• JizPI, NDU, SamDAQI va TAQI da avtomagistrallar qurilishi muhandisligi bo'yicha magistrlik dasturlarida mavjud bo'lgan oltita (fanlar) kurslarni isloh qilish.
• JizPI va TAQI da transport mashinasozligi bo'yicha magistrlik dasturlari uchun oltita yangi (fanlarni) kurslarni ishlab chiqish va joriy qilish.
• O'qituvchilar va talabalarning o'zaro yaqin munosabatlarini shakllantirishga hamda nafaqat nazariy, balki laboratoriya va eksperimental tadqiqotlarni o'tkazishga yo'naltirilgan ta'limning kompyuterli metodikalarini joriy qilish.
• JizPI, NDU, SamDAQI va TAQI da muassasalar aro muhandislik laboratoriyalarini tashkil qilish.
• Loyihada ishtirok etuvchi oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari va ma'muriy personalini yangi kurslar hamda yangi metodikalardan va jihozlardan foydalanish bo'yicha tayyorlash.
• Loyihada ishtirok etuvchi oliy o'quv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari orasida uzoq muddatli o'zaro hamkorlikni o'rnatish.

3

PILOT PROJECT UZBEKISTAN-GIZ

O'zbekistonning tajriba loyihasi: O'zbekistonning aholi yashaydigan xudularida iqlim o'zgarishiga moslashuv-Mirzachulning Paxtakor tumanida joylashgan “Furqat” fermer ho'jaligidagi namoyishi. SHu asnoda loyihaning maqsadi to'liq nominal ishlagan holda kamida ikki kun saqlash ta'minoti bilan stend va batareyani qo'llab-quvvatlaydigan fotoelektr stansiyasi tomonidan elektr energiyasi bilan ta'minlash hisoblanadi. Elektr energiya yoritish, muhim qishloq xo'jaligi inshootlari, aloqa, sog'liqni saqlash va hokazolarga kerak.
Bundan tashqari mobil batareya orqali, kuchlanish qurilmalar va teskari ozmoz orqali qo'lmoq suv, shur tozalaydigan stansiyalar ham rejalashtirilgan.

4. O'zaro talaba almashish tizimi bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.


OO'Y reyting