UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2017»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Ma'naviyat va ma'rifat hamda
iqtidorli talabalar bilan ishlash

"Ma'naviyat va ma'rifat hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi"  boshlig'i

Rashidova Baxti Yaxyayevna

E-mail:
rashidova.b@umail.uz

Qabul kunlari: haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Ma'naviyat va ma'rifat hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi

Ma'naviyat va ma'rifat hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi  institut jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o'rtasida milliy g'oya va kadrlar tayyorlash milliy dasturiga tayangan holda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug'lashga, jismonan sog'lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi komil insonni tarbiyalashga yo'naltirilgan uzoq muddati, keng ko'lamli ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.

Ma'naviyat va ma'rifat hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va institut ichki buyruqlari hamda bo'limning nizomiga binoan faoliyat ko'rsatadi.

alabalarni milliy  istiqlol  g'oyalariga  cheksiz  sadoqat,  ona diyorga  mehr-muhabbat,  ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdek ulug' va olijanob maqsadga e'tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga mo'ljallangan ma'naviy va ma'rifiy tadbirlarni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Ma'naviyat va ma'rifat hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limida 3 nafar xodim faoliyat olib boradi.

Ma'naviyat va ma'rifat hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi boshligi-  B.Y. Rashidova

Ma'naviyat va ma'rifat hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi vazifalari:

• Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo'yicha qabul qilingan hujjatlari va ko'rsatmalarini institut jamoasiga o'z vaqtida yetkazish va ulardagi vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi.
• Fakultet dekanlarining ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo'yicha muovinlari va jamoatchilik kengashlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
• Talabalar turar joylarida ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi.
• Axborot resurs markazi ma'naviy-ma'rifiy hayotini nazorat qiladi.
• "Axborot guruhi" uchun yetarli shart sharoitlar yaratadi.
• Ustoz-murabbiylar kengashi faoliyatini takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.
• "Kamolot" YoIH, xotin-qizlar kengashi hamda turli jamoatchilik tashkilotlari va tuzilmalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
• Ma'naviy-ma'rifiy maqsadlarda to'garaklar, klub va yig'inlar tashkil etadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
• Institut ommaviy tadbirlarida, hashar va obodonchilik ishlarida institut jamoasi va talabalarning keng ishtirokini ta'minlaydi.


OO'Y reyting