UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2017»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Monitoring va ichki nazorat bo'limi

Monitoring va ichki nazorat bo'lim boshlig'i

f.- m.f.n, dotsent, Eshbekova Sanobar Omonliqovna

Telefon: (8 372) 226-56-11

Elektron manzili: eshbekova74@bk.ru

Qabul kunlari: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Monitoring va ichki nazorat bo'limi haqida

Jizzax politexnika instituti "Monitoring va ichki nazorat" bo'limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o'quv-ta’lim jarayonida me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko'rsatmalarning ijro etilishini, shuningdek, universitet bo'yicha buyruqlar va qarorlarning o'z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. "Monitoring va ichki nazorat" bo'limi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi 2001 yil 29-avgust 207-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim ichki inspeksiya va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro'yobga chiqarishning monitoringi»ni amalga oshirish to'g'risidagi Nizom, JIZPI  Ustavi va bo'lim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Bo'lim universitetda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, o'quv, o'quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va institut bo'yicha buyruqlarning hamda ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Monitoring va ichki nazorat bo'limi o'z faoliyatida bevosita rektorga bo'ysunadi.

Monitoring va ichki nazorat bo'limining asosiy vazifalari:

• institutda O'zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, vazirlikning Hay’at qarori, buyruqlari va boshqa hujjatlarini, shuningdek institut ichki buyruqlari va qarorlarining bajarilish monitoringini olib borish;

• institut professor-o'qituvchilar va o'quv-yordamchi hodimlar tarkibi ichki inspeksiyasini tashkil qilish va o'tkazish;

• kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo'yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish;

• institutda ta’lim standartlarini joriy etish masalalari bo'yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy blinmalarga amaliy va uslubiy yordam ko'rsatish;

• institutni boshqarish organlariga ta’lim jarayonini isloh qilish va takomillashtirish bo'yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;

• institut bo'yicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib borish;

• institut va uning filiallarida o'quv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha bo'linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko'rsatish;  

• professor-o'qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshirishda ishtirok etish.

• kamchiliklar va muammolarni bartaraf va xal qilish bo'yicha aniq takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.

• institut va unga tegishli ta’lim muassasalarida (filiallar, litseylar va boshqalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish;

• institutda va unga tegishli ta’lim muassasalarida bo'ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish;

• o'quv yurti faoliyati bo'yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo'linmalardan o'z hizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish;

• kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat atestatsiyalarining o'tkazilishini hamda barcha turdagi nazariy va amaliy mashg'ulotlarni ko'rib chiqish;

• o'z huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o'rganish uchun belgilangan tartibda institutning malakaviy professor-o'qituvchilari va xodimlarni jalb qilgan holda guruhlar tuzish.


OO'Y reyting