UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2017»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Axborot texnologiyalari markazi

"Axborot texnologiyalari markazi" boshlig'i

Jamalov Utkir Ilxamovich

Tel.: 0 (372) 226-56-20

E-mail: Jamut@mail.ru;

Qabul kunlari: haftaning seshanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

 

"Axborot texnologiyalari markazi" (AT markazi)

Institut rektorining 2002 yil 3-may 33-x sonli bo'yrugi bilan "Axborot texnologiyalari markazi" tashkil etilgan. Markazga O'tkir Jamolov boshliq etib tayinlangan. Markazda 13 kishi faoliyat ko'rsatadi. Markaz o'z oldiga institutdagi barcha kompyuterlarni yangilash va takomillashtirishni maqsad qilib qo'ygan.

Markaz tashkil etilgan davrda institutda 82 ta kompyuterlar bor edi. Hozirgi paytda institut rektori va markaz tashabbusi bilan institutda 423 kompyuter, jumladan o’quv jarayoniga ajratilganlari 323 ta (76,3 %). Institutda har 100 talabaga to’g’ri keladigan kompyuterlar soni 15 tani tashkil etadi. Institutda 18 ta kompyuter sinfi, 36 ta multimedia auditoriyalari, 1 dona videokonferensiya jamlamasi tashkil etilgan, dars jarayonida 38 ta video proyektordan, 2 dona elektron doskadan va 3 dona "Uchitel 60" majmuasidan foydalanilmoqda. Institutdagi barcha kompyuterlar hamda  kompyuter sinflari lokal tarmoq qilib ulangan va ularning barchasida Internet tarmog'idan foydalanish imkoniyati mavjud. Institut "UzSciNet" provayderi orqali (ajratilgan tarmoq) va "UzNet" provayderi orqali (DialUp) Internet tarmog'iga ulangan.

Institut professor – o'qituvchilariga, aspirantlariga va talabalariga Internet tarmog'idan foydalanish uchun yetarli sharoit yaratilgan. Institut WEB saxifasini mavjud (www.djizpi.uz). WEB saxifani yangi informatsiyalar bilan to'ldirib, zamonaviy dizayn bilan boyitib borish maqsadida markazda aloxida gurux faoliyat ko'rsatmoqda. Bilim dargohida lokal tarmoq ishlab turibdi. U rektorat, institut bo'limlari, fakultet dekanatlari va "Axborot texnologiyalari" markazini o'zaro bog'laydi. Ushbu tarmoqni markaz hodimlari institut rektori boshchiligida o'z kuchlari bilan yaratganlar. Tarmoqni nazorat qilish bevosita markaz tomonidan amalga oshiriladi. Hozirda tarmoq vazirlik tarmog'iga ulangan. Institutda masofaviy o'qitishni yo'lga qo'yish uchun alohida kompyuter sinfi jixozlangan.

Institut professor – o'qituvchilari tomonidan "Kompyuter tizimlari" va "EXMda amaliy dasturlar paketi bilan ishlash" va boshqa fanlardan elektron darsliklar yaratildi. Institut kutubxonasi elektronlashtirilishi uchun kompyuterlar va texnik vositalar bilan ta'minlash. Elektron kutubxona yaratish ishlari hal etilmoqda. Fanlardan tayorlangan ma'ruza matnlarining elektron versiyalari institut kutubxonasiga yig'ildi. Xozirgi kunda elektron kataloglar tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Professor – o'qituvchilar, fakultet dekanlari va kafedra mudirlarini axborot kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuter bilan ishlash buyicha savodxonligini oshirish uchun ular dastur asosida o'qitilmoqda. Markaz akademik litsey, kasb – xunar kollejlari va maktablar bilan yaqindan aloqa o'rnatgan. Akademik litsey va kollejlarga axborot texnologiyalari va masofaviy o'qitishni rivojlantirishga yordam ko'rsatilmoqda. Bulardan tashqari markaz qoshida "Multimediya" labaratoriyasi tashkil qilingan. Ushbu labaratoriya kerakli zamonaviy texnologiyalar bilan to'la jixozlangan bo'lib, unda elektron darsliklar va o'quv qo'llanmalari yaratilmoqda.


OO'Y reyting