UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2017»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Ma'navyat ishlari prorektori

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Alimov Normurod Nosirovich
Alimov Normurod Nosirovich, 1969 yil 04 fevralda Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Chimqo'rg'on qishlog'ida tug'ilgan.

1976 yil 1 sentyabrda shu yerdagi 14 - sonli F.Xo'jayev nomidagi o'rta maktabning 1 - sinfiga o'qishga borgan va 1986 yilda shu maktabni 10 -sinfini tugatgan.

1986 yil sentyabr oyidan Jizzax viloyati Oktyabr tumani 4-o'rta maktab mehnat ta'limi o'qituvchisi, 1987-1989 yillar davomida Armiya safida xizmatda, 1989-1990 yillarda Jizzax viloyati Oktyabr tumani 4-o'rta maktab mehnat ta'limi o'qituvchisi lavozimida ishlagan.

1990 yil 1 sentyabrdan A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika institutining "Kasb ta'limi" fakultetida o'qishni davom ettirgan. Institutni 1995 yilda tugatib, umumtexnika fanlari va mehnat o'qituvchisi ixtisosligini olgan.

1995 yildan 2000 yilgacha Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi „– 14 o'rta maktabda dastlab mehnat ta'limi o'qituvchisi, so'ngra o'quv ishlari bo'yicha direktor muovini lavozimlarida ishlagan.

2000 yil sentyabr oyidan Jizzax Politexnika instituti "Kasb ta'limi va pedagogika" kafedrasida katta o'qituvchi lavozimida ishlab kelgan.

2009 yilda ilmiy izlanishlari natijasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi K.067.18.01 raqamli Birlashgan ixtisoslashgan kengashda "Kasb-hunar kollejlari o'quvchilarini texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash metodikasi" (Umumkasbiy fanlarni o'qitish misolida) mavzusida 13.00.08 - kasb-hunar ta'limi nazariyasi va metodikasi bo'yicha bajarilgan dissertatsiyamni muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo'lgan.

2010 yil aprel oyidan hozirgacha Jizzax Politexnika instituti "Kasb ta'limi va pedagogika" kafedrasida kafedra dotsenti v.b. va kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelgan.

2012 yil mart oyidan Ma'yaviyat va Ma'rifat ishlari bo'yicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.

OO'Y reyting