UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Ilmiy ishlar prorektori

 

Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor

texnika fanlari nomzodi, dotsent Tavboev Sirojiddin Axbutaevich

Tavboev Sirojiddin Axbutaevich 1973 yilda Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida tug’ilgan. Tavboev Sirojiddin Axbutaevich 1996 yilda A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika institutining «Matematika» fakultetini “Matematika va hisоblash texnikasi asoslari fani o’qituvchisi” yonalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Ish faoliyatini ushbu institutning «O’qitishda texnik vositalar» kafedrasida laborantlik lavozimidan boshlagan. 1997-2001 yillar davomida Jizzax viloyat “Biznez Fond” boshqarmasida mutassis, etakchi mutaxassis va bosh mutaxassis lavozimlarida ishlagan.

S.A.Tavboev 2001-2007 yillar davomida Jizzax politexnika instituti “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 2007 yil avgust oyidan Jizzax politexnika instituti “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasida dotsent, 2014-2018 yillarda kafedra mudiri v.b. lavozimida ishlab kelgan.

2018 yil aprel oyidan Jizzax politexnika instituti ilmiy ishlar bo’yicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.

2007 yil 25 aprelda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi “Kibernetika” instituti huzuridagi birlashgan ixtisoslashgan kengashda 05.13.18 – matematik modellashtirishning nazariya asoslari, sonly usullar va dasturlar majmuasi ixtisosligi bo’yicha “Turli xil eksperimental ma’lumotlar mavjud bo’lganda ko’p mezonli optimallashtirishning algoritmlari va dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

S.A.Tavboev jami 50 dan ortiq ilmiy va o’quv-uslubiy ishlar chop etgan bo’lib, ular 1 ta monogragiya, 1 ta o’quv qo’llanma, 7 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislardan iborat.

S.A.Tavboev institut va fakultet jamoat ishlarida hamda o’tkaziladigan tadbirlarda faol qatnashadi.


OO'Y reyting