UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Institut tarixi

JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI TARIXIDAN...

Qadim Mirzacho’l bag’ridagi Jizzax shahrida faoliyat yuritayotgan Politexnika institutiga dastlabki tamal toshi 1977-yilda qo’yilgan. Xuddi shu yili Jizzax shahrida Toshkent Politexnika institutining “Umumtexnika” fakulteti tashkil etildi. 1980-yilda ushbu fakultet Toshkent Politexnika institutining Jizzax filialiga aylantirildi. Bu davrda 20 dan ziyod yoshlar aspirantura va stajirovkaga jo’natildi. Ularning ko’pchiligi ilmiy ishlarini himoya qilib, hozirgi kunda institutda faoliyat ko’rsatmoqda. Fakultet va filialga dastlabki yillarda dotsent N.Y.Tashlanov (1977-1983y), professor F.H.Qurbonov (1983-1986y), texnika fanlari nomzodi S.I.Ikromov (1986-1988y), dotsent U.Y.Yuldashev (1988-1990y), dotsent A.Y. Salimov (1991y) lar rahbarlik qilishgan.

Mamlakatimiz davlat mustaqilligiga erishgandan keyin kimyoviy texnologiya, elektroenergetika, iqtisod, qurilish, transport sohalaridagi milliy kadrlarga bo’lgan talab va ehtiyojlar inobatga olingan holda, Toshkent Arxitektura va qurilish institutining Jizzax filiali, Toshkent Kimyo-texnologiya hamda Toshkent Avtomobil yo’llari institutlarining Jizzaxdagi “Umumtexnika” fakultetlari bazasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi qaroriga asosan Jizzax Politexnika instituti tashkil etildi.

Filial mustaqil institutga aylantirilgan dastlabki vaqtda institut rektori vazifasini bajaruvchi etib texnika fanlari nomzodi, dotsent M.T. Turopov tayinlandi.

1992-yil 25-dekabrda akademik N.R. Rashidov Jizzax Politexnika institutining rektori etib tayinlandi. Texnika fanlari doktori, professor, respublika qishloq xo’jalik fanlari akademiyasining akademigi, Nosir Rashidovich Rashidov rahbarlik qilgan davrda institutning o’quv-ilmiy, moddiy-texnik bazasi zamonaviy texnik vositalar bilan yanada boyitildi.
Bu davrda institutda yangi mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlanishi yo’lga qo’yilganligi munosabati bilan yangi yo’nalishdagi kafedralar va fakultetlar tashkil etildi. O’quv maskanida zamonaviy o’quv-laboratoriya xonalari va kompyuter sinflari yangidan jihozlandi. Xamda U.Y. Yuldashev, I.T. Tirkashev, T. Muqumovlar fan doktori ilmiy darajasiga erishdilar, 20 dan ortiq yoshlar nomzodlik ilmiy ishlarini himoya qildilar. Bular orasida institutni bitirib, shu dargohda ilmiy-pedagogik faoliyatini boshlagan O. Burhonov, K. Jo’rayev, B. Meliyev, B. Matniyazov, I. Ganiyev, B. Muxtorov, O’. Jamolov, X. Asatullayev kabi iqtidorli yosh ilmiy kadrlar ham bor edi.

2002-yil aprel oyidan 2003-yil iyuligacha texnika fanlari nomzodi, dotsent B.I. Matniyazov institut rektori vazifasini bajaruvchi bo’lib faoliyat ko’rsatdi.

Bu vaqtda institut o’quv jarayoniga boshqa oliy o’quv yurtlaridan muhandis-pedagog olimlar jalb qilinishi evaziga fan doktorlari soni 4 nafardan 12 nafarga ko’paydi. Dekanatlar, kafedralar, kutubxona va boshqa bo’limlar kompyuterlar va boshqa texnik jixozlar bilan ta’minlandi, institutda magistratura tashkil etildi. Sport va sog’lomlashtirish xamda obodonlashtirish ishlariga e’tibor kuchaytirildi.

2003-yil iyulidan 2012 yilgacha Jizzax Politexnika institutiga texnika fanlari doktori, professor Ibrohim Solihovich Sodiqov rektor etib tayinlandi.

Professor I.S.Sodiqov rektor etib tayinlangandan so’ng institutda keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

2012 yilning 29 iyunidan buyon Fizika matematika fanlari nomzodi dots. Saliyev Ergash Alibekovich Jizzax Politexnika instituti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu yillarda institutning qiyofasi tubdan o’zgardi va bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Jizzax politexnika instituti 3 ta fakultet, 17 ta kafedra mavjud bo’lib, ularda 260 dan ortiq professor-o’qituvchilar 19 ta bakalavriat yo’nalishi va 4 ta magistratura mutaxassisliklarida jami 3956 (3924 nafar bakalavriat ta’lim yo’nalishlari, 32 nafar magistratura mutaxassisliklari talabalari) nafar talabalarga tahsil berib kelmoqda. Bu borada institutda professor-o’qituvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ayniqsa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 29 iyundagi 187-sonli qarori qabul qilinganligi institut tarixida unutilmas sahifa bo’lib qoldi va juda katta ijobiy o’zgarishlar yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Institutda professor-o’qituvchilar uchun barcha sharoitlar bor. Jumladan, institutda 100 ta o’quv auditoriyalari mavjud bo’lib, shundan:

  1. 14 tasi ma’ruza xonalaridir. Ularning barchasi o’qitishning zamonaviy texnik vositalari (videoproyektor) bilan jixozlangan, bu esa professor-o’qituvchilar tomonidan fanlar bo’yicha elektro o’quv-uslubiy majmualardan samarali foydalanish va dars sifatining oshishida ijobiy natijalarga erishishida o’z xissasini berayapti.
  2. 43 ta auditoriya laboratoriya xonalari bo’lib, ular eng so’nggi laboratoriya jihozlari bilan jihozlangan, jumladan: “Elektroenergetika” kafedrasiga “O’zEnergo” DAK tomonidan 50 mln. so’mlik zamonaviy laboratoriya jihozlari, “Transport vositalarini ishlatish” kafedrasiga “O’zavtosanoat” DAK tomonidan 58 mln. so’mlik yangi laboratoriya jihozlari va “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasiga O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi Vazirligi tomonidan 34 mln. so’mlik mablag’ ajratilganligi xisobiga yangi laboratoriya xonasi shakllantirilganligining o’zi uning yaqqol ifodasidir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 29-iyundagi “Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi 187-sonli qaroridan so’ngi davr (2012-2016 yillar)da institutda amalga oshirilgan ijobiy ishlar:

1. O’quv binosini kapital ta’mirlash:

- byudjetdan tashqari 400 mln.so’m mablag’ xisobiga 2475 kv.m. bo’lgan institut bosh bino fasad qismi rekonstruksiya qilingan;
-asosiy bino deraza romlari akfa romlariga almashtirilgan, kirish qismi yo’laklari, eshigi, devori va potologlari kapital ta’mirlangan;
- rivojlantirish jamg’armasidan ajratilgan 260 mln.so’m mablag’ xisobiga 2561 kv.m. bo’lgan bosh bino xamda 284 mln.so’mga 2332 kv.m. TTJ tom qismlari cherdakli qilib yopilgan;
- byudjetdan tashqari 107 mln.so’m mablag’ xisobiga 912 kv.m. bo’lgan yordamchi binolar tom qismi cherdakli qilib yopilgan;

2. Yangi bino qurilishi bo’yicha:

- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PQ-2458-sonli “2016 yil Investitsiya dasturi to’risida”gi qaroriga asosan qurilish-montaj ishlari 2015 yildan 2016 yilga o’tuvchi ob’yektning qurilishi uchun 6.2 mlrd mablag’ ajratildi. Ajratilgan mablag’ doirasida joriy yilning boshidan boshlab qurilish – tiklash ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunda binoning ichki va tashqi qismini ta’mirlash, deraza romlarini o’rnatish, 300 o’rinli yig’ilishlar zali xamda yangi bino tom qismini yopish ishlari bajarilmoqda.

3. TTJdagi rekonstruksiya ishlari:
- ushbu qarorga asosan talabalar turar joyi yangi loyixa asosida rekonstruksiya qilinmoqda. Jumladan talabalar turar joyining 1 - qismida 2,3,4,-qavat deraza romlari akfa romlariga, yashash xonalari eshiklari yangisiga almashtirildi, karidorlari, yashash xonalari pol qism kapital ta’mirdan chikarildi, devor-shift qismlari, dam olish, dars tayyorlash, ovqatlanish xonalarida pardozlash ishlari yakunlandi, ichki elektr tarmoqlar va qurilmalari yangidan montaj qilindi xamda yuvinish xonalari qayta rekonstruksiya qilinib, zamon talabi darajasida jixozlangan. Hozirgi kunda TTJning 1 qismi 1-qavatida va 2- qismi 3-4 qavatida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

4. Sport zal binosini kapital ta’mirlash:

- rivojlantirish jamg’armasidan ajratilgan 110.6 mln.so’m. mablag’ xisobiga sport zal ichki qismi va vitrajlari kapital ta’mirlangan;
- gimnastika zali zamon talablari asosida qayta ta’mirlanib, jixozlangan;
- har biri 30 o’rinli 2 ta yechinish – yuvinish xonalari kapital ta’mirdan chiqarilgan;

5. Minifutbol maydonini barpo etish:

- Oliy ta’lim vazirligining rivojlantirish jamg’armasidan ajratilgan 374 mln.so’m mablag’ xisobiga xar biri 1056 kv.m. bo’lgan sun’iy qoplamali 2 ta sport maydonchasi barpo qilingan;

6. O’quv binosi koridorlarini ta’mirlash:

- rivojlantirish jamg’armasidan ajratilgan 120 mln.so’m. mablag’ xisobiga uzoq yillardan beri ta’mirtalab bo’lib qolgan o’quv binosi koridorlar kapital ta’mirlangan.

7. Ayollar go’zallik saloni va erkaklar sartaroshxonasini tashkil etish:

- o’quv binosi 2-kavatida homiylik xisobidan “Ayollar go’zallik saloni” va “Erkaklar sartaroshxonasi” qisqa muddatda ta’mirlanib, zamonaviy jixozlanib, ishga tushirilgan;
- 1-qavatida institut farroshlar uchun dam olish xonasi tashkil etilgan.

8. Fitobarlar:
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 2010 yil 20 avgustdagi “Ta’lim muassasalarida sog’lom ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 184-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2011 yil o’quv binosida va 2014 yil sport zal binosida professor-o’qutuvchi va talabalar sog’lig’ini mustakamlash uchun “Fitobar”lar tashkil etilgan.

9. Kompyuter va mebellar bilan jixozlash:

- byudjetdan tashqari 300 mln.so’m mablag’ xisobiga o’quv xonalarini orgtexnika va mul’timediya bilan zamonaviy jixozlangan;
- rivojlantirish jamg’armasidan ajratilgan 43 mln.so’m. mablag’ xisobiga o’quv – laboratoriya va auditoriya xonalari yangi mebellar va jalyuzi xamda 11.2 mln. so’mlik kompyuter stollari bilan jixozlangan.

10. Laboratoriyalarni jixozlash:

- “Kimyo texngologiyalari” kafedrasiga laboratoriya mebellar sotib olingan va o’rnatilgan.
- “O’zavtosanoat” AKning 200 mln. xomiylik mablag’lari xisobidan institutning “Transport vositalarini ishlatish” kafedrasi o’quv laboratoriyasini amaliy, ishlab chiqarish laboratoriyasiga aylantirish maqsadida “GM-UZBEKISTON” avtomobillarning extiyot qismlari olib kelinib, o’rnatilgan.
- “Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi”ning 34 mln. xomiylik mablag’i xisobiga institutning “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi o’quv laboratoriyasi uchun yangi laboratoriya tashkil qilingan.
- “O’zbekenergo” DAK dan 50 mln. xomiylik mablag’i xisobiga “Elektrenergetika” kafedrasiga ASKUE – elektr energiyasi nazorati va xisobini avtomatlashtirish tizimi-Shamol elektr generatori va Quyosh fotoelektr stansiyasi olib kelinib, o’rnatilgan.Undan samarali foydalanish maqsadida institut qoshida shu soxa bo’yicha shartnoma asosida Buxoro, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo xududiy elektr tarmoqlari korxonalari mutaxassislarini malakasini oshirish o’quv kursi tashkil etilgan.

11. Shamol generatori:
- 2015 yil 26 iyun kuni Janubiy Korea Davlatining “ALJ-KOREA” va “NURI ELEKOM” ishlab chiqarish firmasi bilan O’zbekistonda muqobil energiyasini rivojlantirish to’g’risida boshlang’ich shartnomalar tuzilib, shartnomaga ko’ra 2015 yil 27 iyun kuni Janubiy Korea davlatining “ALJ-KOREA” firmasida ishlab chiqarilgan “shamol generatorlari ” namuna sifatida institut xududiga o’rnatilgan.

12. Quyosh batareyasi:
- Jizzax politexnika instituti ma’muriyati raxbarligida “Elektroenergetika” kafedrasi a’zolari tomonidan “O’zbekistonning axoli yashaydigan xududlarida iqlim o’zgarishiga moslashuv - Viloyatning Paxtakor tumanida joylashgan “Furqat” fermer xo’jaligidagi namoyishi” nomli loyiha tayyorlandi va professor Xanno Shaunbergga tag’dim etildi.
2014 yil 17-19 dekabr kunlari professor Xanno Shaunbergg Jizzax shaxrida, Jizzax politexnika institutida bo’ldi va “O’zbekistonning axoli yashaydigan xududlarida iqlim o’zgarishiga moslashuv - Paxtakor tumanida joylashgan “Furqat” fermer xo’jaligidagi namoyishi” nomli Grant loyihasi Germaniya Davlatining ekologiya vazirligi tamonidan qo’llab quvvatlanganligini ma’lum qildi va kelgusidagi qilinadigan ishlar to’g’risida xamkorlar bilan kelishib olindi.Qiymati 99.900,88 Yevroni tashkil qilgan 10 kVt quvvatga ega quyosh panellarini loyiha doirasida Paxtakor tumanida joylashgan “Furqat” fermer xo’jaligiga o’rnatish tadbirlari amalga oshirilgan.

13. Panjaralar bilan o’rash:

- institut old qismini panjaralar bilan o’rash maqsadida metallomga topshirilgan metal chiqindilar hisobiga shartnoma asosida metall olib kelinib, 120 metr uzunlikga temir panjaralar va kirish darvozalari o’rnatildi.

14. Yengil atletika maydonchasi:

- hozirgi kunda xomiylik hisobiga basketbol, mini futbol, valeybol xamda yugurish yo’laklarini o’z ichiga olgan yengil atletika kompleksini qurish ishlari olib borilmoqda.

15. Tadbirkorlik,homiylik,depozit mablaglari:
- institutda tadbirkorlik faoliyat bo’yicha 2015 yilda byudjetdan tashqari topilgan mablag’lar 519,9 mln. so’mni tashkil etdi. Shundan xomiylikdan 7,7 mln. so’m, xo’jalik shartnomalardan 77,5 mln. so’m, ijaradan 5,7 mln. so’m, o’quv kurslardan 26,0 mln so’m, depozit foizlaridan 94,2 mln. so’m, yotoqxona xizmatidan 20,9 mln so’m, “Yoshlar ovozi” gazetasidan 36,0 mln so’m, Oshxona xizmatidan 174,3 mln so’m, metallolom topshirishdan 26,0 mln so’m, qishloq xo’jalik maxsulotlari sotishdan 7,0 mln so’m va O va O’MTVdan kapital ta’mirlashga 120,0 mln so’m pul mablag’lari kelib tushgan

16. “Odina skarlet” MChJ korxonasi:

- Vazirlar Maxkamasining 187-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida talabalar turar joyida “Odina Skarlet tekstil” xususiy korxonasi tashkil etilgan va xamkorlik shartnomasi tuzulgan. Ipoteka bankdan 126000 Yevr. 5 yil muddatga 14 foiz ustamasi bilan kredit mablag’lari xisobiga tikuv mashinalarni sotib olingan. Hozirgi paytda erkaklar va ayollar jemperlari ishlab chiqilmoqda.

17. Kanadagren bilan obodonlashtirish:
- 484 kv.m.bo’lgan bosh bino old qismi archalar oralig’i kanadagren bilan obodonlashtirilgan, yon qismiga manzarali daraxtlar, mavsumiy va ko’p yillik gul ko’chatlari ekilgan,kirish qismida landshaftli kompozitsiyalar yaratilgan.

18. Daraxtlarni yashartirish:
- Jizzax shaxar xokimining 2013 yil 7-martdagi “Institut xududini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish loyixasi” bo’yicha ishlab chiqilgan 59-AF sonli farmoyishi ijrosi bo’yicha ishlar institut hududidagi jami 116 dona qurt yegan keksa daraxtlarni kesib olinib, undan tushgan 9 mln.mablag’ hisobiga o’rmon xo’jaligidan 2 mingdan ziyod manzarali daraxt (sosna,mojevilnik) ko’chatlari ekilgan.

19. Qishloq xo’jalik maxsulotlari:
- hududdagi yerlardan unumli foydalanish oziq-ovqat tanqisligi oldini olish,bozor narxlaridan arzon mahsulotlar yetishtirish maqsadida hududni obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish loyixa xaritasi ishlab chiqilgan bo’lib, shaxar hokimligi va institut rahbariyati tomonidan tasdiqlangan.
- xududning iqlim xususiyatidan kelib chiqib, hududda “Ustozlar”, “Kamolot” YoIX xamda “Bitiruvchilar” bog’i tashkil etilgan.
- 4,6 gektar bog’da 1434 tup hosilga kirgan mevali ko’chatlar oralig’iga har yili kafedralar tomonidan meva-sabzavot va poliz mahsulotlari ekilib, yetishtirilmoqda;
- vazirlik topshiriqlariga asosan institut o’qituvchi va xodimlari tomonidan qishloq-xo’jaligi maxsulotlarini xonadonlarida zaxiraga (zakladka) jamg’arish ishlari belgilangan reja asosida 100 foizga bajarilgan;
- har yili yangi yil va navro’z bayrami arafasida Baxmal tuman Nushkent xo’jaligidan va Paxtakor tuman fermer xo’jaliklardan arzon narxda go’sht mahsulotlari tarqatilgan. Ular tomonidan qishloq mahsulotlari yarmarkasi tashkil etilgan.

20. Hojatxona qurilishi:

- o’quv binosi hududida homiylik mablag’lari hisobiga zamon talablariga mos, oqavasuv tizimiga ulangan tashqi sanuzel hojatxonasi yangidan qurilib,ishga tushurilgan.

21. Qora va rangli metall xamda ikkilamchi qogoz chikindilarini topshirish rejasining 2015 yilda bajarilishi:
- qora metall rejasi – 106 foizga,
- rangli metall rejasi – 103foizga,
- ikkilamchi qog’oz rejasi – 110 foizga bajarilgan.


OO'Y reyting