UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2017»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Rektor nutqlari

Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan institut rektorining bayram tabrigi
2016-09-08 / 11:00 [ i ]

Bugun jamoamiz a'zolari xalqimizning eng ulug' va eng aziz shodiyonasi – Respublikamiz mustaqilligining chorak asrlik bayramini zo'r shodu xurramlik bilan kutib olishmoqda. Zero, mustaqillik erksevar xalqimiz uchun hayotimizning ma'no-mazmunini butunlay o'zgartirgan, jonajon Vatanimiz tarixida yangi sahifa ochgan buyuk voqea bo'ldi. Siz azizlarni ana shu qutlug' shodiyonaning 25 yilligi bilan samimiy muborakbod etayotganimdan behad baxtiyorman.

O'qildi: 144 | Reyting: 0 |

8 mart Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan institut rektorining bayram tabrigi.
2016-03-07 / 08:46

Tabiat tobora chiroy ochib borayotgan bahorning ilk kunlarida Siz azizlarni ko'nglimizga bir olam zavq-shavq, go'zallik va fayzu-tarovat olib kelayotgan, barchamiz orziqib kutgan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etish menga cheksiz quvonch bag'ishlaydi. Zero, bu shodiyona YAratganning buyuk mo''jizasi bo'lmish siz muhtarama ayollarning sha'niga yuragimiz va qalb qo'rimizdagi eng olijanob so'zlarni, hurmat va ehtiromimizni bildiradigan ulug' kun sifatida barchamiz uchun juda qadrli.

O'qildi: 148 | Reyting: 0 |

Yangi yil BAYRAM TABRIGI
2015-12-23 / 15:04

Vohamizda Yangi yil shodiyonalari davom etayotgan mana shu quvonchli damlarda Siz azizlarni kirib kelayotgan yangi – 2016 yil bilan samimiy muborakbod etishdan, Sizlarga, sizlar orqali oilangizning barcha a'zolariga chin dildan ezgu niyatlarimni bildirishdan baxtiyorman. Shu unutilmas lahzalarda, Mustaqil O'zbekistonimizning fayzli xonadonlarida to'kin dasturxonlar yon-atrofida ezgu niyatlarimizni izhor etib turgan chog'larimizda har birimiz yakunlanayotgan yilni qalbdan sarhisob qilishimiz, obod mahallalarimiz, qadrdon jamoamizda erishilgan yutug'imizni eslab, galdagi yumushlar, ulkan vazifalar haqidagi orzu-o'ylarimizni bir-birimizga izhor etishimiz tabiiy.

O'qildi: 300 | Reyting: 0 |

Mustaqilligining yigirma uch yilligi hamda yangi o'quv yilining boshlanishi munosabati bilan institut rektorining BAYRAM TABRIGI
2014-10-25 / 08:45

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yilligi hamda yangi o'quv yilining boshlanishi munosabati bilan institut rektori E.A.Saliyevning professor-o'qituvchilar, talaba yoshlar va institut jamoasining barcha a'zolariga BAYRAM TABRIGI.

O'qildi: 554 | Reyting: 0 |

Oqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan institut rektorining BAYRAM TABRIGI
2014-10-23 / 16:59

Shu qutlug' damlarda o'zining bor mahorati va iste'dodini, qalb qo'ri va ko'z nurini baxsh etib talaba yoshlarga bilim va ilmu fan sirlarini qunt bilan o'rgatishdek olijanob ishlarga bel bog'lagan Siz azizlarni kasb bayramingiz bilan chin ko'ngildan tabriklab, ezgu tilaklarimni bildirishdan benihoya baxtiyorman. "O'qituvchi va murabbiylar kuni ", deb nom olgan go'zal bayramimiz, mana 18 yildirki, mamlakatimizda har yili keng nishonlanayapti. Zero, insonni inson qilib kamol toptirishda, unga ilmu-fan sirlarini o'rgatishda, odamiylik, mehr-oqibat tuyg'ularini singdirishda o'qituvchi va murabbiylar, Sizlardek domlalarning, barcha ta'lim sohasi xodimlarining hissasi beqiyos.

O'qildi: 542 | Reyting: 0 |


OO'Y reyting