UZ | RU | EN    

1 2
 
«Aprel 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining hisoboti tezisi
2018-04-21 / 08:57 [ i ]

Jizzax politexnika instituti ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi JizPI rektorining 2017 yil 28 dekabrdagi ¹359-SHT sonli buyrug‘i bilan tashkil etildi. Institut Kengashining 30 dekabrdagi yig‘ilishida e'lon qilindi va Jizzax politexnika instituti tuzilmasi tarkibiga kiritildi. Jizzax politexnika instituti veb-saytida bo‘limning maxsus veb-sahifasi ochildi. Veb-sahifaning manzili http://djizpi.uz/nodes.php?id=54 Unda bo‘limning asosiy maqsadi, faoliyati, huquqlari, funksional vazifalari  yoritib berildi.

O'qildi: 18 | Reyting: 0 |

Teatr studiyalari festivalinining saralash bosqichi
2018-04-17 / 18:51 [ i ]

2018 yilning 16 aprel kuni Guliston shaxrida oliy ta'lim muassasalari talabalar teatr studiyalari festivalinining  saralash bosqichi bo'lib o'tdi. Unda Guliston davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Jizzax politexnika institutlarining talabalar teatr studiyalari ishtirok etishdi. Festivalda Jizzax politexnika institutining “IBRAT” nomli talabalar teatr studiyasi tomonidan Usmon Azim asari asosida  sahnalashtirilgan  “Ular odam emas” zamonaviy, psixologik dramasi “Eng yaxshi spektakl” nominatsyaisini qo'lga kiritib, faxrli birinchi o'rinni egalladi. Bundan tashqari “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasiga institut talabasi Ziyodova Iroda loyiq deb topildi.

O'qildi: 32 | Reyting: 10 |

OITS davr muammosi
2018-04-07 / 18:32 [ i ]

2018 yil 7 aprel kuni Jizzax politexnika institutining faollar zalida Jizzax shahar Tibbiyot va salomatlik markazlari bilan hamkorlikda 2018 yil 7 aprel kuni Jizzax politexnika institutining faollar zalida Jizzax shahar Tibbiyot va salomatlik markazlari bilan hamkorlikda “OITS - davr muammosi” hamda  “Oilada sog'lom turmush madaniyati” mavzularida davra suhbati bo'lib o'tdi.

O'qildi: 41 | Reyting: 0 |

Adliya boshqarmachi bilan tadbir
2018-04-06 / 16:58 [ i ]

2018 yil 6 aprel kuni institut majlislar zalida Jixzzax viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 fevraldagi “Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy byurtmasi berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 135-son qarorining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirish yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda jamoatchilik tuzulmalari idoralari vakillari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.

O'qildi: 42 | Reyting: 0 |

Tashkilotlarda stajirovkalar o’tab kelishmoqda
2018-04-05 / 19:03 [ i ]

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutahassislar tayyorlash  sifatini yanada oshirishda iqtisodiy sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3151-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Jizzax Politexnika instituti “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ” kafedrasi o'qituvchilari ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda (“Jizzaxneftbaza” MCHJ, “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ “Bostonolami” MCHJ, Jizzax viloyati ekologiya va atrof muhit muhofazasi boshqarmasi) reja bo'yicha stajirovkalar o'tab kelishmoqda.

O'qildi: 53 | Reyting: 0 |

Samarqand shahriga turistik sayohat
2018-04-04 / 18:34 [ i ]

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16-martdagi PQ-3609-son qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakultetining 224-16 KT guruhi talabalari guruh rahbari Abduvaliyeva S.B boshchiligida 2018 yil 4-aprel kuni fakultet dekani va o'quv bo'limi boshlig'ining ruxsati bilan Samarqand shahriga turistik sayohatga bordek.

O'qildi: 42 | Reyting: 10 |

Qishloq xo’jaligini barqarorlashtirish va iqlim o’zgarishi oqibatlarini yumshatish
2018-04-03 / 10:59 [ i ]

Jizzax Politexnika Institutida Qishloq xo'jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish Agentligi hamkorligida 03.04.2018 yil Global ekologik jamg'armasining “Qishloq xo'jaligini barqarorlashtirish va iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish” grand loyihasi asosida o'quv-uslubiy semenar o'tkazildi. Ushbu semenarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaradan foydalanishda qo'llaniladigan texnologiya va uskunalarning afzalliklari va istiqbollari to'g'risida so'z bordi.

O'qildi: 31 | Reyting: 0 |

“Peugeot-Citroen” avtomobil zavodi delegatsiyasi bilan davra suxbati
2018-04-02 / 17:06 [ i ]

Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari bilan xorijiy davlatlar oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida xamkorlikni tashkil etish maqsadida 2018 yil 2 aprel kuni “Erusti transport tizimlari” va “Logistika va servis” kafedralari, hamda O‘zbekiston Fransiya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan  “Peugeot-Citroen” avtomobil zavodi delegatsiyasi bilan hamkorlikda davra suxbati bo'lib o'tdi.

O'qildi: 22 | Reyting: 0 |

Harakat xavfsizligi oyligi
2018-03-28 / 17:25 [ i ]

Avtotransport fakulteti talabalari Jizzax viloyat IIB YXXB xodimlari bilan mart-aprel oylari Harakat xavfsizligi oyligi masalasi bo‘yicha 2018 yil 28 mart kuni 104a-auditoriyada semenar o‘tkazildi. Semenarda Jizzax viloyat IIB YXXB xodimi YPX katta inspektori kichik serijant O.Norboev so‘zga chiqib, 2017/2018 yilining MART-APREL oylari Harakat xavfsizligi oyligi tashkil etilganligi masalasiga barcha xarakat ishtirokchilari birday ma'sul ekanligini va ushbu yil davomida sodir etilgan YTHlari to‘g‘risida ma'lumot berib o‘tdi.

O'qildi: 8 | Reyting: 0 |

XORAZIM VILOYATI BO’YLAB SAYOHAT QIL
2018-03-22 / 19:24 [ i ]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 16 martdagi ¹ 87-02-666-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida,  institutut professor-o'qituvchilari va talabalari joriy yilning 22 mart kuni Xorazim viloyatiga sayohatga borishdi. 

O'qildi: 99 | Reyting: 0 |

SAMARQANDGA SAYOHAT!
2018-03-21 / 17:54 [ i ]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 16 martdagi ¹ 87-02-666-sonli xati 17 martdagi 245-sonli buyrug`i  ijrosini ta'minlash maqsadida,  institututning bir guruh professor-o'qituvchilari oilasi bilan joriy yilning 21 mart kuni qadimiy va maftunkor Samarqand shahriga  ziyoratga tashrif buyurdilar.

O'qildi: 103 | Reyting: 0 |

TOSHKENT SHAXRIGA SAYOHAT
2018-03-21 / 16:18 [ i ]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil  16 martdagi ¹ 87-02-666-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida,  institutut professor-o'qituvchilari oilla a'zolari bilan hamda bir guruh talabalar joriy yilning 21 mart kuni Toshkent shaxriga sayohatga borishdi.

O'qildi: 88 | Reyting: 0 |

TOSHKENT SHAXRIGA SAYOHAT
2018-03-20 / 17:26 [ i ]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 16 martdagi ¹ 87-02-666-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida,  institutut professor-o'qituvchilari oilla a'zolari bilan joriy yilning 20 mart kuni Toshkent shaxriga sayohatga borishdi

O'qildi: 76 | Reyting: 10 |

XORAZM BO’YLAB SAYOHAT!
2018-03-19 / 23:33 [ i ]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 16 martdagi ¹ 87-02-666-sonli xati 17 martdagi 245-sonli buyruqlari  ijrosini ta'minlash maqsadida,  institututning bir guruh professor-o'qituvchilari joriy yilning 19 mart kuni qadimiy va maftunkor Samarqand shahriga ziyoratga tashrif buyurdilar.

O'qildi: 92 | Reyting: 7.67 |

“O’ZBEKISTON BO’YLAB SAYOHAT QIL”
2018-03-19 / 23:23 [ i ]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 16 martdagi ¹ 87-02-666-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida,  institutut professor-o'qituvchilari va talabalari joriy yilning 19 mart kuni qadimiy va navqiron Samarqand shahriga ziyoratga tashrif buyurdilar. Ular Imom al Buxoriy majmuasini ziyorat qilishdan boshladi.

O'qildi: 44 | Reyting: 0 |

"Ayol-ma'naviyat gulshani" V Respublika ilmiy-amaliy anjumani
2013-05-04 / 12:50

2013 yil 3 - 4 may kunlari Jizzax viloyati xotin-qizlar qumitasi hamda Jizzax politexnika instituti tomonidan tashkil etilgan "Ayol-ma'naviyat gulshani" V Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi. Unda Jizzax politexnika instituti rektori Saliev E.A. ning kirish so'zi bilan ochib berildi va bir qator Respublikamizning olima olima ayollari o'z maruzalari bilan ishtirok etishdi.

O'qildi: 461 | Reyting: 10 |

Baynalminal markazi a'zolari bilan uchrashuv
2013-02-15 / 11:18

2013 yil 12 fevral kuni institut majlislar zalida 1989 yil 15 fevralda Afg'oniston hududidan baynalminal qo'shinlar chiqarilganligining 24 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyat baynalminal markazi a'zolari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Jizzax viloyat baynalminal markazi rahbari Farxod Odilov, Ismoil Qo'chqarov, Zafar Karimov, Murod Islomov, Rahmonqul Pirmatovlar ishtirok etdilar. 

O'qildi: 489 | Reyting: 0 |

O'zbegim o'g'lonlari
2013-02-15 / 10:31

2013 yil 8-fevral kuni Jizzax politexnika instituti hamda Respublika "Yoshlar" telekanali ijodkorlari hamkorligida, Jizzax Y. Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida "O'zbegim o'g'lonlari" hamda Alisher Navoiyning 572 yilligi munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda "O'zbegim yoshlari" dastasi o'z konsert dasturi bilan ishtirok etdilar. Tadbirda Jizzax politexnika institutining "Avtotransport" hamda "Sanoat texnologiyasi va qurilish" fakultetlaridan muddatli harbiy xizmatni o'tab talabalikka qabul qilingan yetti nafar  talaba ishtirok etib, quyidagi yo'nalishlar bo'yicha kuch sinashdilar.

O'qildi: 472 | Reyting: 9.75 |

2012 yil yakunlari va 2013 yilda amalga oshiriladigan ishlar
2013-02-04 / 03:29

2013 yil 21 yanvar kuni Jizzax politexnika instituti rektori E.A Saliyev tashabbusi bilan institut konferens  zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  "2012 yil yakunlari va 2013 yilda amalga oshiriladigan ishlar" haqidagi ma'ruzasi institutning barcha professor -o'qituvchilari va xodimlariga namoyish etildi.

O'qildi: 479 | Reyting: 0 |

"Quruvchi muxandislar" va "Quvnoq eskadrilya" o'rtasida bellashuv
2013-02-04 / 03:26

2013 yil 14 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 21 yilligi munosabati bilan Jizzax politexnika institutining "Quruvchi muxandislar" va Oliy harbiy Aviatsiya bilim yurtining "Quvnoq eskadrilya" jamoalari o'rtasida o'rtoqlik bellashuvi bo'lib o'tdi. Bellashuvda g'olib deb topilganlar Jizzax Politexnika institutining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi.

O'qildi: 436 | Reyting: 10 |

Vatan himoyachilari kuni
2013-02-04 / 03:20

2013 yil 12 yanvar kuni Viloyat Y.Rajabiy nomli  drama teatrda "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Jizzax Oliy Harbiy Aviatsiya bilim yurti rahbariyati va kursantlari ishtirokida tadbir uyushtirildi. Tadbirga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi "O'zbegim yoshlari" ansambli badiiy rahbari Lutfiya Ro'ziyeva, "Kamolot" YoIH  Jizzax viloyati kengashi raisi Jasur  Qurbonov, Jizzax Oliy Harbiy Aviatsiya bilim yurti zobitlari podpolkovnik Azimov Nurilla  va Durmanov Baxtiyorlar taklif etildi.

O'qildi: 441 | Reyting: 9 |

Seminar trening
2013-02-04 / 03:17

2013 yil 8 yanvar kuni  Jizzax politexnika instituti tashabbusi bilan "Hamdard" ijtimoiy – iqtisodiy ko'mak markazi xodimlari tomonidan seminar trening bo'lib o'tdi. Seminar treningga "Hamdard" ijtimoiy – iqtisodiy ko'mak markazi Kengashi raisi Sayyora Hamdamova, "Hamdard" ijtimoiy – iqtisodiy ko'mak markazi ijrochi direktori Latofat Murodova, "Hamdard" ijtimoiy – iqtisodiy ko'mak markazi jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha koordinatori Muzaffar O'sarov, "Hamdard" ijtimoiy – iqtisodiy ko'mak markazi treninglar dasturi bo'yicha koordinatori Barno Mutaliyevalar taklif etildi.

O'qildi: 321 | Reyting: 0 |

Avtotransport bayram karnavali
2012-12-27 / 18:15

Jizzax politexnika institutida 26 dekabr kuni "avtotransport" fakulteti tomonidan yangi yil bayram karnaval dasturi bo'lib o'tdi. Unda fakultet muqiyosida yilning eng faol guruh raxbari To'raev O'tkir va Jabborov Dilshodlar deb topilgan bo'lsa, eng faol talabalar G'ofurov Bunyod, Alimov Bohodirlar fakultet dekani Berdiev Obloqul tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

O'qildi: 354 | Reyting: 10 |

"Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" bo'yicha ilmiy anjuman
2012-12-25 / 15:12

2012 yil 13-dekabr kuni Jizzax politexnika institutida "umummuxandislik fanlari, Metrologiya va standartlashtirish" kafedrasi tashabbusi bilan  O'zbekiston Respublikasi ilmiy-tekshirish instituti xodimlari tomonidan Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasiga oid "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" bo'yicha ilmiy anjuman bo'lib o'tdi.

O'qildi: 374 | Reyting: 9 |

Konstitutsiya- jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevori
2012-12-25 / 15:10

2012 yil 7- dekabr kuni  O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag'ishlab "Konstitutsiya- jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevori" mavzusida institutning tantanali yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O'qildi: 367 | Reyting: 10 |

«« « [35][36][37][38][39][40][41» »»

OO'Y reyting