UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Yangiliklar

Jizzax politexnika instituti Brashura
2018-09-22 / 10:21 [ i ]

Jizzax politexnika instituti Brashura

O'qildi: 61 | Reyting: 0 |

Buxoro shahriga sayohat
2018-10-17 / 14:36

Institut xotin – qizlar qo'mitasi hamda institut kasaba uyushma qo'mitasi hamkorligida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish Davlat Qo'mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3510 sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida,  institutda ko'p yillar faoliyat olib borayotgan 18  nafar faol xotin – qizlar Buxoro shahriga sayohatga olib borildi.  Sayohatning birinchi kuni  “Yetti pir” lardan biri Xo'ja Abduxoliq G'idduvoniy ziyoratgohidan boshladandi.

O'qildi: 6 | Reyting: 0 |

Tinchlik eng oliy nemat
2018-10-15 / 18:50

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining  2018 yil 12 oktyabrdagi “87-02-2948-sonli xatiga asosan Jizzax politexnika institutida majlislar zalida  joriy yil 15 oktyabr kuni “Tinchlik – eng oliy ne'mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga o'rin yo'q” mavzularida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv o'tkazildi. Tadbirda Davlat  xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi xodimi Nusrat Abduraxmonov, O'zbekiston Musulmonlar idorasi Jizzax viloyat vakili o'rinbosari Abdumutal Otaboyev, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat kengashi bo'lim mudiri Elyor Norpo'latovlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir so'ngida “Manqurtlik sari” nomli film namoyish etildi.

O'qildi: 6 | Reyting: 0 |

Xalqaro qizlar kuni
2018-10-11 / 15:19

2018 yil 11oktyabr kuni Jizzax politexnika institutida, viloyat xotin-qizlar qo'mitasi, Jizzax politexnika instituti hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2011-yil 11- oktyabrda  ta'sis etilgan  “Xalqaro qizlar kuni”  munosabati bilan  II qizlar festivali o'tkazildi. Tadbirda Xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi maktab o'quvchilari, O'rta maxsus ta'lim boshqarmasi tasarrufidagi Akademik litsey va maktablar o'quvchilari, Oliy ta'lim muassasalari talabalari

O'qildi: 5 | Reyting: 0 |

Ozbekiston yoshlari buzgunchi goyalarga qarshi
2018-10-04 / 17:37

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 20 sentyabrdagi 795-son buyrug'i ijrosi yuzasidan joriy yil 4 oktyabr kuni institut madaniyat saroyida “O'zbekiston yoshlari buzg'unchi g'oyalarga qarshi!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiytadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyat boshqarmasi xodimi Nusrat Abduraxmonov, O'zbekiston musulmonlar idorasi Jizzax viloyat vakilligi xodimi Abdumutal Otaboyev, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat kengashi bo'lib mudiri Elyor Norpo'latovlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

O'qildi: 23 | Reyting: 0 |

Rektor kubogimusobaqalari
2018-09-29 / 18:23

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi “Ma'naviyat va ma'rifat” markazining xatiga asosan Jizzax politexnika instituti rektorining buyrug‘i sport musobaqalarini tashkil etish haqida. 1-oktyabr-Ustoz va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan Professor-o‘qituvchilar, talabalar va ishchi xodimlar o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun sport musobaqalarining nizomi ishlab chiqildi. Nizomga asosan Sport musobaqalar 25-29 sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Sport musobaqalarga institutning Sanoat texnologiya, Avtotransport, Arxetikto‘ra va qurilish, Servis, Elektromexanika va radioelektronika fakulteti terma jamoalari ishtirok etdi. Sport musobaqalar institut sport majmuasida o‘tkazildi. Taqdirlash ma'rosimi 29 sentabr kuni soat 14.00. da 1-oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni bayramiga bag‘ishlangan yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi.

O'qildi: 24 | Reyting: 0 |

FRANSIYA-OZBEKISTON: TALIM SOHASIDA XALQARO ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA
2018-09-28 / 15:21

Shu kunlarda Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmonqulov bevosita xorijiy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida Fransiya Respublikasida bo'lib turibdi.  Jizzax Politexnika instituti rektori Alisher Usmonqulovning Serji- Pontuaz universitetining Texnologiya instituti xalqaro aloqalar bo'limlari boshliqlari, hamda Réseau “n+i” injeneriya institutlari konsorsiumi rahbarlari bilan uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Uchrashuvda universitetining xalqaro aloqalar bo'limining boshlig'i Enora Berard hamda Universitet Texnologiya institutining (IUT) xalqaro aloqalar bo'limining boshlig'i Emmanuyel Lekongt bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuv vaqtida Emmanuyel Lekongt IUT haqida taqdimot qildi. Serji Pontuaz Universitetining Texnologiya institutida quyidagi yo'nalishlar mavjud bo'lib, ular:

O'qildi: 52 | Reyting: 0 |

INNOVATSION RIVOJLANISH STRATEGIYASI MUHOKAMASI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTIDA
2018-09-28 / 12:09

2018 yil 27 sentyabr kuni Jizzax politexnika institutida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo'mitasining raisi Abdullayev Ilxom Zoirovich va qo'mita a'zolari “O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi: Talabalar kollokviumi” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari Qo'mitasining raisi o'rinbosari Xolbo'tayev Erkin Ergashevich olib bordi.

O'qildi: 37 | Reyting: 0 |

Strategiya kelajak poydevori
2018-09-25 / 17:57

2018 yil 25 sentabr kuni ATB “Qishloqqurilish bank” Jizzax mintaqaviy filialida O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida “Strategiya – kelajak poydevori” mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda institutning Harakatlar strategiyasi mas'ul xodimi, “O'zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o'qituvichisi Xoshim Xidirov ishtirok etdi va nutq so'zladi.

O'qildi: 46 | Reyting: 0 |

MAKTAB TALIMINI RIVOJLANTIRISH KELAJAKKA QOYILGAN ULUG QADAMDIR
2018-09-25 / 17:51

Arnasoy tumanidagi maktab va kollejlarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida “Maktab ta'limini rivojlantirish – kelajakka qo'yilgan ulug' qadamdir” mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda “O'zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, f.f.n. dotsent P.Qulmatov, kafedra o'qituvchisi D.Tolliboyev, tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i S. Turg'unov, institut Harakatlar strategiyasi mas'ul xodimi, “O'zbekston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o'qituvchisi Xoshim Xidirov ma'ruza qildi. Tadbirda jami 105 nafar o'quvchilar ishtirok etishdilar.

O'qildi: 41 | Reyting: 0 |

XXI ASRDA - AXBOROT XAVFSIZLIGI MASALASI
2018-09-22 / 15:48

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirilgan qaratilgan amaliy ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida joylarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, davra suhbatlari o'tkazilib borilmoqda.  20 sentyabr kuni Jizzax politexnika institutida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Jizzax viloyat bo'limi boshlig'i Turatov Shuhrat Baxromovich institut talabalari bilan “XXI – asrda axborot xavfsizligi” mavzusida davra suhbati o'tkazdi. Ushbu davra suhbatida talabalarga axborot, axborot xavfsizligi, mafkuraviy jarayonlar, OAVlari faoliyatining ochiqligi masalalari, global mafkuraviy jarayonlar haqida o'zining fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.

O'qildi: 44 | Reyting: 0 |

«« « [1][2][3][4][5][6][7» »»