UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Yangiliklar

FRANSIYA-OZBEKISTON: TALIM SOHASIDA XALQARO ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA

2018-09-28 / 15:21

Shu kunlarda Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmonqulov bevosita xorijiy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida Fransiya Respublikasida bo'lib turibdi.  Jizzax Politexnika instituti rektori Alisher Usmonqulovning Serji- Pontuaz universitetining Texnologiya instituti xalqaro aloqalar bo'limlari boshliqlari, hamda Réseau “n+i” injeneriya institutlari konsorsiumi rahbarlari bilan uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Uchrashuvda universitetining xalqaro aloqalar bo'limining boshlig'i Enora Berard hamda Universitet Texnologiya institutining (IUT) xalqaro aloqalar bo'limining boshlig'i Emmanuyel Lekongt bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuv vaqtida Emmanuyel Lekongt IUT haqida taqdimot qildi. Serji Pontuaz Universitetining Texnologiya institutida quyidagi yo'nalishlar mavjud bo'lib, ular:

  • Bioinjeneriya
  • Grajdan injineriyasi
  • Elektricheskaya injeneriya
  • Menejment, logistika va transport
  • Sanoat logistikasi va uni tashkil qilish
  • Informatsion texnologiya
  • Bizness

Bu yo'nalishlar to'rtta joyda faoliyat ko'rsatadi, ya'ni

  • Argenteuil campus
  • Neuville-sur-Oise campus
  • Pontoise campus
  • Sarcelles campus

Shundan so'ng Jizzax politexnika instituti rektori A.Usmankulov Jizzax politexnika instituti bo'yicha taqdimot qildi va institut haqida batafsil ma'lumot berdi. Keyin ikki tomon taqdimotlardagi ma'lumotlarni muhokama qildilar. Emmanuel Lekongt va Enora Berardlar Serji - Pontuaz universiteti Texnologiya instituti nomidan Jizzax Politexnika instituti bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek ikkala institut o'rtasida talaba almashuvi, ikki diplomlik tizimi, mutaxassislar malakasini oshirish, tajriba almashish kabi takliflar ularga ma'qul kelganligi va Jizzax politexnika institutiga borib tajribalarini o'rtoqlashishga  mutaxassislari tayyor ekanligini aytib o'tishdi. Bular Beatris Szarva, Yeva Delamur va boshqalar. Uchrashuv so'ngida tomonlar o'zaro esdalik sovg'alari bilan almashdilar.

Institut matbuot kotibi
Xidirov Xoshim

O'qildi: 49 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: