UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Yangiliklar

ISHCHI GURUHI JIZZAX SHAHRIDA

2018-09-20 / 09:41

19 sentyabr kuni O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Quranboyev Qaxromon Qo'chqarovich hamda “Yoshlar - kelajagimiz” jamg'armasi ijrochi direktori Bunyodbek Bahrombekov boshchiligidagi ishchi guruhi Jizzax viloyatida bo'lishdi. Jizzax politexnika instituti katta konferensiya zalida bo'lib o'tgan davra suhbatida viloyat hokimining yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari To'htamishev Botir Qo'nishiyevich hamda  viloyatdagi yoshlar masalalari bilan shug'ullanuvchi mas'ul xodimlar, institut talabalari, tadbirkorlik bilan shug'ullanishni istagan yoshlar bilan “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat Dasturi hamda “Yoshlar haftaligi” doirasida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

O'tkazilgan davra suhbatida yoshlarni tadbirkorlikka yanada qiziqtirish, ularni yanada qo'llab-quvvatlash, kam ta'minlangan oilalarning farzandlarini ijtimoiy himoya qilish masalalari yuzasidan amaliy ishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Uchrashuv davomida bir qator tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarning muammolari o'rganildi va muammoli masalalar shu joyning o'zida hal qilindi. Bir qator kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga tegishli ravishda amaliy yordam ko'rsatildi.

Tadbir davomida institut talabalarining tadbirkorlikka bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi talabalar safini yanada kengaytirish, tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan talabalarda uchrayotgan muammolarni o'z vaqtida va sifatli hal etish masalalari ko'rildi. Jumladan, Jizzax shahar 6-maktab yetakchisi Turdiqulova Sitora qishki madaniy istirohat bog'ini ochish, Jizzax politexnika instituti Arxitektura va qurilish fakulteti talabasi Qo'shboqova Barno joylarda yoshlar o'rtasida sport to'garaklarini ochish, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendianti Nurxonov Nurkomil matematika asoslangan to'garaklarni ko'paytirish, shuningdek, Jizzax shahridagi mahallalardan ham tashrif buyurgan keng aholi vakillari o'zlarining savollari bilan murojaat qilishdilar. Norqo'ziyev Husanga o'zining nogironligini hisobga olib, o'z uyida oilaviy quyonchilikni rivojlantirish maqsadida 20 ta quyon sovg'a qilindi. Baxmal tumanidan Po'latov Muhammad o'zining tadbirkorlik bilan shug'ullanmoqchi ekanligini bildirib, tegishli ravishda biznes rejalari mavjudligi, o'zining tadbirkorligi bilan bir qator tumandagi ishsiz yoshlarni ish bilan ta'minlash imkoniyati mavjudligini aytib tuman hududidan dorixona qurish maqsadida bo'sh yer olinishida amaliy yordam so'radi. Ushbu talabaning masalasi mana shu joyning o'zida tumandagi mutassaddilar bilan birgalikda hal etildi. Davra suhbati davomida ishchi guruh a'zolari tomonidan joylardagi muammolarni hal etish borasida, kam foizli kreditlar, ularning har sohaga yo'naltirilganligi hususida, yoshlardagi tadbirkorlikka qiziqishni yanada o'stirish borasidagi amaliy ishlar, Hukumatimiz tomonidan yoshlar tadbirkorligiga berilayotgan e'tibor, “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat Dasturi hamda “Yoshlar haftaligi” doirasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning mazmun-mohiyati to'g'risida fikr-mulohazalar bildirib o'tildi.

 

Institut Matbuot kotibi
Xoshim Xidirov

O'qildi: 40 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: