UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Mustaqillik darslari

2018-09-05 / 13:42

2018 yil 5 sentyabr kuni Respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasalari qatori Jizzax politexnika institutida ham Mustaqillik darslari o‘tkazildi. Ushbu darslar davomida talabalarga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma etti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oyaning mazmun-mohiyati, 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutqi haqida talabalarga tushunchalar berildi. Xususan, Mustaqillik yillari mohiyatan yurtimiz tarixida sharafli va o‘ta mas'uliyatli davrni tashkil etganligini, uning ar birimizning hayotimizda, mamlakat taqdirida muhim va keskin o‘zgarishlar yuz berganligini aytib o‘tishdilar. Turmush tarzimiz o‘zgarib bormokda. O‘zligimizni anglab, yurtimizda va shaxsiy hayotimizda sodir bo‘layotgan yangilanish jarayonlarini va xaqqoniy tahliletadigan bo‘lib qoldik. Milliy g‘oyamiz bizning iymonimiz mezoniga aylanib, qaramlik, boqimandalik kayfiyatidan ozod bo‘la boshladik. Kelajak taqdirimiz o‘z faoliyatimizga borliq ekanligiga ishonch hosil qilmoqdamiz.

Yoshlar - yurt qanoti, mamlakat tayanchi. Navqiron avlodga e'tibor kelajakka qo‘yilgan mustahkam poydevordir. SHuni unutmasligimiz kerakki, irodasi kuchli, iymoni mustahkam yoshlar tashqi ta'sirlarga osonlikcha berilmaydilar. Mustaqillik juda katta mas'uliyatdir. Mustaqillikni asrash uni qo‘lga kiritishga nisbatan og‘irroq vazifadir. Bu esa bizdan doimo mustaqillikni asrab avaylash, ogoh bo‘lish, ilm egallab jamiyatga munosib hissa qo‘shib yashashni talab etadi.

Yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, “YOshlarimizning iymon-e'tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega o‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash, men o‘zbek farzandiman, deb g‘urur va iftixor bilan yashashiga erishish kerak”.

JizPI matbuot kotibi X.Xidirov

O'qildi: 46 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram