UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

YOZGI TATILDA MEN NECHTA KITOB OQIDIM MEGA LOYIHASI

2018-06-06 / 01:58

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ 3271-sonli Qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligining 2017 yil 29 sentyabrdagi 87-02-3149 sonli xatini ,  Jizzax politexnika instituti rektorining 2017 yil 14 oktyabrdagi  562-AF sonli Buyrug‘ini ta'minlash maqsadida ,O‘zbekiston Respublikasida YOshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi asosida, YUksak ma'naviyatli, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash,ularda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, “Arxitektura va qurilish”fakulteti yozgi ta'tilda talabalarning vaqtini unumli foydalanish maqsadidia  “YOZGI TA'TILDA MEN NECHTA KITOB O‘QIDIM” mega loyihasi rejalashtirilgan. Mega loyihadan kutilayotgan asosiy maqsad

  • Talaba-yoshlarning  iqtidorini aniqlash, kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish.
  • Talaba-yoshlarning  bilim sifatini oshirish.
  • Talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish.
  • Talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini yanada mustahkamlashlash,ularni turli yot g‘oya va ma'naviy tahdidlardan himoya qilish hamda  islohatlardan xabardorligini ta'minlash.
  • Yuksak ma'naviyatli, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan vatanparvarlik, mexnatsevarlik, imon-e'tiqodlilik va islohotlarga daxldorlik kabi yuksak axloqiy sifatlarni talaba-yoshlarda tarbiyalash.
  • Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida kitobxon talabalarining faol ishtirokini ta'minlash.
  • Talaba-yoshlar olayotgan bilimlarini mustahkamlaydi, o‘zidagi bor qobiliyatini shakllantiradi va kasbga oid ma'lumotlar bilan ta'minlanadi.
  • Hafta davomida eng bilimdon talaba va eng ko‘p kitob o‘qigan kitobxon talabalar aksiyasi o‘tkazilishi va “Arxitektura va qurilish” fakultetining Telegram guruhi (https://t.me/joinchat/A197chH3wne1e4t1K3fA8Q)ga rasmlarini  joylashtirish orqali talabalardagi bilimga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirishga hizmat qiladi.
“YOZGI TA'TILDA MEN NECHTA KITOB O‘QIDIMmega loyihasi g‘olibi qanday aniqlanadi.
  1. “YOZGI TA'TILDA MEN NECHTA KITOB O‘QIDIM” mega loyihada ishtirokchi talabalar o‘zi o‘qigan kitob nomi va muallifini har xaftada “Arxitektura va qurilish” fakulteti Telegram guruhi (https://t.me/joinchat/A197chH3wne1e4t1K3fA8Q)da keng yoritib boriladi.
  2. Talabalar yozgi ta'tildan qaytgach, o‘zlari o‘qigan kitoblardan tayyorlangan test va savol javoblar orqali, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi hamda zukkoligi aniqlanadi.

G‘oliblar uch nominatsiya bo‘yicha aniqlanadi. G‘oliblar zamonaviy Android uyali aloqa telefoni va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan institutning bayram tadbirida talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

“YOZGI TA'TILDA MEN NECHTA KITOB O‘QIDIM” MEGA LOYIHASI TASHKILOTCHISI “ARXITEKTURA VA QURILISH” FAKULTETI

O'qildi: 114 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram