UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

SIZ OAVning JAMIYATDAGI ROLINI BILASIZMI!?.

2018-06-06 / 00:06

Ommaviy axborot vositalari – jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar erkinligini ta'minlashning muhim shartidir. Demokratik islohotlarni hayotga tatbiq etish, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o'rni va ahamiyati katta.

O'zbekistonda ham siyosiy hokimiyat va fuqarolar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog'lab turuvchi, ular orasidagi shaffoflikni ta'minlab beruvchi birdan bir vosita ham ommaviy axborot vositalaridir. Shu nuqtai  nazardan olib qaralganda, unga to'rtinchi hokimiyat darajasida e'tibor berilgani bejiz emas, albatta.

Hozirgi kunda OAV nafaqat jamiyatni axborotdan xabardor qilish vositasi  sifatida, balki jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan davlat  faoliyatini nazorat qilish vositasida bir qator vazifalarni  amalga oshirmoqda.

O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasi va amaldagi barcha qonunlarda axborot olish, tarqatish borasidagi  demokratik huquqlar aniq-ravshan bayon etib berilgan. Xususan,  O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida “Har  kim o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga  ega” deyilgan. Shuningdek O'zbekiston Respublikasi “Axborot olish  kafolatlari va erkinligi to'g'risida”gi Qonunning 3-moddasida ham “Har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi.  Har kimning axborot izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va  tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi” deyiladi.

Hozirda mamlakatimizda jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlariga katta e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston aholisining ko'p millatli  ekanligi inobatga olinib, 10 dan ortiq tillarda gazetalar chop etilmoqda, bir  necha tilda teleko'rsatuv va radioeshittirishlar efirga uzatilayapti. Buning sababi jamiyat har qancha rivojlanmasin jamoatchilik bilan aloqa qilishning  eng ta'sirchan vositasi – matbuot, radio, televideniye va Internet bo'lib qolaveradi. Shu bilan birgalikda demokratiya ustuvor bo'lgan davlatda OAV jamoatchilik nazoratining asosiy sub'yektlaridan biriga aylanadi. Mamlakatimizda ham qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati to'g'risida”gi Qonunida OAV jamoatchilik nazoratining sub'yekti sifatida e'tirof etilgan.

Zamonaviy nazariy manbalarda qayd etilishi bo'yicha ommaviy axborot  vositalari tipologiyasiga ko'ra 5 ta asosiy turga ega. Bular: matbuot (gazeta, jurnal, axborotnomalar va boshqalar), radio, televideniye, axborot agentliklari, shuningdek, Internet saytlari.  Bugun ko'pchilikning diqqat-e'tiborini o'ziga jalb etib kelayotgan,  to'g'rirog'i, ommaviy axborotning o'ziga xos vositasi sifatida namoyon bo'layotgan Internet veb-saytlari qolgan turlarga qaraganda tezkorligi va imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turipdi. Ijtimoiy fikrni shakllantirish va rivojlantirish, davlat hamda fuqarolik institutlarining o'zaro ijtimoiy muloqotida ham OAV muhim vosita sifatida yetakchi  o'rin egallaydi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda fuqarolar ham OAVda sog'lom dunyoqarash bilan uning foydalanuvchilariga aylanishlari lozim. Sababi OAV jamiyat hayotining turli-tuman yo'nalishlarida qabul qilinayotgan  huquqiy-me'yoriy hujjatlar, istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga oshirishda, fuqarolarni davlat hokimiyati va boshqaruvi  organlarining faoliyati to'g'risida xolis, tezkor va to'la-to'kis  xabardor  qiladi,  fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarida faol ishtirokini ta'minlashga  xizmat qilib, bu organlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga  oshirish hizmat qiladigan vositadir.

Jaxongir Bobobekov
FJShMQMI Jizzax HB

O'qildi: 101 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram