UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz mavzusida marifiy uchrashuv

2018-06-01 / 20:11

Jizzax politexnika instituti fakultetlarning 2017/2018 o‘quv yili iyun oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan  2018 yil 30 maydagi 87-02-1228 sonli xatini ijrosini ta'minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2018 yilning 1 iyunidan 8 iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy boshqarmalari va O‘zbekiston Musulmonlar idorasining hududlardagi vakilligi bilan hamkorlikda viloyatlardagi oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlariga qaratilgan profilaktika tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusida ma'rifiy uchrashuv, joriy  yilning 1 iyun kuni Jizzax politexnika instituti majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ma'rifiy uchrashuvda O‘zbekiston Musulmonlar idorasining Jizzax viloyati bosh imom xatib o‘rinbosari Otaqulov A, Viloyat Davlat xavfsizlik xizmati xodimi Abduraxmonov N. Jizzax politexnika instituti ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.YA.Rashidova, institutning fakultet ma'naviy ma'rifiy ishlari bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etishdilar. Mazkur ma'rifiy uchrashuv yig‘ilganlarga “Tafakkur ehtiyoji” filmini namoyish etish bilan boshlandi.  Filmdan so‘ng Jizzax viloyati bosh imom xatib o‘rinbosari Otaqulov A so‘zga chiqib bugungi kundagi dunyodagi beqaror vaziyat, ushbu vaziyatdan esa qandaydir kuchlar Muqaddas Islom dinini niqob qilib olib turli xil xunrizliklar teraktlar qilib kelmoqda.

Bunday holatda internet global tarmoqlaridan keng foydalanib yoshlarni aldov yo‘llari bilan yo‘ldan adashtirib chet ellarga olib ketayotgani ayanchli ekanligi xaqida aytib o‘tishdi.  Bunday holatlarni “Tafakkur ehtiyoji” filmida ko‘rib o‘tilganligi aytib o‘tildi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimi Abduraxmonov N.  so‘zga chiqib yig‘ilganlarga diniy ekstremizm va terrorizm bugungi kunda nafaqat bir davlat yoki xudud, aksincha butun Dunyo muammosi bo‘lib qolganligi, uni oldini olish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi  aytib o‘tildi. Ushbu ma'naviy ma'rifiy uchrashuvda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar  o‘z fikr- mulohazalarini bildirishdi. Talabalar bunday uchrashuvlar yanada ko‘proq bo‘lishliklari to‘g‘risida taklif bildirishdi va kelgan mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirishdilar.

“Arxitektura va qurilish”fakulteti ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini: Irgashev X.N.

“Sanoat texnologiyalari”fakulteti ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini: SHamshiev J.A.

O'qildi: 49 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram