UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Gidravlika fanidan otkazilgan Respublika fan olimpiadasi

2018-05-15 / 19:04

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2018 yil 7 apreldagi 301-sonli buyrug'iga asosan, O'zbekiston  Respublikasi prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlant irish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2909-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot soxalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3151-son Qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda Oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislik va umumkasbiy fanlari bo'yicha o'z qobiliyatlarini namayon etish va rivojlantirish, iste'dodlarni ro'yobga chiqarishga keng imkoniyatlar yaratish uchun oliy ta'lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasini 2018 yilda tashkil etish va o'tkazish ko'zda tutilgan.

Joriy yilning 14-15 may kunlari Jizzax politexnika institutida “Gidralika” fanidan respublika fan olimpiadasining II-bosqichi o'tkazildi.Olimpmadaning birinchi kuni olimpiada ishtirokchilari va raxbarlari kutib olinib, ro'yxatdan o'tkazildi xamda joylashtirildi. Ikkinchi kuni esa fan olimpiadasining II-bosqich sinovlari 4 ta tur bo'yicha o'tkazildi. “Gidralika” fanidan respublika fan olimpiadasida jami 23 ta oliy ta'lim muassasasidan talabalar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi,yakuniy natijalarga ko'ra faxrli 1-o'rinni Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash instituti, “Suv xo'jaligi va melioratsiya” yo'nalishi 3-kurs talabasi Xoshimov Abdullo Abdunazarovich, 2-o'rinni Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakulteti 140-15 MKQ guruxi 3-kurs talabasi  Qurbonboyev Bolbek Toshpo'lat o'g'li, 3-o'rinni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti, “Gidrometerologiya” yo'nalishi 2-kurs talabasi Yarashev Darxon O'ktam o'g'li egalladi. Olimpiadaning tantanali yopilishi marosimi o'tkazilib, g'oliblar va ishtirokchilar xamda ularning ilmiy raxbarlari  diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlandilar. 

O'qildi: 75 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram