UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Ozaro mafaatli hamkorlik memorandumi

2018-05-11 / 17:40

2018-yilning 3-may kuni Jizzax Politexnika institutiga Fransiya elchixonasi, “O‘zavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi vakillari va “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” zavodi ma'muriy boshqaruv xodimlari tashrif buyirdi. Tantanali kutib olish marosimidan so'ng, yuksak martabali mehmonlar institutimiz o'quv-labaratoriya bazasi, talabalar va professor-o'qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek mehmonlar institumiz xodimlari va talabalar bilan uchrashib, korxona, uning quvvati haqidagi ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdilar. Ma'lumki, umumiy qiymati 133,3 million yevro bo'lgan mazkur loyiha doirasida yiliga 16 ming Peugeot Expert va Peugeot Boxer rusumidagi eksportbop tijorat avtomobillari ishlab chiqarish ko'zda tutilgan. Bunday zamonaviy avtomobillarga Fransiya, Eron, Rossiya va MDHning boshqa davlatlarida ehtiyoj katta.

Zavod vakillarining so'zlariga qaraganda, shu kunlarda zavod qurilishi uchun “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududidan ajratilgan 45 gektarlik yerda ish qizg'in ketmoqda. Investitsiya loyihasi doirasida korxonaning qurilish-montaj ishlari joriy yil may oyiga qadar amalga oshiriladi, 2019 yilda mahsulot ishlab chiqarishni boshlaydi.

Korxona ish boshlagan birinchi yildan boshlab avtomobil butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi “O'zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 30 ga yaqin yirik va 160 dan ziyod o'rta va kichik korxonalarni jalb etish yo'li bilan kamida 50 foiz mahalliylashtirish darajasini ta`minlash rejalashtirilgan. Yangi korxonada 600 dan ziyod ish o'rni yaratiladi.

Uchrashuv qizg'n va do'stona ruhda o'tdi, unda xususan sohaga oid dolzarb masalalar, o'zaro manfaatli hamkorlik muhokama markazida bo'ldi.

Mazkur uchrashuv doirasida Fransiya hukumati, “O‘zavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi, “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” zavodi va Jizzax politexnika instituti o'rtasida o'zaro mafaatli hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum institutimiz uchun muhim ahamyatga ega bo'lib, uning taraqqiyotiga yangi istiqbollar ochadi deb umid qilamiz.

O'qildi: 26 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting