UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Inson xotirasi aziz, qadri sarbaland

2018-05-07 / 16:32

II jahon urushi yillarida o'zbek xalqning fidokorona mehnati, o'zbekistonlik jangchilarning  janggohlardagi jasoratlari, fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g'alabaning 73 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan  7- may kuni Jizzax shahrining Xotira bog'ida tantanali tadbir bo'lib o'tdi.Ushbu tadbirda  urush yillarida jasorat ko'rsatgan  xamda bugungi farovon hayotimiz uchun butun borlig'ini baxshida etgan faxriylarimizga hurmat ehtirom ko'rsatish, ularni qo'llab quvvatlash maqsadida institutimiz professor-o'qituvchilari qatorida      “Avtomobil yo'llari ” kafedrasi a'zolari hamda talaba yoshlari  ham faol ishtirok etdilar.

Jumladan, fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 73 yilligi munosabati bilan 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sharaflash maqsadida “Avtomobil yo'llari” kafedrasida ko'plab ishlar amalga oshirildi. 9-may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar hamda bir piyola choy ustida suhbatlar bo'lgan bo'lsa, 5-may kuni“ Avtomobil yo'llari” kafedrasi a'zolari hamda talabalari bilan birga faxriylar xonadoniga tashrif buyurishganda,  ajoyib tantana ustidan chiqdilar. Jumladan, Jizzax viloyati, Forish tumani, Osmonsoy  MFYga qarashli  219-uyda istiqomat qiluvchi 1919 yilda tug'ilgan ikkinchi jahon urushi fahriysi Antar  bobo Umurzoqov xonadonida bo'lishganida tuman xokimi A.S.Mustanov muxtaram prezidentimizning urush va mehnat faxriylari uchun berilgan qimmatbaho estalik sovg'alarini topshirayotganini ustidan chiqishdi.

Dunyoni  fashizm balosidan asrab qolishga ,bugungi yorug' kunlarni ta'minlashga munosib hissa qo'shgan mard va qahramon yurtdoshlarimizni talaba yoshlarimizga hamisha ibrat qilib ko'rsatish maqsadida ular bilan suhbatlar olib borildi.

-Urushni azob-uqubatlarini biz ko'rdik, sizlar aslo ko'rmanglar, ilohim, yurtimizda tinchlik va xotirjamlik abadiy barqaror bo'lsin,deydi yoshlar bilan suhbatda,Jizzax shahri,“Qassoblik” maxallasida istiqomat qilayotgan ikkinchi jaxon urushi faxriysi, 96 yoshni qarshilagan Xolmat bobo Sharipov.

Xuddi shunday tadbirlar hamda  uchrashuvlar gurux murabbiylari va kafedra professor o'qituvchilari tomonidan tashkil etilib, bugun xam biz bilan birga saflarimizda turib, Vatan obru-e'tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma'naviy ahloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo'shayotgan faxriylarimiz e'zozlandilar.

Kafedra mudiri: Sh.Erboyev

O'qildi: 13 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting