UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Inson aziz, xotira muqaddas

2018-05-08 / 16:22

2018 yil 8 may kuni institut yangi madaniyat saroyida 9-may “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan “Inson aziz, xotira muqaddas” deb nomlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirga urush qatnashchisi, mehnat faxriysi Xolmatov Yusuf bobo, mehnat fronti faxriysi Abdusamatov Nizom bobo, Viloyat xalq de putati, Senat komissiyasining viloyat ishchi gurug'i raisi o'rinbosari Shukurov Xidir, Viloyat nuroniy jamg'armasi raisi o'rinbosari, mehnat faxriysi Nurmatov Nuriddinlar taklif  etildi. Undan tashqari Viloyat akademik xalq badiiy jamoalar direkksiyasi xonandalari Eshmurodov Rashid, Jo'rayev Xusan, Xo'janova Irodalar ham tadbirda o'z chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Urush va mehnat fronti faxriylari urush yillaridagi vaqealar va tinchlikning nechog'lik ulug' ne'mat ekanligi va uning qadriga yetishimiz va doimo uni ko'z qorachig'imizdek asrav-avaylashimiz lozimligi haqida o'zlarining qimmatli pad-nasihatlarini bildirishdi. Tadbir so'ngida faxriylarga institut Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik va qimmatbaho sovg'alar berilib, bir piyola choy ustida suhbat uyushtirildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
O'qildi: 14 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting