UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Jasoratingiz mangu

2018-05-11 / 16:04

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida” gi PF-5417-sonli Farmoni, “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2018 yil 16 apreldagi PQ-3667-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 19 apreldagi №355-sonli Buyrug'ini, hamda Jizzax viloyat xokimining 2018 yil 18 apreldagi 278-sonli va 19 apreldagi 283-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida, “Arxitektura va qurilish” fakultetining 2017/2018 o'quv yili may oyidagi  ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida, “Arxitektura va ыurilish” fakultetining 344-17 “QMB va KICh” guruhi talabalari “Xorijiy tillar” kafedrasi o'qituvchilari M.Ernazarova va E.Jabbarovalar bilan birgalikda Jizzax shahar Qassoblik mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi  Xolmat otaning xonadoniga tashrif buyurib, otaxon va uning oila a'zolari bilan  bilan suhbatlashdilar. –Urushning oti o'chsin,-deydi Ikkinchi jahon urushi faxriysi, bir qator jangovar orden va medallar sohibi, 96 yoshni qarshilagan hamshahrimiz Xolmat bobo Sharipov.- Uning azobu uqubatlarini biz ko'rdik, sizlar aslo ko'rmanglar. Ilohim mustaqil diyorimizda tinchlik va xotirjamlik abadiy barqaror bo'lsin-deb talaba yoshlarga pandu nasixat qilib. Suhbat davomida talabalar Xolmat otaning janggohlarda o'tkazgan kunlari, urush dahshatlari, unda o'zbek yigitlarining qahramonliklari haqidagi savollariga javob olishdi. Otaxon yoshlarga nasihat qilar ekan, bunday urushlar bo'lmasligi uchun yoshlar tinchlikning qadriga yetgan holda, yaxshi bilim olishi, uni jamiyat taraqqiyoti va osuda turmushni saqlab qolish uchun astoydil sarflashlari lozimligini alohida qayd etdi. O'qituvchi va talabalar otaxonni 9-may Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy qutlab, esdalik sovg'alar taqdim etishdi, ular suhbatdan katta taassurotlar bilan qaytishdi.

O'qildi: 24 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting