UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Chingiz Aytmatov ozbek xalqi va ozbek adabiyotining katta dostidir

2018-05-10 / 10:26

“Arxitektura va qurilish” fakultetining 2017/2018 o‘quv yili may oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risisida”gi PQ-3645-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2018 yil 5 apreldagi 296-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida institutning majlislar zalida “Arxitektura va qurilish” fakulteti Axborot resurs markazi va “Xorijiy tillar” kafedrasi bilan hamkorlikda “Chingiz Aytmatov o‘zbek xalqi va o‘zbek adabiyotining katta do‘stidir” mavzusida ma'naviy ma'rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani A.Berdiqulov, dekan muovinlari S.Azimova, M.Mirzabekov, X.Irgashev “Bino va inshootlar qurilish”, “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalar texnologiyasi”, “Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” va “Jismoniy tarbiya” kafedralarining professor o‘qituvchilari, fakultetning guruh sardorlari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirni Jizzax politexnika instituti ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori N.N.Alimov so‘z olib  CHingiz Aytmatov xayoti va ijodi xaqida shunday dedi: -Chingiz Aytmatov 1928-yil 12 dekabrda Qirg‘izistonning Talas vodiysidagi SHakar ovulida tug‘ildi. Bobosi Aytmat og‘a ajoyib qo‘bo‘zchi edi.U temir yo‘lda ishlashi bilan o‘g‘li To‘raqulni Avliyo otadagi rus-tuzim maktabiga joylashtirdi. Keyinchalik, To‘raqul Aytmatov Qirg‘izis-tonning katta davlat arbobi darajasiga ko‘tarildi.Biroq, afsuski, shaxsga sig‘inish davrining qurboni bo‘ldi. Chingizning onasi Naima Aytmatova o‘qimishli, oqila ayol edi. Bo‘lajak adibga bolalik yillarida buvisi Oyimxon aya va uning qizi Qoraqiz opa ko‘pdan-ko‘p rivoyat, afsona, qo‘shiqlar aytib berishdi. Yozuvchi asarlariga bolalikdan eshitgan shu rivoyatlarning muayyan ta'siri bo‘lsa, ajab emas. CHingiz avval rus maktabida o‘qidi, so‘ng qirg‘iz maktabida o‘qishni davom ettirdi.U 1956-1958 yillarda Moskvada Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi oliy adabiyotchilar kursida tahsil oldi. U turli yillar davomida Qirg‘izistondagi etakchi adabiy jurnal "Literaturne Kirgizistan"ning bosh muharriri, "Pravda" ro‘znomasining jumhuriyatdagi muxbiri, Qirg‘iziston kinematografchilar uyushmasi boshqaruvining raisi bo‘lib ishladi. U jumhuriyat kinosi rivojiga ham katta hissa qo‘shdi. Qirg‘iz kino san'ati ham xuddi badiiy adabiyoti kabi CHingiz Aytmatov asarlarining ekranlashtirilishi misolida jahon miqyosiga chiqdi.

Adib nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur qilgan asar "Jamila" qissasi bo‘ldi. 1958 yilda yozilgan bu qissa 1959 yili rus va fransuz tillariga kitob holda e'lon qilingan, ikki yil ichida sobiq Ittifoq va horijdagi o‘ttizga yaqin tilga o‘girildi. SHo‘ro adabiyotida bunday hodisa bo‘lgan emas. Asarni fransuz tiliga o‘girgan Lui Aragon uni "Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa" deb baholadi va hatto maqolaning nomini ham shunday deb atadi.

Qissada Jamila va Doniyorning beg‘ubor, pokiza muhabbatlari asosida inson erki va huquqi, asriy odatlarga faol munosabat ko‘rsatildi. Novatorlik CHingiz Aytmatov ijodining bosh xususiyatidir. "Somon yo‘li" qissasi buning yorqin dalilidir. Asarning Bosh qahramoni To‘lg‘anoy hayotning juda og‘ir mashaqqatlarini boshidan o‘tkazgan. Dahshatli urush eridan, uch o‘g‘lidan judo qilgan. Biroq, bu etmagandek, takdir uning boshiga yana bir kulfat soladi. Farzandi o‘rniga farzandday bo‘lib qolgan kelini Aliman hayotdan bevaqt ko‘z yumadi. SHunchalar achchiq, shunchalar beshafqat bo‘lasanmi, ey qismat. Biroq, yozuvchi tasavvuricha, qismat batamom beshafqat bo‘lishi mumkin emas. CHunki hayot shunday. Kelinidan To‘lg‘anoyga yodgor bo‘lib nabira qoladi. Uning hayotida hayotning davomi. To‘lg‘anoy avlodlari kasbikorining abadiyati mujassam.

Yozuvchi mahorati tabiat va jamiyat, o‘tmish va bugun asotir va yangilik, fantaziya va reallik, afsona va haqiqat uzviyligini badiiy tasvirda namoyon bo‘ladi-deb yig‘ilganlarga ma'lumotlar berdilar. SHundan so‘ng ma'nafiyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.YA.Rashidova so‘zga chiqib CHingiz Aytmatovning asarlari bugungi yoshlarning tarbiyasi Vatanga bo‘lagan muxabbati yaxshilik va yomonlik insonning o‘z taqdirini belgilash va tarbiyaviy axamiyati to‘g‘risida gapirar ekan bunga misol qilib "Oq kema" qissasi adibning ana shu yo‘nalishdagi poklik va adolat, xunrezlik va uning ahloqiy ildizlari, milliy an'analar va insoniy qadriyatlar talqiniga bag‘ishlangan navbatdagi eng go‘zal asarlaridan biridir. Asarda o‘quvchi nurday toza orzular og‘ushida yashovchi, Ona bug‘u hamda Oq kema haqidagi ertaklarning ertak emas, chin ekaniga astoydil ishongan va ularning ro‘yobga chiqishiga ko‘z tutgan Bola: nihoyatda halol, samimiy va haqgo‘y bo‘lishiga qaramay qizi, nabirasi tinchligi va osoyishtaligi deb o‘zlariga qaram va mute' bo‘lib qolgan, shu bois, hatto Ona bug‘uni o‘ldirishgacha borib etgan Mo‘min bobo: odam qadri-yu tabiat, milliy qadriyat-u, urf-odat barchasiga bir pul deb qaraydigan vahshiy sifat O‘rozqul singari obrazlarga duch keladi.Ona bug‘uning o‘ldirilishi natijasida barcha orzu umidlari chilparchin bo‘lgan Bolaning baliqqa aylanib, Oq kemaga etish maqsadida suvga tushib nobud bo‘lishi ramziga yozuvchi toza umid va insoniy poklikni, ma'naviy tubanlikka qarshi isyonni, barkamollikni ulug‘lovchi katta estetik ma'noni singdirgan.

"Asrga tatigulik kun" romani CHingiz Aytmatovning jahon miqyosi-dagi shuhratiga yangi shuhrat qo‘shdi. "Asarga tatigulik kun" romanida aks ettirilgan voqealar, asosan, Bo‘ronli deb nom olgan temir yo‘l bekatidagi mittigina olti-etti oila yashaydigan ovulchada ro‘y beradi. Ovulcha esa Qozog‘istonning hayhotdek Sario‘zak cho‘lida joylashgan.Roman kompozitsion nihoyatda mahorat bilan tuzilgan. Undagi voqealar butun umr shu Buronli temir yo‘l bekatida oddiy temiryo‘lchi bo‘lib ishlagan Qozonqopning vafoti, uni dafn etish uchun Ona Bayit qabriston tomon yo‘lga tushish bilan boshlanadi. Asardagi voqealar shu manzilga etib kelguncha o‘tgan vaqt ichida sodir bo‘ladi. Asarning bosh qahramoni Edigey Jongeldin halol mehnatkash odam. U urushda qatnashgan, urush qiyinchiliklarini ko‘rgan. Bo‘ronli bekatida temiryo‘l ishchisi bo‘lib ishlaguncha boshidan ne-ne ko‘rguliklarni o‘tkazgan, bariga chidagan. Manqurtlar haqidagi rivoyat "Asrga tatigulik kun" romanining butkul zamonaviy ahamiyatini belgilovchi eng muhim qism va romanning butkul hujayralariga singib ketgan etakchi g‘oyalardan birining manbaidir. Rivoyatga ko‘ra, qadim zamonda Sario‘zak erlari bosqinchi Junganglar tomonidan zabt etilgan. Ular asir olingan erda jangchilarning sochlarini tap-taqir qirib, yangi so‘yilgan tuya terisidan boshlariga qalpoq kiygizib, oftob qizig‘ida cho‘lga haydab qo‘yganlar. Qiynoq shu qadar vahshiy va azobli bo‘lganki, ularning ko‘plari chidamay nobud bo‘lgan. Omon qolganlari esa xotira degan narsadan mahrum manqurtga aylangan.Sario‘zakning ana shunday manqurt yigitlaridan biri Jo‘lomon o‘tmishini xotiralash u yoqda tursin, hatto o‘zini qutqargani kelgan tuqqan volidasini tanimaydi, na urug‘i va otasining nomini eslaydi.Bu etmaganidek, jungjanglardan birining o‘rgatuvchi bilan o‘z onasini otib o‘ldirishi haqida talabalarga qiziqarli ma'lumotlar taqdim etildi.

“Arxitektura va qurilish”fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
Irgashev X.N.

O'qildi: 80 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram