UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







ARM

Axborot resurs markazi

2011-06-01 / 09:29

Zamonaviy talablarga muvofiq kutubxona sohasini takomillashtirish, rivojlantirish, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, axloqiy-ma'naviy qadriyatlarini saqlab qolishga yo'naltirilgan tamoyil - yangi axborot markazlarini tuzish, shuningdek, aholining barcha qatlamini kengroq va tizimli axborot bilan ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi "Respublika aholisini axborot- kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida"gi PQ-381 sonli qarori ijrosini ta'minlash, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 iyuldagi 07/1-408 sonli majlis bayonida ifoda etilgan vazifalarni bajarish, ya'ni axborot-resurs markazi(ARM) tashkil etilganligi ayni muddao bo'ldi. Axborotlar oqimi ko'payib, ularni saralab olish zarurati tug'ildi. Ma'lumotlar to'plash, qayta ishlash va ommaga tarqatish axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan bir davrda eng dolzarb vazifalardan biriga aylandi.

Viloyat hokimining 2006 yil 13 iyuldagi 102 - sonli qaroriga asosan viloyat axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Idoralararo kengashi taklifi bilan Jizzax politexnika institutiga Jizzax, Paxtakor, Do'stlik, Zomin, Zarbdor va Zafarobod tumanlari markaziy kutubxonalari fondlari va xodimlari birlashtirildi.

Institutda ARM kengashi tuzilgan, unga har bir kafedradan bittadan mas'ul qilib referentlar ajratilgan, kengashning asosiy vazifasi, ARM adabiyotlar bilan ta'minlanganlik darajasini o'rganish va yangi adabiyotlar bilan ta'minlash, axborot texnologiyalari bilan ishlash samaradorligini oshirish, kitoblar harakatini o'rganish, elektron o'quv-adabiyotlari, elektron kataloglar bilan ishlashda talabalarga amaliy yordam ko'rsatishdir.

Kengash rejasiga ARM tuman tarmoqlarining axboroti kiritilgan, ularni bajarayotgan ishlari va kelgusidagi vazifalari xaqidagi hisobotlari muhokama qilingan, bu usul orqali tumandagi kitobxonlarning ma'naviy-madaniy bilimlarini oshirish, ularni kitobga, yangi axborotlarga bo'lgan qiziqishlarini o'rganib, bo'layotgan yangiliklardan xabardor qilib turiladi.

ARM hozirgi kundagi fondi 183448 nusxani tashkil etadi.  Shundan, kirill alifbosida 161 402 nusxa, lotin yozuvida 22046 nusxa, badiiy adabiyotlar 49 000 nusxa, darsliklar 25 635 nusxa, o'quv qo'llanmalar 60 132 nusxa, uslubiy qo'llanmalar 2 500 nusxa, uslubiy ko'rsatmalar 1 800 nusxa, ma'ruza matnlari 3 300 nusxani tashkil etadi. Jami elektron manbaalar 6 500 nomda. Shundan, o'quv adabiyotlar 2 200 nomda, o'quv qo'llanmalar 4 300 nomda.

Hozirgi kunda ARM 3 ta kompyuter sinfiga ega (kompyuterlar soni 51 ta), 7 ta skaner, 8 ta printer, 1 ta nusxa ko'chirish apparati, musiqa markazi, 2 ta rangli televizor , 2 ta DVD,  proyektor bilan  ta'minlangan.

Institut ARM kitobxonlar uchun o'quv zalida erkin foydalanish yo'lga qo'yilgan,  professor-o'qituvchilar va talabalar o'zlariga kerak bo'lgan adabiyotlarni bemalol topishlari uchun adabiyotlar  fan yo'nalishlari bo'yicha joylashtirilgan.      

ARM kundan-kunga imkoniyatlari ortib bormoqda. 2008 yilda  ARM  to'liq rekonstruksiya qilindi. Hozirgi kunda ARM zamon talabiga, Prezident qarorlari talablariga to'liq javob beradigan maskanga aylandi.

Institutda  adabiyotlar bilan ta'minlanganlik darajasini  hamda yangi adabiyotlar bilan to'ldirish maqsadida respublika va xorijiy nashrlari bilan xamkorlik aloqalari o'rnatilgan va yangi o'quv adabiyotlarga buyurtma berilgan. Hozirgacha buyurtmalarga asosan Rossiya Federatsiyasining 11 turdagi darslik va o'quv qo'llanmalari,  15 turdagi chet el adabiyotlari  keltirildi.  2009 yilda "INTER-PRESS" axborot agentligidan 2500,0 ming so'mlik yangi kitoblar sotib olindi. Institut professor-o'qituvchilari va  hamkorlik aloqalariga asosan Respublikamizning tayanch oliy ta'lim muassasalaridan olib kelingan  jami 6500 ga yaqin elektron  darslik va qo'llanmalar, ma'ruza matnlari institut axborot-resurs markazi kompyuter sinfiga joylashtirildi.  Har yili adabiyotlar sotib olish uchun 15-20 million so'm, vaqtli matbuot nashrlari  uchun  9-10 million so'm mablag' ajratilmoqda. Bularning barchasi  axborot-resurs markazining adabiyotlar bilan ta'minlanganlik darajasini oshirishda yaqindan yordam beradi.

Axborot-resurs markazining jami shtat birligi  33 ta,  shundan 16 tasi tumanlarda.  Oliy ma'lumotli mutaxassislar  8 ta,  o'rta maxsus ma'lumotlilar 25 ta,  shundan 15 tasi maxsus ma'lumotli. ARM xodimlari har yili reja asosida malaka oshiradi. 2009-2010 yillar mobaynida 5 ta(shundan, 4 Toshkent Davlat madaniyat instituti, 1 Samarqand Davlat universiteti) xodim malaka oshirishda bo'ldi. 2011 yilda 5 ta xodimning malakasini oshirish rejalashtirildi.  

Institut ARM  Internet va ZiyoNET" axborot tarmog'iga ulangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog'ini tashkil etish to'g'risida"gi PE-191-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 28 dekabrdagi ""ZiyoNET" axborot tarmog'ini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi 282-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida institutning elektron axborot-ta'lim resurslarini yaratish, ularni o'quv jarayoniga tadbiq etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ushbu rejaga asosan institut axborot-ta'lim resursi yaratildi. Institutda yaratilgan axborot-ta'lim resurslarini institut professor-o'qituvchilarining yillik faoliyat natijalari (mehnat mahsuli), ya'ni keyingi yillarda ular tomonidan yaratilgan darslik(elektron darslik), o'quv qo'llanmalar, uslubiy ko'rsatma va qo'llanmalar, ma'ruza matnlari, monografiyalar, talabalar tomonidan tayyorlangan kurs loyiha(ish)lari, bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik siyalari va institutda nashr etilayotgan "Yoshlar ovozi" ko'p tirajli gazetasi namunasi tashkil etadi.  Institutda yaratilgan axborot-ta'lim resurslarining eng sifatlilari  "ZiyoNET" tarmog'iga joylashtirildi. "ZiyoNET" tarmog'iga joylashtirilgan axborot-ta'lim resursi 2,7 Gb tashkil etadi.

Institutga keltirilgan yangi o'quv adabiyotlaridan skaner orqali nus'ha olinib, uning elektron versiyasi ARM ma'lumotlar bazasiga joylashtirilgan, undan bir vaqtning o'zida bir necha kitobxon turli kompyuterlardan foydalanmoqda. Elektron versiyada axborotlar zamonaviy usulda multimedia va animatsiya vositalari yordamida to'laqonli yoritiladi. Elektron versiyalarni kitobxonlar xohlagan paytda undan foydalanishi yoki disketga ko'chirib olib, undan boshqa kompyuterlarda ham foydalanishi mumkin.

Institut professor-o'qituvchilar tomonidan yaratilgan o'quv adabiyotlari ham ARM topshirilgan va ularning elektron versiyalari  ARM kompyuterlariga joylashtirilgan, ulardan professor-o'qituvchilar va talabalar foydalanishi uchun imkoniyatlar yaratilgan.

Ma'lumki, elektron o'quv adabiyotlari, bilim oluvchining tasavvurini kengaytirishga, olgan bilimlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga, qo'shimcha ma'lumotlar bilan ta'minlashga mo'ljallangan bo'lib, asosan chuqurlashtirib o'tiladigan fanlar uchun yaratiladi. Ular zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma'lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interfaol usulda taqdim etish imkoniyatlariga ega bo'lgan manba hisoblanadi. Institutda shu talablarga javob beradigan  69 ta II darajali ( 9 ta fandan), 48 ta  III darajali (16 ta fandan), 30 ta  IV darajali (24 fandan) elektron darsliklar yaratilgan bo'lib, ularning barchasi institut ARM joylashtirilgan, ulardan o'quv jarayonida samarali foydalanilmoqda.

ARM "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch", "2010 yil – Barkamol avlod yili", "Yangi adabiyotlar",  "Milliy g'oya-bizning g'oya",  "Iqtisodiyot-inson hayotining asosi va poydevori",  "Ushalgan orzular",  "Navoiy-she'riyat mulkining sultoni", "Til bilgan-el biladi", "Davlat, jamiyat va din", "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir", "Salomatlik-ulug' ne'mat", "Chet el adabiyotlari", "Inson, kelajak, kompyuter", "Huquq-istiqbolimiz garovi", "Ogohlik-davr talabi", "Mustaqillik - muqaddas ne'mat", "Ayol yaratgan dunyo", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi-amalda", "Ekologiya va salomatlik", "Institut professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan adabiyotlar", "Men hayotni tanlayman" deb nomlangan ko'rgazmalar tashkil etilgan.  Bundan tashqari, kitob, ilm va bilim haqidagi hikmatli so'zlar yozib qo'yilgan, bunday ochiq ko'rgazmalar, hikmatli so'zlar kitobxonalarga kitob tanlashda,  kitoblarni targ'ib qilishga  ularning ruhiyatini ko'tarishga  yaqindan yordam beradi va o'z o'rnida talabalarga estetik  zavq bag'ishlaydi.

Bundan tashqari, ARM kitob taqdimotlari, muhim  sanalarga bag'ishlangan badiiy kechalar o'tkazib turiladi. Institut ma'muriyati  hamda ARM tomonidan o'zbek xalqining buyuk mutafakkiri, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 569 yilligi munosabati bilan "So'zda sehrsoz, nazmda fusunpardoz..."deb nomlangan ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi. "O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish asoslari" kafedrasi bilan hamkorlikda  Prezidentimiz I.A.Karimovning "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari" risolasining, "Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch" asarining taqdimoti o'tkazildi. S.M.Qodirovning "Ichki yonuv dvigatellari", "Yaqin o'tgan kunlar", "Ushalgan orzular", "Bilim qalb ziynati"  kitoblarining taqdimoti o'tkazilgan va muallif bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi.

Institutda 2010 yil 20 yanvar kuni viloyat miqyosida "Axborot-resurs markazlarining shakllanishi va rivojlanishi" mavzuidagi 2-ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazildi. ARM faoliyatini aks ettiruvchi jurnal, ilmiy-amaliy anjuman to'plami chop ettirildi. Bunday tadbirlar  bugungi kunda yoshlarni kitobga qiziqishi, hurmati, mehrini oshirish, kutubxonaga ko'proq jalb qiluvchi va ularning ma'naviyatini yuksak darajaga ko'taruvchi tadbirdir.

Zamonaviy ARM asosini yana bir narsa – elektron katalog tashkil etadi. ARM kataloglari, ARM fondini to'la yoritish, kitobxonlarning osonlik bilan kitob tanlashlariga yordam berish, kitobxonlarga turli bilimlarni singdirish, hamda ularni ma'naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Kataloglarning elektron variantini yaratish ARM xodimlari ishini osonlashtirish bilan birga, kitoblarni tezda topish va kitobxonning buyurtmasini bajarishni tezlashtiradi.

2009 yil 22-23 sentyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo'mitasi, O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Respublika axborot-kutubxona markazi, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan o'tkazilgan seminar Sammit doirasida o'tkazildi. Respublikamiz miqyosida axborot-resurs markazlari o'rtasida ikki bosqichda tashkil etilgan  "Yilning eng yaxshi axborot-resurs markazi mutaxassisi" ko'rik-tanlovida Jizzax politexnika instituti ARM axborot texnologiya bo'limi boshlig'i Sh. O'rolov xududiy bosqichda birinchi o'rinni, Respublika bosqichida esa faxrli rag'batlantiruvchi o'rinni egallab qaytdi. Bunday tadbirlarning o'tkazilishidan ham ko'rinib turibdiki, ARM zimmasida juda katta mas'uliyat yotibdi, ya'ni ARM kelgusi istiqbolini, ish samaradorligini oshirish, aholining barcha qatlamlarini ulardan foydalanishni ta'minlash, har bir talabaning bilimini kengaytirish hamda ta'lim jarayonida axborotlarni izlash va ulardan foydalanish maqsadida axborotlarning kelib turishini ta'minlash, ko'plab axborot, ma'lumotiga ega bo'lishi uchun kitobxonlarni turli axborot manbalari bilan muomala qilishga o'rgatishdir.

O'qildi: 945 | Reyting: 9.67 | Izohlar: 0


OO'Y reyting