UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Mini futbol boyicha otkazilgan Xotira turniri

2018-05-08 / 17:36

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi PF-5417-sonli Farmoni, “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 16 apreldagi PQ-3667-sonli qarori xamda Jizzax viloyat xokimining 2018 yil 18 apreldagi 278-sonli va 19 apreldagi 283-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 4 may kuni “Arxitektura va qurilish” fakultetiga qarashli “Bino va inshootlar kurilishi” kafedrasining va 135-15 B va IQ gurux talabalari

xamda gurux raxbarining tashabbusi bilan sportning Mini futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan xotira turniri 135-15 B va IQ guruxining sobiq talabasi To‘lakov Xondamir G‘aybulla o‘g‘lining xotirasiga bag‘ishlandi. Xotira turniriga marxum To‘lakov Xondamirning ota-onasi, sinfdosh o‘rtoqlari xamda yaqin qarindoshlari taklif qilindi.Tadbir institutning suniy futbol maydonida o‘tkazildi.

Tadbirda institutning ma'naviy ma'rifiy ishlari bo‘yicha prorektori N.Alimov, “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani A.Berdiqulov va marxum To‘lakov Xondamirning otasi G‘aybulla To‘lakovlar so‘zga chiqib bugungi xotira turnirini 9 may xotira va qadolash kuni arafasida tashkil qilinganligi xaqida ijobiy gaplarni aytib musobaqa tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini izxor qildilar.

Marxum To‘lakov Xondamirning xotirasiga bir daqiqa sukut saqlangach “Jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri X.Abduvaliev musobaqa nizomi bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi xamda musobaqaga start berildi. Musobaqada fakultetdan 4 ta kurs bo‘yicha jami 13 ta gurux g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Qizg‘in va shiddatli o‘tgan o‘yinlar natijasiga ko‘ra 1-2-3 o‘rin soxiblari aniqladi.

1-o‘rinni egallagan 139-15 MKQ guruxi talabalari 300 000 so‘m pul mukofoti xamda marxum To‘lakov Xondamirning oila a'zolari tomonidan qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandi.

2-o‘rinni esa 436-14 B va IQ guruxi talabalari egallashdi va 150 000 so‘m pul mukofoti xamda marxum To‘lakov Xondamirning oila a'zolari tomonidan qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandi.

3-o‘rin esa 136-15 B va IQ guruxi talabalariga nasib qildi.Ular xam 100 000 so‘m pul mukofoti xamda marxum To‘lakov Xondamirning oila a'zolari tomonidan qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida so‘zga chiqgan “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekan muovini M.Mirzabekov xamda marxum To‘lakov Xondamir otasi G‘.To‘lakovlar yana bir bor tadbir tashkilotchilari va musobaka ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirib tadbirni yopib berdi.

O'qildi: 28 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting