UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Ozbekiston yoshlar ittifoqining faol azosining targ'ibot ishlari

2018-04-24 / 18:03

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan joriy etilgan imtiyoz va imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish, ta'lim muassasalaridagi Sardorlar va va Etakchilar Kengashi faoliyatida uchrab turadigan muammova kamchiliklarni joyida bartaraf qilish maqsadida, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi tomonidan tashkil qilingan loyixaga asosan  2017-2018 o‘quv yili davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi bo‘lgan oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun ta'sis etilgan to‘lov-kontrakt pulining 35% miqdoridagi moddiy qo‘llab-quvvatlanishiga sazovor bo‘lgan Jizzax politexnika instituti talabalari   birinchi kungi  targ‘ibot rejasiga asosan joriy yilning 23 aprel kuni ittifoqning  Forish tumani Kengashiga tashrif buyurildi. Maxalliy Kengash bilan uchrashuv o‘tkazilgach Forish tuman Kengashi raisi SH.Qodirov taklifi bilan ishchi gurux a'zolari  Dilshod Rajabov va Mansur Sultanovlar tumanning 20-umumta'lim maktabiga xamda Forish iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-xunar kollejiga targ‘ibot o‘tkazish uchun borishdi.

Ilk targ‘ibotni Forish tumani Ana-Muna qishlog‘idagi 20 maktabdan boshlashdi.Targ‘ibot mobaynida maktabning etakchi va kamalak sardorlarii bilan uchrashuv, Yoshlar Ittifoqining “Jamiyat va yoshlar orasidagi o‘rni” mavzusida seminar-trening xamda Yoshlar Ittifoqining  imkoniyat va imtiyozlari xaqida davra suxbatlari o‘tkazildi.Bundan tashqari maktabda tashkil qilingan “Narxi qancha mexrni ayting” deb nomlangan tadbirda ishtirok etildi.Targ‘ibot va o‘rganish mobaynida aniqlangan xujjatlardagi kamchiliklar to‘g‘risida yo‘nalish berilishi bilan birgalikda o‘quvchilar tomonidan berilgan takliflar ma'lumot sifatida olindi.Maktabda o‘quv xonalari etishmasligi sababli  yoshlar ittifoqi uchun  xona ajratilmagan.

Kunning ikkinchi yarimida targ‘ibot va etakchilar faoliyatini o‘rganish maqsadida Forish iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-xunar kollejiga tashrif buyurildi.Kasb-xunar kollejida  Yoshlar ittifoqi etakchisining olib borayotgan ishlari  va tashkil qilingan to‘garaklari xamda talabalarning ijod namunalari ko‘zdan kechirildi.

Ishchi gurux o‘zining rejasiga asosan  24 aprel kuni ittifoqning  Zafarobod tumani Kengashiga tashrif buyurildi.Maxalliy Kengash bilaan uchrashuv o‘tkazilgach Zafarobod tuman Kengashi raisi Sh.Eshatov tavsiyasi bilan ishchi gurux a'zosi Mansur  Sultanov tumanning Nurafshon shaxarchasidagi 5-sonli  va 8-sonli  umumta'lim maktablariga targ‘ibot o‘tkazish xamda etakchining faoliyatini o‘rganish maqsadida yuborildi.

Ilk targ‘ibotni Zafarobod tumanining 5 umumta'lim maktabdian boshladi.Targ‘ibot mobaynida maktabning etakchi va kamalak sardorlarii bilan uchrashuv, Yoshlar Ittifoqining “Jamiyat va yoshlar orasidagi o‘rni” mavzusida seminar-trening xamda  YOshlar Ittifoqining  imkoniyat va imtiyozlari xaqida davra suxbatlari o‘tkazildi.Targ‘ibot va o‘rganish mobaynida aniqlangan xujjatlardagi kamchiliklar to‘g‘risida yo‘nalish berilishi bilan birgalikda o‘quvchilar tomonidan berilgan takliflar ma'lumot sifatida olindi.SHundan so‘ng 8-sonli  umumta'lim maktabiga targ‘ibot o‘tkazish xamda etakchining faoliyatini o‘rganish uchun borildi vao‘rganish natijasida, maktab etakchisining ishlari va maktabda tashkil qilingan to‘garaklarni tumandagi boshqa ta'lim muassasalariga o‘rnak qilib ko‘rsatish mumkinligi ma'lum bo‘ldi.

Jizzax politexnika institutining
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi
Mansur Sultanov

O'qildi: 133 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram