UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Talim sifatini nazorat qilish bolimining hisoboti tezisi

2018-04-21 / 08:57

Jizzax politexnika instituti  ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limining 2018 yil I - chorak ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hisoboti tezisi

Jizzax politexnika instituti ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi JizPI rektorining 2017 yil 28 dekabrdagi 359-SHT sonli buyrug‘i bilan tashkil etildi. Institut Kengashining 30 dekabrdagi yig‘ilishida e'lon qilindi va Jizzax politexnika instituti tuzilmasi tarkibiga kiritildi.

Jizzax politexnika instituti veb-saytida bo‘limning maxsus veb-sahifasi ochildi. Veb-sahifaning manzili http://djizpi.uz/nodes.php?id=54 Unda bo‘limning asosiy maqsadi, faoliyati, huquqlari, funksional vazifalari  yoritib berildi.

Jizzax politexnika institutida talabalar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, kadrlar istemolchilarining ta'lim  jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan fikr va takliflarini o‘rganib borish maqsadida maxsus “Ta'lim sifati” rukni ochildi. Rukn manzili: http://djizpi.uz/item.php?id=734

Bildirilgan fikr-mulohazalar tahlilini olib borish va tegishli takliflarni o‘rnatilgan tartibda Jizzax politexnika instituti rahbariyatiga mart oyi yakuni bo‘yicha kiritildi

Bo‘lim faoliyati uchun zarur bo‘lgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar nomenklaturasi shakllantirildi, va 43 ta hujjatlardan iborat elektron baza yaratildi, ular asosida ish yuritilishi tashkil etilmoqda.

JizPI va uning tarkibiy tuzilmalari (fakultetlar, kafedralar va tegishli bo‘limlarning) ish rejalarini tahliliy o‘rganish va ularning mazmunidan kelib chiqib, tegishli tarkibiy tuzilmalarga ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan masalalarni kiritish bo‘yicha takliflar berish bo‘yicha savolnoma asosida baholash mezoni ishlab chiqildi va 5 fevraldan boshlab o‘rganish tashkil etildi.

O‘rganish natijalari asosida tegishli tarkibiy tuzilmalarning ish rejalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bo‘lim tomonidan ish rejalarining bajarilishi nazorat qilinmoqda.

Ta'lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazishga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlarni ichki ekspertlarni jalb qilgan holda chuqur o‘rganilmoqda. Bugungi kun talablardan kelib chiqqan holda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlanmoqda va o‘rnatilgan tartibda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish rejalashtirilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Respublika OTM reytingini tuzish va uni baholash bo‘yicha reyting indikatoriga  taklif va mulohazalar tayyorlandi va ular o‘rnatilgan tartibda taqdim etildi (2.02.2018 yil 03-134-133 xat).

O‘quv jarayonining DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlarining o‘quv bo‘limi, dekanat, kafedralar kesimida mavjudligi 16-25 fevral oralig‘ida o‘rganildi.

Hujjatlar asosida ta'lim jarayonining tashkil qilinganligi, ularning o‘zaro mantiqiy mosligi, fan dasturlarida fanning maqsad va vazifalarini aniq yoritilganligi, mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalar, metodlar va usullarning mavzularga hamda talabalarning ehtiyojlariga mosligi tahlil qilindi.

Mashg‘ulotlar jarayonida pedagogik texnologiyalar, metodlar va usullarning qo‘llanilayotganligi mart oyida baholandi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha yig‘ilgan materialar qayta ishlandi, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Barcha kafedralar kesimida professor-o‘qituvchilar shaxsiy ish rejalarining yarim o‘quv yili yakunlari bo‘yicha bajarilish holati 16-25 fevral oralig‘ida tahliliy o‘rganildi, natijalari bo‘yicha ma'lumotlar qayta ishlandi va mart oyining birinchi o‘n kunligi yakuni bo‘yicha JizPI rektoriga taqdim etildi (Belgilangan jadval asosida).

Amaldagi “Vaqt me'yorlari” hujjati tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda o‘rganildi, takliflar tayyorlandi va o‘rnatilgan tartibda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish uchun tayyor holga keltirildi.

Berilgan ilova jadval asosida har bir kafedra kesimida ta'lim jarayoni moddiy-texnik bazasining holati (amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan maxsus o‘quv xonalari va ulardagi jihozlarning mavjudligi, zamonaviyligi, yaroqlilik muddati, zarur moddiy ashyolar bilan ta'minlanganligi va h.k.) o‘rganildi, mavjud holat tahlil qilindi va tegishli takliflar berildi.

Berilgan ilova jadval asosida JizPI ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejasidagi fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta'minlanganlik holati (jumladan tillar kesimida) 24-27 mart oralig‘ida ARM fondida mavjudligi o‘rganildi.

Mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida JizPIda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini bosqichma-bosqich tayyorlash bo‘yicha reja ishlab chiqilishi muvofiqlashtirildi, uning ijrosi nazoratga olindi.

Berilgan ilova jadval asosida barcha kafedralar kesimida har bir professor-o‘qituvchinig ilmiy salohiyati holati 16-25 fevral oralig‘ida tahliliy o‘rganildi, JizPI bo‘yicha ma'lumotlar bazasi tayyorlandi, tegishli takliflar tayyorlanib mart oyining birinchi o‘n kunligi yakuni bo‘yicha JizPI rektoriga taqdim etildi.

Tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda 10 nafardan iborat ishchi guruh tuzildi va uning ish grafigi TSNQ bo‘limi mudiri tomonidan ishlab chiqilib, o‘quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlandi va, JizPI rektori tasdiqlagan reja asosida professor-o‘qituvchilar dars mashg‘ulotlarining o‘tkazilish holati o‘rganildi, ularning sifati va samarasiga e'tibor qaratildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlandi, JizPI rektoriga taqdim etildi.

Barcha kafedralar kesimida 16-25 fevral oralig‘ida talabalar mustaqil ta'limini tashkil etishga oid sharoitlar (uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalarning mavjudligi, o‘quv-laboratoriya xonalarining zarur jihozlar bilan ta'minlanganligi, ulardan talabalarning foydalanishi uchun imkoniyatlarning yaratilganligi tahliliy o‘rganildi. Tegishli takliflar tayyorlandi, ular JizPI rektoriga taqdim etildi. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi nazoratga olindi.

16-28 fevral oralig‘ida ARMdagi talabalar mustaqil ta'limini tashkil etishga oid sharoitlar, uning ish rejimi, kompyuter texnikalari va ularning internetga ulanganligi, ishlash tezligi, Wi-Fi zonalarining mavjudligi, o‘rganildi. Tegishli takliflar tayyorlandi, ular JizPI rektoriga taqdim etildi. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi nazoratga olindi.

16-28 fevral oralig‘ida TTJlarda kutubxonalarning mavjudligi, ularda yaratilgan sharoitlar va b.)ning yaratilganlik holatlari o‘rganildi. Tegishli takliflar tayyorlandi, ular JizPI rektoriga taqdim etilan. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi nazoratga olindi.

Dekanatlar kesimida talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari kuzgi semestr yakuni bo‘yicha solishtirma jadvallar, sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilindi, takliflar tayyorlandi va JizPI rektoriga taqdim etildi.

Jizzax politexnika instituti 2017-2018 o‘quv yili kuzgi semestri birinchi tur natijalari va kuzgi semestr yakunlari bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida umumlashgan ma'lumotlar  (fakultetlar kesimida va institut bo‘yicha) TSNQ davlat inspeksiyasiga taqdim qilindi.

Mart oyining uchinchi o‘n kunligida BMI va MD mavzularining ishlab chiqarishdagi (kadrlar iste'molchilari) dolzarb muammolardan kelib chiqib shakllantirilganligi hamda mavzulardagi takrorlanishlarning mavjudligi nuqtai nazardan o‘rganildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlandi va JizPI rektoriga taqdim etildi. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi nazoratga olindi.

Jizax politexnika instituti kadrlari iste'molchilarining  fikr-mulohazalari mart oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘rganildi (asosiy ish beruvchilar kesimida, so‘rovnomalar shaklida).

Kadrlar iste'molchilarining  fikr-mulohazalari Jizzax Politexnika institutini tomomlab  Jizzax viloyati xududida joylashgan 14 ta ish beruvchi tashkilotlarda ishlayotgan 34 nafar talaba kesimida, so‘rovnoma  shaklida o‘rganildi va quyidagi natijalar olindi a'lo 8 %, yaxshi 87 %, qoniqarli 5%, yomon 0 %. Olingan natijalar tahlil filindi, tegishli takliflar tayyorlandi va institut rektoriga taqdim qilindi.

Barcha kafedralar kesimida 1-4 fevral oralig‘ida professor-o‘qituvchilar va talabalarning chet tili(lari)ni o‘rganishlari uchun qo‘shimcha kurslarning tashkil etilganligi o‘rganildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlandi va JizPI rektoriga taqdim etildi.

28 fevral- 20 mart oralig‘ida chet tili o‘qituvchilarning til bilishi darajasi - talabalarning bilim darajasi (so‘rovnoma asosida) asosida o‘rganildi. Ntaijalar institut rektoriga taqdim etildi.

Mart oyi davomida tegishli ekspertlarni (tilni biladigan) jalb qilgan holda mutaxassislik fanlarining chet tilida o‘qitilishi holati va uning JizPI bo‘yicha salmog‘i va sifati o‘rganildi. Mutaxassislik fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchi-mutaxassislarni qo‘llab-quvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi va ular JizPI rektoriga taqdim etildi.

JizPIda ichki attestatsiyani o‘tkazish jadvali mart oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazish jadvali ishlab chiqildi, JizPI kengashidi tasdiqlandi, barcha tarkibiy tuzilmalar e'tiboriga etkazildi. Ichki attestatsiyaga tayyorgarlik ishlari muvofiqlashtirildi. Ichki attestatsiya natijalari TSNQ davlat inspeksiyasining 10-16 mart kunlari o‘tkazilgan attestatsiyasi jarayonlari bilan muvofiqlashtirildi va zarur ma'lumotlar attestatsiya komissiyasiga taqdim etildi. Ichki attestatsiya natijalari TSNQ davlat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan attestatsiya natijalari bilan qiyosiy tahlil qilindi va tegishli takliflar, chora-tadbirlar belgilanib institut rektoriga taqdim etildi.

Davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan talablar asosida tarkibiy tuzilmalardan JizPI ichki attestatsiyasiga oid ma'lumotlarning olinishi tashkil etildi va Bo‘limda ularning bazasi tashkil qilindi. Mazkur bazadan ichki attestatsiyani o‘tkazish jarayonida foydalanildi.

JizPIda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar holati tegishli bo‘lim, fakultetlar va kafedralar kesimida o‘rganildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlandi va ular JizPI rektoriga taqdim etildi. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi nazoratga olindi.

TSNQ bo‘limning II chorak (aprel-may) bo‘yicha ish rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. “pdf” formatga o‘grildi va TSNQ davlat inspeksiyasiga taqdim etildi.

TSNQ bo‘limning 2018 yil birinchi chorakda amalga oshirgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorlandi va JizPI rektori hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etildi.

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i
Usmanov

O'qildi: 48 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting