Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari bilan xorijiy davlatlar oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida xamkorlikni tashkil etish maqsadida 2018 yil 2 aprel kuni “Erusti transport tizimlari” va “Logistika va servis” kafedralari, hamda O‘zbekiston Fransiya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Peugeot-Citroen” avtomobil zavodi delegatsiyasi bilan hamkorlikda davra suxbati bo'lib o'tdi.
Ushbu davra suxbatida O‘zbekiston Fransiya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Peugeot-Citroen” avtomobil zavodi delegatsiyasi vakillari kadrlar bo‘limi boshlig‘i Abdukarimjanova Karina, ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nazarov Baxtiyor, ishlab chiqarish bo‘yicha kadrlarga ma'sul To‘xtasinov Jaxongir, kadrlar bo‘yicha direktor yordamchisi Botirov Sharifjon, institutdan kafidra mudirlari dots.O.Adilov, F.Isroilov, kafedra o‘qituvchilari, 40 nafar EUTT yo‘nalishi bo‘yicha 2014/15, 2015/16, 2016/17 o‘quv yillari bitiruvchilari va 50 nafar 2017/18 o‘quv yili bitiruvchilari qatnashishdi.
Davra suxbatida kafedra mudiri dots.O.Adilov so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora – tadbirlari” to‘g‘risida 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151 – sonli qarori ijrosini bajarish maqsadida kafedraning o‘quv –uslubiy, ilmiy salohiyatidan va kafedrada amalga oshirilayotgan xalqaro loiyha doirasidan kelib chiqib, xorijiy davlatlar oliy ta'lim muassasalari bilan xamkorlikni tashkil etishni yo‘lga qo‘yish lozimlagini aytib o‘tdi va O‘zbekiston Fransiya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Peugeot-Citroen” avtomobil zavodi delegatsiyasi vakillari kadrlar bo‘limi boshlig‘i Abdukarimjanova Karina, ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nazarov Baxtiyor, ishlab chiqarish bo‘yicha kadrlarga ma'sul To‘xtasinov Jaxongir, kadrlar bo‘yicha direktor yordamchisi Botirov Sharifjonlarni yig‘ilganlarga tanishtirdi.
“Peugeot-Citroen” avtomobil zavodining ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nazarov Baxtiyor so‘zga chiqib semenar qatnashchilarini PQ-3151 – sonli qarori ijrosini bajarish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ma'lumot berdi, shu maqsadda Respublikamizga O‘zbekiston Fransiya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Peugeot-Citroen” avtomobil zavodi institutni bitirgan bakalavr va magistratura talabalarining ishlab chiqarishga talabgorlar bo‘lsa, ma'lum muddatga chet tilarini, kompyuter dasturlarini bilishlari talab qilinishi to‘g‘risida ma'lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, oliy ta'lim muassasidagi professor – o‘qituvchilarni ham ishlab chiqarish jarayonidi ishlashga xoxishi bo‘lsa suxbatdan o‘tishlari mumkinligini takidlab o‘tdi.
Tashkil etilgan suxbatdan sobiq bitiruvchilarimizdan 25 nafari, 2017/2018 o‘quv yilida bitiruvchilarimizdan 12 nafar bakalavr, bitiruvchi magistrantlardan 6 nafari va professor – o‘qituvchilardan 4 nafarini qo‘yilgan talablariga mos kelishilarini, ular bilan aloqada bo‘lib ishlab chiqarishga jalb etishlari va chet elda malaka oshirish uchun yuborishlari to‘g‘risida ma'lumot berishlari haqida aytib o‘tdi.
Kafedra mudiri:
dots.O.Adilov