UZ | RU | EN    

1 2
 
«Aprel 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Iqtidorli talabalar bilan ochiq muloqot

2018-03-16 / 19:30

Talabalarning ishlamasdan pul topish imkoni bormi savoliga institutning iqtidorli talabalaridan 330-16 guruh talabasi Xoshimova SHaxlo, 105-15 guruh talabasi Abdumurodov Muhriddin, 202-16 KT (I va AT) guruh talabasi Maxkamov SHuxruxlar  talabalarning ishlamasdan pul topish imkoni borligini, internet orqali va institutdagi bor imkonyatlardan to‘liq foydalanishni aytib o‘tdi. Talaba moddiy tomondan o‘zini ta'minlay oladimi? Davlat korxonalari va xususiy korxonalarda ishlab pul topishning jismoniy va aqliy mehnat vaqtida bo‘sh vaqtning bo‘lmasligi, darslarni qoldirishga, stipendiyasini kamayishiga olib kelishi haqida talabalarga ko‘plab misollar keltirdilar. Shuni xisobga olib moddiy tomondan ta'minlanganligi, dam olish uchun vaqt bo‘lishi, darslarga o‘z vaqtida qatnashishi imkonini beradi. Talabalar oldidagi imkoniyatlardan foydalangan holda Nomli Davlat stipendiyalar, Davlat grandlari, tanlovlar, loyixalar, xo‘jalik shartnomalari haqida ma'lumotlar berib o‘tdi. SHu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi, Nomli Davlat stipendiyalari ya'ni texnika yunalishi bo‘yicha  “Beruniy” va O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti  “I.Karimov” nomli stipendiyasining ta'sis etilganligi va institutimiz talabalaridan Nurxonov Nurkomil sazovor bo‘lganligini keltirib o‘tishimiz joizdir.

Imtiyozlar:

Nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng bir yil mobaynida, tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtixonlarsiz, grant asosida qabul qilinadilar.

Nomli Davlat stipendialariga sazovor bo‘lgan talabalar o‘qishni tugatganlaridan so‘ng bir yil mobaynida magistraturada  o‘qishni davom ettirish uchun xorijga yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritilishda ustunlikka ega bo‘lish huquqini saqlab qoladilar.

Kerakli xujjatlar

- Oliy ta'lim muassasalari Ilmiy Kengashi yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma;
- dakanat va kafedra tavsiyanomasi;
- reyting daftartarchasi ko‘chirmasi (ko‘chirma dekanat yoki OTMning orginal muhri bilan tasdiqlanishi lozim);
- birnchi bosqichda “O‘zbekiston tarixi”, “Informatika va axorot texnologiyalari”, “CHet tili” fanlaridan o‘tkazilgan sinov natijalari qaydnomasi;
- ilmiy (ijodiy) ishlar ro‘yxati;
- ilmiy (ijodiy) ishlarning annotatsiyasi;
- ilmiy (ijodiy) ishlarning bosma nusxalari;
ilmiy (ijodiy) bo‘yicha ish rahbar va kafedraning fikr-mulohazasi;

    1. pasport nusxasi.
    2. Nomizodning bakalavriat va magistraturaga kirish test sinovlarida to‘plagan bali;
    3. Tarjimai holi;
    4. 10x15 sm o‘lchamdagi rangli fotosurat.
    5. Qayd etilgan xujjatlar yig‘ma jildga ro‘yxatda keltirilgan ketma-ketlikda joylanadi. Yig‘ma jild muqovasida tavsiyanoma bergan vazirlik (idora), ishni taqdim qilgan oliy ta'lim muassasi, Davlat stipendiyasi nomi, nomzodning ism-sharifi, ta'lim sohasi, ta'lim yo‘nalshi (mutaxassisligi) shifri va nomi, kurs va guruhi ko‘rsatiladi.

“Yoshlar ittifoqi” ta'lim granti talabalarning ijtimoiy ahvoli, jamoatchilik  ishlarida ishtirokidan kelib chiqib, bir yillik o‘qishi uchun hisoblangan (tasdiqlangan) kontrakt-to‘lovining  50 foizigacha miqdorda belgilanadi.

Tanlov ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Tanlov anketasi; fuqarolik pasporti nusxasi; o‘qiyotgani to‘g‘risida oliy ta'lim muassasasidan ma'lumotnoma; o‘quv yilining  ikkinchi yarmi uchun kontrakt-to‘lovini to‘lamagani to‘g‘risida oliy ta'lim muassasasidan ma'lumotnoma; reyting daftarchasidan ko‘chirma (talabaning o‘tgan o‘quv yilidagi o‘rtacha o‘zlashtirish foizda hisoblangan va dekan tomonidan tasdiqlangan holda); o‘tgan o‘quv yilida olib borgan jamoatchilik faoliyati to‘g‘risida Xarakatning boshlang‘ich tashkilot etakchisi va hududiy kengashi tomonidan tasdiqlangan ma'lumotnoma;  diplom, faxriy yorliqlar va hokazo.

“Yangi asrning iste'dodlari-2017” Respublika ko‘rik - tanlovining asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, mustaqil fikirlaydigan, o‘zi tanlagan ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lgan, muxandislik loyiha va ishlanmalar, zamonaviy qurilish texnologiyalarini yaratishga qodir va yuksak ma'naviyatga ega bo‘lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash, milliy san'atimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan boy madaniy merosi, bugungi salohiyati, yosh ijodkorlarni tarbiyalashda badiiy madaniyat, badiiy fikirlash tafakkurni yuksaltirish, shu bilan birga “Ustoz-shogird” a'anasini keng miqyosida rivojlantirish orqali yosh ijodkorlarni ijodiy bilimini kengaytirish hamda ijodiy faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirishdan iborat.

Jumladan: Ko‘rik –tanlovni o‘tkazish tartibi

“Yangi asrning iste'dodlari-2017” respublika ko‘rik-tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

-“Eng yaxshi rangtasvir asari”
-“Eng yaxshi grafika va haykaltaroshlik asari”
-“Eng yaxshi amaliy san'ati ustasi” (naqqoshlik, kulolchilik, yog‘och, o‘ymakorligi, kandakorlik, miniatyura san'ati)
-“Eng yaxshi arxitekturaviy loyixa”
-“Eng yaxshi arxitekturaviy maket”
-“Eng yaxshi dizayn (interer, landshaft) loyiha va maket”
-“Eng yaxshi muxandislik loyiha va ishlanmalar”
-“Eng yaxshi qurilish materiallari va texnologiyalari”
-“Eng yaxshi bines loiyha”

Kerakli xujjatlar

“Yangi asrning iste'dodlari-2017”  respublika ko‘rik – tanlovida quyidagicha ishtirok etadi:

1. Ishtirok etuvchilar o‘zining tayyorlangan ishi bilan birga ro‘yixatdan o‘tishi lozim.
2. Har bir ishtirokchi so‘rovnomani to‘ldirishi shart.
3. Tanlovga qo‘yiladigan ishlar komissiya tekshiruvidan so‘ng ariza asosida ko‘rik-tanlov hay'atiga topshiriladi.
4. Ko‘rik – tanlov ishtirokchilarining ishlari ro‘yxatidan o‘tib yig‘ilgandan keyin ishtirok etish huquqiga ega.
5. “YAngi asrning iste'dodlari-2017”  respublika ko‘rik – tanlovi may oyida belgilangan joyda bo‘lib o‘tadi.
6. Ishtirokchi belgilangan vaqtda tanlovda bo‘lishi shart.
7. Tanlovda ishtirokchilarning ishlari bo‘yicha g‘oliblar saralash bosqichidan so‘ng hay'at a'zolari tomonidan aniqlanadi.

     

Yoshlarning “Innovatsion g‘oyalar” respublika ko‘rik tanlovi

Yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab quvvatlash, ularda ijodiy tafakukur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirishdan iboratdir

Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

-Energetika, energiya va resurs tejamkorligi, muqobil energiya manbalarini yaratish va rivojlantirish;
-Axborot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish;
-Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muxit muxofazasi;
-kimyo texnologiyasi, oziq-ovqat sanoati, neft va gaz kimyosi;
-tibbiyot va farmakologiya;
-Mexanika, mashinasozlik va materialshunoslik paxta tozalash, to‘qimachilik, matbaa va engil sanoat, arxitektura va qurilish.

Kerakli xujjatlar

- muassasa raxbarining yo‘llanma xati;
- muassasa ilmiy kengashining yig‘ilish bayonnomasidan ko‘chirma;
- tanlov ishtirokchisi haqida tavsiyanoma;
-ma'lumotnoma (ob'ektivka (o‘zbek va rus tillarda);
-ishlanmaning qisqacha tasnifi (o‘zbek va rus tillarda); 

“Ta'lim granti” va  “Kasaba uyushmalari stipendiyasi”

“Ta'lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy talim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarida to‘lov – shartnoma asosida tahsil olayotgan chin etim, Mehribonlik uyida tarbiyalangan va ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan, kam ta'minlangan oilalardagi iqtidorli talabalarning harakati, bilimi va intilishini moddiy-ma'naviy rag‘batlantirishning tashkiliy masalalarini belgilaydi.

Kerakli xujjatlar

- “Ta'lim granti” va  “Kasaba uyushmalari stipendiyasi” loyihalari ishtirokchilar xujjatlarini oliy ta'lim muassasalari Ishchi guruhlari tomonidan qabul qilinadi
Ishtirokchi ishchi guruhga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- Ariza;
- Ishtirokchi anketasi;
- Fuqarolik pasporti va tug‘ulganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxalari;
- Talabaligi to‘g‘risida oliy ta'lim muassasasidan ma'lumotnoma;
- Talabaning hulq-atvori va oliy ta'lim muassasining ichki tartib-qoidalariga rioya etishi to‘g‘risida dekanatdan tavsiyanoma;
- Chin etim talaba ota-onasining vafot etganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxalari;
- Ota-onasi ota-onalik xuquqidan mahrum etilgan talaba sud qarori nusxasi;
- Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan talaba Mehribonlik uyidan o‘rnatilgan tartibdagi ma'lumotnoma;
-Kam ta'minlangan oiladagi  iqtidorli talaba doimiy yashash joyidan mahalla fuqarolar yig‘inidan o‘rnatilgan  tartibdagi ma'lumotnoma;
Erishgan yutuqlari, jamoat ishlarida faolligi haqida qo‘shimcha xujjatlar (diplom, sertifikat, faxriy yorliq va x.k.).

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti

O‘zbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida a'lo hulqi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlarilari, ijtimoiy faolligi bilan aloxida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lida astoidil mehnat qilayotgan 14 yoshdan 30 yoshdan oshmagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafar talabgorga berish belgilangan. 

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste'dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli  yoshlar, xususan, fan-olimpiadalarida yuqori o‘rinlarni egallagan, halqaro va respublika miqyosidagi tanlovlar va musobaqalarning g‘oliblarini taqdirlash belgilangan.

“O‘zbekiston Belgisi” ko‘krak nishoni uchun quyidagi xujjatlar kerak bo‘ladi: Obektivka, Annotatsiya; Tavsifiy-tavsiyanoma; tarjimaiy xol; fuqaroni pasport nusxasi 2dona (3x4 xajmdagi) rasm; ishtirokchining iqtidori va faolligini ko‘rsatuvchi hujjatlar (faxriy yorliq, diplom, sertifikat va boshqa) ilmiy va ommabop maqolalari nusxasi.

O'qildi: 72 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting