UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyul 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Karera kuni mehnat yarmarkasi institut bitiruvchilari uchun ayni muddao boldi

2018-03-13 / 18:53

Mamlakatimizda yoshlarga zamon talablari darajasida ta'lim berish barobarida ularni kelgusida munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlashga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 13 mart kuni Jizzax politexnika institutida o‘tkazilgan "Karera kuni" mehnat yarmarkasi ana shu ezgu maqsadga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Jizzax viloyat hokimligi va Jizzax politexnika instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 60 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasa o‘zida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

"Karera kuni" mehnat yarmarkasining ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimligi yoshlar siyosati bo‘yicha kotibiyat mudiri Aziz Egamberdiev uyushtirilayotgan tadbirning maqsad va mohiyati bitiruvchi talabalarning kelajakdagi hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.

Qayd etish kerak, hozirgi kunda ushbu institut sanoat, qurilish, transport sub'ektlariga malakali mutaxassislarni etkazib beruvchi ta'lim maskanlaridan biri sanaladi. Ta'lim dargohini joriy 2017-2018 o‘quv yilida 17 ta ta'lim yo‘nalishi hamda 4 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 1177 nafar bitiruvchi tamomlaydi.

"Karera kuni" mehnat yarmarkasida Jizzax viloyat Bandlik bosh boshqarmasi va tumanlardagi Bandlikka ko‘maklashish markazlari, Markaziy bank Jizzax viloyat bosh boshqarmasi hamda viloyat tijorat banklari, Jizzax viloyat Tabiatni muxofaza kilish kumitasi, "Jizzax" Erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi hamda uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar, Viloyat raqobat boshqarmasi, Jizzax viloyat xokimligi yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi, Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi, “O‘zstandart” agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi, O‘zagrosugurta SK AJ, Markazgaz ta'minot Jizzax viloyat gazlashtirish boshkarmasi, Davlat Arxitektura kurilishi nazorati departamenti, Viloyat Arxitektura qurilish boshqarmasi, Jizzax viloyat transport nazorat departamenti, Viloyat sanitariya, epidemologiya nazorat markazi, Jizzax Akkumlyator zavodi OAJ, Jizzax paxtasanoat MCHJ hududiy filiali, Jizzax Don maxsulotlari OAJ, Do‘stlik don maxsulotlari OAJ, Jizzax avtotrans servis MCHJ, Jizzax “Avtosanoat” birlashmasi, Jizzax mintakaviy paxta terminali, Jizzax Suvokova DUK, Agrokimyo stansiyasi, Qishloq qurilish invest MCHJ, Sirdaryo-Zarafshon ITXB, Irrigatsiya invest MCHJ va boshqa bir qator korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari hamda bitiruvchilarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun ajratilayotgan imtiyozli bank kreditlari to‘g‘risidagi ma'lumotlari bilan ishtirok etdilar.

Yarmarka doirasida ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishga joylashishga qo‘yiladigan malakaviy talablar hamda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida bitiruvchilarga atroflicha ma'lumot berdilar.

Tadbirdan lavhalar

O'qildi: 161 | Reyting: 9.75 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram