UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyul 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

BUYUK AJDODLARIMIZGA YUKSAK EXTIROM

2018-02-21 / 20:55

2018 yilning 21 - fevral kuni O'zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax politexnika instituti Boshlang'ich Tashkiloti Kengash a'zolari, fakultet yetakchilari, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan Oliy ta'lim muassasalarida to'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqining faol a'zolari bo'lgan moddiy qo'llab-quvvatlanishga da'vogar talabalar  tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyida “BUYUK AJDODLARIMIZGA YUKSAK EXTIROM” mavzusida katta tadbir o'tkazdilar. Bu kecha She'riyat sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 557 yilligi hamda shox va shoir, Temuriyzoda Zaxiriddin Muxammad Bobur tug'ilgan kunining 535 yilligi munosabati bilan bo'lib o'tdi.

O'zbek va turkiy xalqlarining shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi va g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga moddiy qo'llab-quvvatlanishga da'vogar talabalar tomonidan tadbirda institut  talabalar turar joyida turadigan talabalar va institut professor-o'qituvchilari uchun o'zlari yod olgan Navoiy g'azallaridan parchalar aytishib kechani ko'tarinki ruhda o'tishini taminladilar. Buyuk siymolarimiz haqida  Jizzax politexnika instituti O'zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang'inch Tashkiloti yetakchisi M.Tojiboyev o'z ma'ruzasi bilan qatnashdi. Tadbir davomida O'zbekiston Yoshlar Ittifoqining faol a'zolari bo'lgan moddiy qo'llab-quvvatlanishga da'vogar talabalar Temuriyzoda Zaxiriddin Muxammad Bobur tug'ilgan kunining 535 yilligiga tayyorlab kelgan badiiy chiqishlarini talabalar turar joyida turadigan talabalar va institut professor-o'qituvchilarga namoyish etishdilar. 

Tadbir yakunida Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyidagi talabalar nomidan O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan Oliy ta'lim muassasalarida to'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqining faol a'zolari bo'lgan moddiy qo'llab-quvvatlanishga da'vogar talabalarga kechani a'lo darajada tashkil etganliklari uchun  O'zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang'inch Tashkilot talabalar turar joyidagi yetakchisi o'z minnatdorchiligini aytib o'tdi.

O'qildi: 132 | Reyting: 5.5 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram