UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyul 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

OITS-Aslida, insoniyatga xavf solayotgan xavf dardi-bedavo kasallik

2018-02-19 / 16:32

“Arxitektura va qurilish” va “Avtotransport” fakultetlarining 2017/2018 o‘quv yili fevral oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida, institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018yil 25yanvardagi “O‘zbekiston Resbublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3493-sonli qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 27 yanvardagi 79-sonli buyrug‘i hamda Jizzax politexnika instituti rektorining 2018 yil 31 yanvardagi №58 A/F-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida, Jizzax politexnika instituti majlislar zalida, institutda talabalar o‘rtasida immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV, OITS) tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan viloyat OITSga qarshi kurash markazi bilan hamkorlikda, “OITS-Aslida, insoniyatga xavf solayotgan xavf dardi-bedavo kasallik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbati Jizzax viloyat OITSga qarshi kurash markazidan etakchi mutaxassisi Nizom Jamolov, Jizzax viloyat narkologiya dispanseri vrachi Adham Ropijonov, Jizzax shaxar ko‘p tarmoqli  markaziy poliknika mutaxassis shifokorlar, institutning ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi, “Avtotransport” fakulteti dekani N.I.Saidaxmedova, “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani A.M.Berdiqulov, fakultetning ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, kafedra mudirlar, fakultetning professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Mutaxassislar tomonidan quyidagi ma'lumotlar yig‘ilganlarga misollar tariqasida kelitirib o‘tildi.

OIV/OITS BU NIMA?

OIV (VICH) – Odam organizmidagi Immunitet Tanqisligini keltirib chiqaruvchi Virus. Asosan odamning immunitet (himoya) tizimiga ta'sir qiladi.

OITS (SPID) – Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi. U OIV infeksiyasining yakuniy bosqichi hisoblanadi. OIV-infeksiyasida odam organizmiga tushgan virus ta'siriga immunitet tizimi ma'lum darajada javob qaytaradi. Kasallik alomatlari deyarli bo‘lmaydi. Uni faqat laboratoriya tekshirishlari ko‘rsatadi. ARVT qabul qilmagan holatlarda organizmda kasallikning avj olish davri tezlashadi. Virus miqdori oshib, immun tizim sustlashib ikkilamchi kasalliklar rivojlanishi mumkin.

SHu vaqtdan OITS davri boshlangan hisoblanadi. Bu davr uchun xos bo‘lgan alomatlar yo‘q. Zeroki, bu davrda organizmda duch kelgan mikrob kasallik qo‘zg‘atishi mumkin. SHuning uchun bu davr tuzalishi qiyin bo‘lgan turli-tuman kasallik alomatlari bilan namoyon bo‘ladi. Infeksiya yuqqan dastlabki davrlarda odam o‘zini sog‘lom his etishi mumkin. Bunday holat hech qanday alomatlarsiz 8-10 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Bu davrda odam sog‘lomdek ko‘rinsa ham, o‘zi bilmagan holda, kasallik virusini boshqalarga yuqtirish xavfi yuqori. 

Kasallik qaysi yo‘llar bilan yuqadi?

Virus infeksiya yuqqan odamning qonida, erkaklarning shahvatida, ayollarning jinsiy a'zolari ajratmalarida va ko‘krak sutida bo‘ladi. SHuning uchun virus asosan 3 xil yo‘l bilan yuqadi:

1. Qon orqali (parenteral yo‘l)

2. Jinsiy aloqa orqali

3. Kasallik yuqtirgan onadan homilaga vertikal yo‘l bilan homiladorlik davrida (jarohatlangan yo‘ldosh orqali) homilaga, tug‘ruq  jarayonida (tug‘ruq yo‘lida ona qoni orqali) va ona suti orqali chaqaloqqa yuqishi mumkin.

Qaysi hollarda OIV yuqmaydi?

Qo‘l berib ko‘rishganda,quchoqlashganda;

Yo‘talganda, aksa urganda;

Umumiy telefondan foydalanganda;

Hashorotlar chaqqanda;

Basseyn, hammom,  hojatxonadan umumiy foydalanilganda;

Umumiy idish-tovoqdan;

Kiyim kechak va ko‘rpa - to‘shak orqali. Bunga o‘xshash misollar bilan yig‘ilganlarga ma'lumotlar berishdilar.   

Davra suhbati so‘ngida OITS oid “OITS-ASR VABOSI” nomli xujjatli film namoyishi bo‘lib o‘tdi, talaba yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.      

“Arxitektura va qurilish”fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
Irgashev X.N.

“Avtotransport”fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
Mamadiev A.M.

O'qildi: 133 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram