UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyul 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Konstitutsiya-erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir

2018-02-17 / 19:12

“Arxitektura va qurilish” , “Avtotransport”, “Servis”, “Sanoat texnologiyalari”, va Elektromexanika va radioelektronika” fakultetlarining 2017/2018 o‘quv yili fevral oyidagi  ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2017 yil 2 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil  30 yanvardagi 77-f-sonli farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 28 avgustda tasdiqlangan 11-10-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomining ahvoli monitorningini olib borish tartibi”ga muvofiq 118-sonli buyrug‘i, Jizax politetxnika institut rektorining 2018 yil 6 fevraldagi №64 A/F ijrosini ta'minlash maqsadida ijrosini ta'minlash, joriy yilning 17 fevral kuni, Jizzax politexnika instituti majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Konstitutsiya-erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma'ruzasining mazmun mohiyatini hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish, aholi va xalqaro hamjamiyatga etkazish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 4-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jizzax viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i 2-darajali yurist A.A.Xaitbaev, Jizzax shaxar prokuraturasi tergovchisi S.SH.Tinabekov, Jizzax viloyati Adliya bo‘lim boshlig‘i SH.Z.Eshimov,Jizzax politexnika instituti rektori A.K.Usmankulov, institut prorektorlari, fakultet dekanlari, dekan muovinlari, kafedra mudirlari, “YOshlar ittifoqi” institutning boshlang‘ich tashkiloti, institut va fakultetlarning “Murabbiylar kengashi” raisi, institut ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi, guruh murabbiylari, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Ushbu davra suhbatida “Eng avvalo, odamlarimiz islohotlar samarasini kelajakda emas, balki bugun o‘z hayotida his etishlari zarurligini” aytar ekan, aynan shu maqsadda biz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yar ekanmiz, salohiyat va imkoniyatlarimizni xolis baholash bilan birga, xato va kamchiliklarimizni ham atroflicha tanqidiy tahlil qilinganligin,  CHunki o‘zimiz shu ishni qilmasak, hech kim bu xatolarni chetdan kelib bizga aytmaydi. Biz o‘z kelajagimizni o‘zimiz quramiz. Bu yo‘lda xato qilishga haqqimiz yo‘q. Shuning uchun har tomonlama chuqur o‘ylab, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini qabul qildik. Mazkur hujjat mohiyatiga ko‘ra, jamiyat hayotining barcha sohalaridagi tizimli islohotlarning “yo‘l xaritasi”ga aylanganligini aytib o‘tishdi. Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida 2017 yilning o‘zida 20 dan ortiq qonun va 700 dan ziyod qonunosti hujjatlari qabul qilinganligi, bu borada ko‘pgina qonunlar xalqimizga ma'qul emasligini, ular el-yurtimiz manfaati uchun ishlashi kerakligini hisobga olgan holda shunday yo‘l tutilganini aytib o‘tishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoev 2017 yilni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e'lon qilinganlarida, 2017 yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘” degan g‘oya asosida katta ishlar amalga oshirilganligi bejiz emasligi. Bu ishlar Konstitutsiyamizning asosiy tamoyillarini ro‘yobga chiqarishda yana bir ulkan qadam bo‘lganligi to‘g‘risida aytib o‘ttishdi.

Jamiyatimizda “Qonun va adolat – ustuvor, jinoyatga jazo – muqarrar” degan prinsipni qaror toptirish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etilgani aytar ekan, Mazkur yo‘nalishdagi e'tiborga molik ishlar qatorida korrupsiyaga qarshi kurashishning yaxlit tizimi yaratilganini alohida ta'kidlash lozim. 

"Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonunning qabul qilinishi davlat apparati va fuqarolik jamiyati institutlarining ushbu xavfli illat bilan kurashdagi kuch va imkoniyatlarini birlashtirish imkonini berdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyat mazmuni butunlay o‘zgarmoqda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning mutlaqo yangi tizimi yaratildi. Faqat jazolash bilan qo‘rqitib, huquqbuzarliklarning oqibati bilan kurashish emas, balki noqonuniy harakatlar sodir etilishining barvaqt oldini olish eng dolzarb vazifaga aylanganlini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Konstitutsiya-erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma'ruzasidan bu masalalar yuzasida to‘xtalib o‘tilganini aytib o‘tishdi. Davra suhbatida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan to‘liq va atroflicha javob berishdi.

“Arxitektura va qurilish” fakulteti
ma'naviy-ma'rifiy ishlar
bo‘yicha dekan muovini
Irgashev X.N.

O'qildi: 90 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram