UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyul 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

15 fevral – Baynalmilal jangchilar kuni

2018-02-17 / 18:51

Joriy yilning 16 fevrval kuni Jizzax politexnika institutining “Elektromexanika va radioelektronika” fakulteti “15 fevral – Baynalmilal jangchilar kuni” munosabati bilan hamda talaba yoshlarni jismonan chiniqtirish va Vatanga bo‘lgan ijobiy tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida institutning ochiq sport maydonida qalin qor ustida fakultet talabalari ishtirokida harbiy sport musobaqasi tashkil etildi.

Bu tashkil etilgan musobaqaga bir guruh mehmonlar jalb qilindi. Jumladan Jizzax viloyat Jangchi faxriylar va nogironlar bo‘limi raisi Odilov Farxod Ergashevich, Jizzax shahar Jangchi faxriylar raisi Qo‘chqarov Isroil Ismoilovich va Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik litsey harbiy rahbari podpolkovnik Qarshiev Nizomiddin Toshbaevichlar tashrif buyurishdi. Musobaqa boshlanishdan oldin O‘zbekiston Respublikasining madhiyasi ishtirokchilar va xarbiy orkestrlar tomonidan jonli ravishda ijro etildi. Shundan so‘ng tadbirni ochib berish uchun “Elektromexanika va radioelektronika” fakulteti dekani p.f.d. O.X.To‘raqulov so‘zga chiqib saf tortib turgan ishtirokchilar bilan harbiylarcha salomlashib bu tashkil etilgan harbiy sport musobaqasi bundan keyin har yili fakultetda o‘tkazilishini va bugun bo‘layotgan sport musobaqasida hakamlarga quloq tutib odilona o‘tkazilishini ishtirokchilarga eslatib o‘tib sportchilarga omad tiladi. Shundan so‘ng Musobaqaga tashrif buyurgan mehmonlarga so‘z berildi Jizzax viloyat Jangchi faxriylar va nogironlar bo‘limi raisi Odilov Farxod Ergashevich o‘z so‘zida bu tashkil etilgan harbiy sport musobaqasi juda ham to‘g‘ri o‘ylanganligi bunday tadbirlarni yana ham ko‘proq tashkillashtirilsa maqsadga muvofiq bo‘lishini va bu tadbirni tashkil etganlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi. Musobaqa juda ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi, musobaqada “Elektromexanika va radioelektronika” fakulteti talabalarining 50 nafar ishtirokchisi bilan o‘tkazildi, musobaqada talabalar 6 ta shart 100 metrga yugirish, Turnikda tortinish, Tosh ko‘tarish, Yozgi biatlon, granata uloqtirish, AK-74 qurolini yig‘ib sochish shartlari bo‘yicha o‘z kuchlarini sinashdilar. Musobaqani ko‘tarinki va haqqoniy tarzda o‘tkazish maqsadida “Vatanparvar” tashkiloti Jizzax viloyat kengashidan, Jizzax garnizon 03195-harbiy qismdan, institut jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchilari, Jizzax garnizon ofitserlar uyi harbiy orkestr jamoasi o‘zlarining qurol aslahalari va uskunalari bilan o‘tkazishda o‘zlarining fidokorona xizmatlarini ayamadi. 

Musobaqada talabalar bor kuch g‘ayrati va qiziqishlari bilan ishtirok etdi  musobaqaning natijalariga ko‘ra yakuniy hisob bo‘yicha hamma shartlar bo‘yicha 1- o‘rinni 119-15 EEE guruh talabalsi Tursunboev Ibrohim, 2-o‘rinni 218-16 EEE Omonov Anvar, 3-o‘rinni 317-17 EEE guruh talabasi Xudoyorov Azamat va 333-17 MS va MSM guruh talabasi G‘aniev Farruxlar egallashdi.

Musobaqa shartlarining nominatsiyalari bo‘yicha 100 metrga yugirish bahsida 218-16 EEE guruh talabasi Omonov Anvar va 216-16 EE guruh talabasi Murodov Fayozlar eng yuqori natijani qayd etdi. Yozgi biatlon bo‘yicha 119-15 EEE guruh talabalsi Tursunboev Ibrohim eng yaxshi natijani ko‘rsatdi, Granata uloqtirish bo‘yicha 216-16 EE guruh talabasi Tilavov Muxriddin eng uzoq masofaga uloqtirib 1-o‘rinni egalladi, AK-74 harbiy qurolini yig‘ib sochish bahsida 333-17 MS va MSM guruh talabasi G‘aniev Farruxga teng keladigan raqib topilmadi, Turnikda tortinish bo‘yicha esa 115-15 EE guruh talabasi Malikov Farid eng yuqori natijani ko‘rsatib raqiblarini ortda qoldirdi. Musobaqa g‘oliblariga institut rektorining faxriy yorliqlari va qimmatbaxo sovg‘alari topshirildi, tadbirga taklif qilingan mehmonlarga ham fakultet tomonidan minnatdorchilik bildirib sovg‘alar berildi.

Tadbir Jizzax viloyati Jizzax shahar televideniyasi hamda Jizzax haqiqati gazetalari orqali keng yoritildi.

“Elektromexanika va radioelektronika”
fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlari
bo‘yicha dekan o‘rinbosari
B.Eshonqulov

O'qildi: 97 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram