UZ | RU | EN    

1 2 3
 
«Fevral 2018»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Har bir talaba etiborda

2018-02-12 / 17:16

Bugun o‘sib kelayotgan avlodning ongu tafakkuriga milliy istiqlol g‘oyasi, o‘zlikni anglash kabi tushunchalarni singdirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmokda. Jumladan, Davlatimiz rahbarining 2017 yil 5-iyuldagi "YOshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Uzbekistan YOshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini to‘laqonli ba-jarish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib amalga oshirilayapti.

Institutimizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ham "Fidoying bo‘lgaymiz seni, Uzbe¬kistan!" degan bosh g‘oya mujassamlashgan. Ish rejasidan kelib chiqilib, "Bino va inshootlar qurilishi" kafedrasida "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz", "Xalqdavlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak", "Xalq boy bo‘lsa, dav¬lat ham boy va kudratli bo‘ladi" mavzuida suhbatlar tashkil etib borilayapti.

Kafedraga biriktirilgan 14 ta akademik guruh bilan professor-o‘qituvchilar muntazam ravishda ish olib borishadi. Guruh murabbiylari tomonidan 2017-2018 o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan ish rejalari asosida talabalar ishtirokida axborot va muloqot soati darslari o‘tkazib kelinadi. Mazkur mashg‘ulotlarda respublikamiz hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, ichki va tashqi siyosat borasida olib borilayotgan olamshumul islohotlar to‘g‘risida, shuningdek, talabalarga oid ko‘plab mavzularda suhbatlar o‘tkazib kelinayapti.

334 nafar talabalarning 243 nafari oilasi bilan, 9 nafari talabalar turar joyida, 75 nafari esa ijarada yashab tahsil oladi. Ularning yashash sharoiti, atrofdagilar bilan munosabati, bo‘sh vaqtlarining mazmunli tashkil etilayotgani-ni bilish maqsadida oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari talabalarning yashash joyiga borishmokda. Quvonarlisi, ota-onalar farzandiga oliy ta'lim muassasasi berayotgan e'tiborni e'tirof etib, min-natdorchilik bildirishayapti. Bu esa biz uchun talaba¬lar bilan ishlashda engillik tug‘diradi. Zero, tarbiya nafaqat oilada shakllanadi, balki unga atrof-muhit ham ta'sir ko‘rsatmay qolmaydi. Suhbatlar asnosida talabalarimizning muammolari aniqlanib ularga echim topish iullari izlanmoqda: Ayniqsa, ijarada yashovchi talabalarimizning darsdan keyingi bo‘sh vaktlarini mazmunli tashkil etishga alohida urg‘u beriladi. Bu kabi sa'y-harakatlar zamirida yoshlarimiz orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish haqida uilash namoyon bo‘ladi.

Talabalar turar joyida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda kafedra mudiri, dotsent N. Asatov, professor-o‘qituvchilar J.O‘sarov, A. Boymatov, N. Abdusamatov, M. Aliev, H. Jo‘raev faol ishirok etib, yoshlarga beminnat ko‘mak berishmokda.

Abdurasul TOSHMURODOV, 

Jizzax politexnika institut 

"Bino va inshootlar qurilishi" 

kafedrasi o‘qituvchisi

O'qildi: 24 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting