UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Alisher Navoiy millatimiz gururi

2018-02-09 / 18:09

Orazin yopqoch ko‘zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘ach quyosh...

Alisher Navoiy

Jizzax politexnika instituti  2018 yil 9 fevral kuni soat 12:00 da “Arxitektura va qurilish” fakultetida Murabbiylik soati darslarida va Axborot soatlarida  So‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 577-yilligi munosabati bilan  “Alisher Navoiy millatimiz g‘ururi” mavzusida darslar, shuningdek  ma'naviy ma'rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut “Arxitektura va qurilish” fakulteti ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari X.Irgashev, S.Azimova fakultetga tegishli guruhlar murabbiylari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni X.Irgashev olib bordi va birinchi so‘zni fakultetning murabbiylar kengashi raisi B.Ishonqulovga berdi.

B.Ishonqulov quyidagilarni XV-asr jahon ma'naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni (1441 yil 9 fevral)da Hirotda tug‘ilganligi, Hirot shahri Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug‘ saltanatining ikkinchi poytaxti, Temurning kenja o‘g‘li SHohrux Mirzoning qo‘l ostidagi obod manzillaridan biri edi.

Navoiy o‘z ijodi bilan o‘zbek adabiyotining so‘nggi rivojini belgilabgina qolmay, Movarounnahr va Xurosonning butun ma'naviy madaniyati taraqqiyotiga juda katta ta'sir ko‘rsatdi. Uning asarlari, she'riyati qayta-qayta ko‘chirilib, xalq orasida keng tarqalib, shoirlar uchun maktab vazifasini o‘tadi, madrasalarda keng o‘rganildi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, o‘z asarlarida Pushkin 21, SHekspir 20, Servantes 18 ming betakror so‘z ishlatishgan. A. Navoiy 1 mln. 378 ming 660 ta so‘z, shu jumladan 26 mingdan ortiq betakror so‘z ishlata olganlar. Turkiyda 2 ming 600 ishqiy mavzuda g‘azal bitgan deb o‘z so‘zini yakunladi.

Keyingi so‘z navbatini 338-17 B va IQ gurux murabbiysi Sitora Azimovaga berildi. U o‘z so‘zini buyuk mutaffakirimiz Alisher Navoiy haqida, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytib o‘tgan so‘z bilan ochdi. Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”. "Xamsa" buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy (1141—1209) tomonidan yaratilganligi, shoir hech bir o‘rinda o‘zining "Xam­sa" yozganligini qayd etmaganini, Nizomiy vafotidan 100 yil o‘tib, Hindistonda tug‘ilib o‘sgan forsiyzabon turk o‘g‘loni Xusrav Dehlaviy Nizomiy "Xamsa"siga birinchi bo‘lib tatabbu yozadi va "xamsachilik" an'anasini boshlab beradi.

Dehlaviy "Xamsa"si Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini sifatida o‘zining ham, salafining ham shuhratini olamga yoydi. Keyingi XIV— XV asrlar mintaqa ma'naviyati "Xamsa" an'anasi ta'sirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech bo‘lmaganida "Xamsa"ning bir dostoniga munosib javob yoza bilish bilan o‘lchanadigan bo‘ldi. Bu jahon ma'naviyati tarixida betakror hodisadir.

Turkiy adabiyotda Qutb va Haydar Xorazmiylar boshlab bergan "xamsachilik" an'anasi o‘zining kamolini Alisher Navoiy ijodida topdi degan so‘zlari bilan yoritib berdi.Islom aqidalariga ko‘ra bir kecha-kunduzda o‘qiladigan besh vaqt namoz "al-Xamsatu" deyiladi, dinimizning besh ustuni (rukni) ham tavhid (imon), namoz, ro‘za, zakot, haj — o‘ziga xos "Xamsa" (beshlik)ni tashkil etadi.

Demak, Nizomiy dostonlarining "Xamsa" turkumi sifatida talqin etilishi, unga Amir Xusrav va Navoiy janoblari bejiz emas. Alisher Navoiy "Saddi Iskandariy" dostonining muqaddima qismida bu masalaga maxsus to‘xtalib, "Hamsa"ning har bir dostoni yozilishini kunning ma'lum vaqtlarida o‘qiladigan sahar, peshin, asr, shom va xufton namozlari bilan qiyos etadi hamda "Xamsa"ni buyuk tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilish mobaynida besh o‘rinda to‘xtab, nafasni rostlash uchun bino etilgan besh oromgohga o‘xshatadi.

Shundan so‘ng 248-16 QMB va KICH talabasi Qo‘shbaqova Barno so‘zga chidi va o‘z so‘zini Alisher Navoiy bobomizning quyidagi g‘azali bilan boshladi. 

G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, 
Bulbulga tikondek oshiyon bo‘lmas emish!

Shuningdek, u Abduraxmon Jomiy namunalaridan keltirdi: bu qalamga falakdan ofarinlar yog‘ilsin! CHunki bu yoqimli naqshni o‘sha qalam yaratdi va forsiy til egalari, forscha nazm durlarini tuzuvchilarga rahm qildi: u ham shu forsiy tilda yozganda, boshqalarga so‘z aytishga majol qolmasdi. Bu mo‘jizakor nazm tarozisi qarshisida Nizomiy kimu Xusrav kim bo‘ldi?

Shundan so‘ng badiiy qismga o‘tildi. Badiiy qismni 340-17  guruh talabasi Valieva Mohinur  hamda 144-15 QB va KICH gurux talabasi  Sanjar  Eshnazaravlar olib borishdi. Badiiy qismda “Arxitektura va qurilish” fakulteti  248-16 QB va KICH guruh talabalari so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy g‘azallari, ruboyilari, chiroyli mumtoz raqslari va qiziqarli chiqishlari bilan  tadbir  ishtirokchilarini lol qoldirishdi.

Tadbir   slaydlar, taqdimot materiallar va videoroliklar bilan yanada sermazmun va xo‘shkayfiyatda o‘tdi.

“Arxitektura va qurilish” fakulteti
Ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini:
X.Irgashev

O'qildi: 68 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting