UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Davlat dasturlari

Yoshlar yili

2011-05-20 / 16:27

“Yoshlar yili” Davlat dasturi chora-tadbirlarining ijrosini ta'minlash yuzasidan

2008 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida

M A ' L U M O T.

T/r

Dasturning bandlari
t/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Bajarilgan ishlar

1

2

3

4

5

1

1/1

Amaldagi normativ-huquqiy bazani, uning yoshlar manfaatlari va huquqlarini  himoya qilishga oid qismini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Vazirlikka taqdim etish:
-normativ-xuquqiy xujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish uchun ishchi guruhi tuzish.

20 aprel

 

10 aprel

Yangi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amaldagi hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha takliflar  ishlab chiqildi, Vazirlikka va Jizzax viloyati xokimligiga taqdim etildi.

Normativ-xuquqiy xujjatlarni takomillash-tirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish uchun qo'yidagi tarkibda ishchi guruhi tuzildi: Soatova D., Pozilov M., Ruzmatov I., Qulmatov P., Xidoyatov R., Ibragimov A., Xalilov O.

2

2/2

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish uchun takliflar ishlab chiqish va Vazirlikka taqdim etish:
-"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish maqsadida takliflar ishlab chiqish uchun ishchi guruh tuzish.

10 iyun

 

1 iyun

 "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish uchun takliflar ishlab chiqildi, Vazirlik va Jizzax viloyati  xokimligiga taqdim etildi.

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish maqsadida takliflar ishlab chiqish uchun qo'yidagi tarkibda ishchi guruh tuzildi: Pozilov M., Soatova D., Aynaqulov M., Urdusheva B., Raxmatullayev M., Abdunazarov S.

3

12/3

Jizzax viloyati iqtisodiyot tarmoqlaridagi tarkibiy  o'zgarishlarni hisobga olgan holda, iqtisodiyot sohalarida tumanlar kesimida  bo'sh ish o'rinlari mavjudligini tahliliy o'rganish va xulosani Vazirlikka va viloyat xokimligiga taqdim etish:
- Jizzax viloyatida 2005, 2006, 2007 yillarda institut bakalavriati va magistraturasi bitiruvchilarining iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari bo'yicha ishga joylashish holatini tahlil qilish;
- Jizzax viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi bilan xamkorlikda har bir tuman bo'yicha bo'sh ish o'rinlari mavjudligi va yangi ish o'rinlari yaratish, yosh mutaxassislarga bo'lgan talab darajasini oshirish  bo'yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

II chorak

 

20.04.08

 

 

15.06.08

Jizzax viloyati iqtisodiyot sohalarida bo'sh ish o'rinlari mavjudligi tahliliy o'rganib chiqildi, taxliliy ma'lumotlar Vazirlikka va Jizzax viloyati xokimligiga taqdim etildi.

Jizzax viloyatida 2005-2007 yillarda xamda 2007-2008 o'quv yili institut bitiruvchilarining ishga joylashish holati tahlil qilindi, shu yillar ichida davlat granti va tulov shartnoma asosida institutni bitirgan talabalar to'liq ishga joylashtirilgan. Har bir bitiruvchi to'g'risida ma'lumotlar bazasi yaratilgan, o'zgarishlar bazaga kiritilmoqda.

Institutda viloyat tumanlari bo'yicha bo'sh ish o'rinlari mavjudligi va yangi ish o'rinlari yaratish, yosh mutaxassislarga bo'lgan talab darajasini oshirish  bo'yicha ishlab chiqilgan tadbirlar rejasiga asosan tumanlardagi bo'sh o'rinlar aniqlanib, 2008 yil bitiruvchilari ishga joylashtirildi. 2009 yil bitiruvchilarini ishga joylashtirish bС‰yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

4

13/4

Jizzax viloyati iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda tumanlar bo'yicha kadrlarga bo'lgan talabni har yili prognoz qilishning samarali tizimini ishlab chiqish va joriy etish:
- Jizzax viloyatida kadrlarga bo'lgan talab parametrlarini prognoz qilish  bo'yicha ishchi guruh tarkibida ishtirok etish;
- Oliy ta'lim muassasalarida kadrlar tayyorlash yo'nalishlarini qayta ko'rib chiqish tartibi bo'yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlikka taqdim etish;
- Jizzax viloyati iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab yuqori bo'lgan mutaxassisliklar nomen-klaturasining viloyatdagi mavjud oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassisliklar ro'yxati bilan o'zaro bog'lanishini ta'minlash bo'yicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqish;
- tasniflagichning takomillashtiril-gan yangi tahrirdagi loyihasiga takliflar ishlab chiqish va Vazirlikka taqdim etish.

III
chorak
aprel-sentyabr
avgust

 

aprel-avgust

 

 

25.07.08

 

 

Jizzax viloyatida kadrlarga bo'lgan talab  parametrlarini prognoz qilish bo'yicha ishchi guruh tashkil etilgan. Uni tarkibiga institut marketing bo'limi boshlig'i X.Meliyev kiritilgan.
Institutda kadrlar tayyorlash yo'nalishlarini qayta ko'rib chiqish tartibi bo'yicha takliflar tayyorlandi va Vazirlikka taqdim etildi.

 

Jizzax viloyatida mutaxassislarga bo'lgan talabni institutda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar ro'yxati bilan o'zaro bog'lanishini ta'minlash bo'yicha tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi. Shunga asosan 2008-2009 o'quv yili uchun talabalikka qabul qilish ishlari amalga oshirildi.

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari tasniflagichning takomillashtirilgan yangi tahrirdagi loyihasiga takliflar ishlab chiqildi va Vazirlikka taqdim etildi.

5

15/5

Oliy ma'lumotli mutaxassislarga bo'lgan talabni Jizzax viloyati ijtimoiy sohasida va iqtisodiyotning real sektori  kesimida bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha talab-ehtiyojni  tanqidiy tahlil qilish va inventarizatsiyadan o'tkazish.
- 2008-2012 yillarda Jizzax viloyati tumanlar kesimida korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning bakalavr va magistrlarga bo'lgan ehtiyojini aniqlash va tahlil qilish hamda Vazirlikka va viloyat xokimliga taqdim etish;
Jizzax viloyati  hokimiyati hamda tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo'linmalari (ish beruvchilar) bilan hamkorlikda "Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori"ga kiritilgan bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga bo'lgan talab-ehtiyojlarni o'rganish va ob'yektiv tahlil qilish.
- o'rganish natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish asosida "Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori"-ning yangi loyihasi uchun takliflar ishlab chiqish va Vazirlikka taqdim etish.

25 mart

 

 

25 mart

 

 

25 aprel

 

 

Institut “Marketing” bo'limi tomonidan Jizzax viloyati tumanlar kesimida davlat va nodavlat korxona va tashkilotlarning bakalavr va magistrlarga bo'lgan ehtiyoji aniqlandi va taxlil qilindi, ularning mutaxassislarga  bo'lgan talabi  o'rganildi. Talab-ehtiyojlar Vazirlikka va Jizzax viloyati xokimliga taqdim etildi.
Jizzax viloyatida "Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori"ga kiritilgan bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga bo'lgan talab-ehtiyojlar o'rganish  orqali shu narsa aniqlandiki, korxona va tashkilotlarda “Muxandislik va muxandislik ishi”  va “Xizmat” ta'lim sohasi mutaxassis kadrlariga  talab-ehtiyojlar yuqoridir.

"Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori"-ning yangi loyihasi uchun takliflar ishlab chiqildi va Vazirlikka taqdim etildi.

6

28/7

Institutni o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi uchun muxandis-pedagog kadrlar tayyorlash faoliyati samaradorligini oshirish, zarurat bo'lganda, mutaxassislar tayyorlash yo'nalishlarini qayta ko'rib chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash.
- Institutni muxandis-pedagog kadrlar tayyorlash faoliyatini zamon talablaridan kelib chiqib, ichki attestatsiyadan o'tkazish uchun viloyat o'rta maxsus, kasb-xunar ta'limi boshqarmasi bilan xamkorlikda ishchi guruh tuzish va qo'shma buyruq asosida attestatsiya o'tkazish jadvalini ishlab chiqish,  uni natijalarini tanqidiy o'rganish. O'rganish davomida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash va uning ijrosi yuzasidan qat'iy monitoring o'rnatish;
- Institutning o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi uchun  muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish, kollejlarni malakali muxandis-pedagoglar bilan ta'minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va uni Jizzax viloyati o'rta maxsus, kasb-xunar ta'limi boshqarmasining qo'shma qarori bilan tasdiqlash;
-Institutda “Kasb ta'lim” fakultetini tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

II chorak

 

 

1.06.08

 

 

 

15.06.08

 

 

30 iyun

 

Institutni o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi uchun muxandis-pedagog kadrlar tayyorlash faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha ishlab chiqilgan chora–tadbirlariga asosan "Kasb ta'limi(bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha)" ta'lim yo'nalishlari bo'yicha 23 nafar bitiruvchi ishga joylashtirildi.
Institutni muxandis-pedagog kadrlar tayyorlash faoliyati ichki attestatsiyadan, 21-26 aprel kunlari DTM tomonidan attestatsiyadan o'tkazildi. uni natijalari tanqidiy o'rganildi. O'rganish davomida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi va uning ijrosi yuzasidan qat'iy monitoring o'rnatildi. Attestatsiyadan o'tmagan ta'lim yo'nalishlarini attestatsiyaga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Institutda viloyat o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi uchun  muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi Unga asosan kasb-xunar kollejlarini malakali muxandis-pedagoglar bilan ta'minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi. Hozirgi kunda chora-tadbirlar kompleksida belgilangan vazifalar amalga oshirilmoqda.

Institutda “Sanoat texnologiyasi va qurilish” fakulteti negizida “Sanoat texnologiyasi” va “Qurilish” fakultetlar tashkil etildi, "Kasb ta'limi” ta'lim yo'nalishi esa moddiy-texnika bazasini rivojlantirish maqsadida mavjud fakultetlar bazasida qoldirildi.

7

29/8

Jizzax viloyati iqtisodiyotining real  tarmoqlarida va sohalarida talab yuqori bo'lgan kadrlarni sifatli tayyorlash maqsadida institutda o'quv jarayonining o'quv-uslubiy ta'minotini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish.

 

- bilim sohalari bo'yicha ta'lim standartlarini chuqur tahlil etish va ularni mazmunan takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlikka taqdim etish;

- amaldagi o'quv reja va fan dasturlariga qo'shimchalar kiritish uchun takliflar ishlab chiqish va Vazirlikka taqdim etish;

- ishchi o'quv reja va fan dasturlarini  takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqqa kiritish.

II chorak
20.04.08

 

 

15.05.08

 

25.06.08

 

Institutning o'quv-uslubiy bazasi inventariza-siyadan  o'tkazildi, majud holat aniqlandi hamda "Kadrlar tayyorlash yo'nalishlari bo'yicha o'quv jarayonining o'quv-uslubiy, moddiy-texnik ta'minotiga qo'yiladigan talablar"ga muvofiq yetishmaydigan o'quv-uslubiy adabiyotlarni ta'minlash bo'yicha dastur reja ishlab chiqildi va Vazirlikning Oliy ta'lim muassasalari bosh boshqarmasiga taqdim etildi. Dastur rejada belgilangan vazifalar muddatida bajarilmoqda.
Institutda mavjud bilim sohalari bo'yicha ta'lim standartlarini chuqur tahlil etildi, ularni mazmunan takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqildi va Vazirlikka taqdim etildi. Institutdagi mavjud ta'lim yo'nalishlari bo'yicha takomillashtirilgan Davlat ta'lim standartlari olib kelindi.
Takomillashtirilgan namunaviy o'quv rejalar asosida ishchi o'quv rejalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Takomillashtirilgan namunaviy o'quv rejalar asosida ishlab chiqilgan namunaviy o'quv dasturlar tayanch oliy ta'lim muassasalardan olib kelinib, ishchi o'quv dasturlari ishlab chiqildi.
Kompleks chora-tadbirlar rejasiga asosan takomillashtirilgan namunaviy o'quv rejalar va namunaviy o'quv dasturilari asosida ishchi o'quv rejalar va fan dasturlari(1 kurs uchun) ishlab chiqildi, institut ilmiy-uslubiy kengashining 2008 yil 29 avgustdagi majlisida ko'rib chiqildi va tasdiqlandi xamda o'quv jarayoniga tadbiq etildi. 

8

30/9

Institutda  o'quv dasturlarini amaliyot va amaliy  mashg'ulotlar soatlari hajmini ko'paytirish yuzasidan modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
- institutda oliy ta'lim  o'quv dasturlarini praktika va amaliy  mashg'ulotlar soatlari hajmini ko'paytirish maqsadida inventarizatsiyadan o'tkazish va bu sohada aniqlangan kamchiliklarni umumlashtirib, Vazirlikka taqdim etish;
- modernizatsiyalashgan o'quv rejasi va dasturlari loyihalariga takliflar ishlab chiqish va Vazirlikka taqdim etish;
-amaldagi DTS, o'quv dasturlariga va rejalariga belgilangan tartibda o'zgartirishlar kiritish uchun takliflar ishlab chiqish va Vazirlikka taqdim etish.

III
chorak
aprel
may

20 aprel

 

Institutda loyiha-izlanishlarga bog'liq ta'lim yo'nalishlari o'quv rejalari va dasturlari ko'rib chiqildi. O'quv dasturlarini inventarizatsiyadan o'tkazishda  praktika va amaliy mashg'ulotlar soatlari xajmini ko'paytirish imkoniyatlari aniqlandi. Bu to'g'ridagi ma'lumot Vazirlikka taqdim etildi.

Institutda loyiha-izlanishlarga bog'liq ta'lim yo'nalishlari o'quv rejalari va dasturlari loyihalariga takliflar ishlab chiqildi va umumlashtirish uchun tayanch oliy ta'lim muassasalariga taqdim etildi.
Institutdagi mavjud 15 ta'lim yo'nalishlarining DTS,  o'quv rejasi va fanlarning o'quv dasturlari loyihalariga takliflar ishlab chiqildi va Vazirlikka taqdim etildi.

9

32/10

Institutda pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi faoliyatini tanqidiy tahlil qilish.
   
Malaka oshirish o'quv dasturlariga, ixtisosligidan qat'i nazar, barcha o'qituvchilar uchun axborot texnologiyalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalar kurslarini joriy etishlishini nazorat qilish.
 
 Qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o'tgan pedagog kadrlarning, talab katta bo'lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash natijalariga qarab ular faoliyatining monitoringini olib borish tizimini yaratish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.
  Institutda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va  malakasini oshirish markazining kadrlar salohiyatini kuchaytirish.

- institutda malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi faoliyati hamda uning moddiy-texnik bazasining ahvoli,  zamonaviy anjomlar bilan ta'minlanganligi, yetakchi korxonalar va ilmiy markazlar bilan mustahkam aloqalarining mavjudligi, shtatlarning yuqori malakali pedagoglar bilan to'ldirilganligini  tanqidiy o'rganish va malaka oshirish sifatini ko'tarish tadbirlarini ishlab chiqish;
- Qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o'tgan professor-o'qituvchilar faoliyatining monitoringi prinsiplari bo'yicha takliflarni ishlab chiqish va “Iste'dod” jamg'armasiga taqdim etish.
- malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlari faoliyatini o'rganish  bo'yicha savolnoma ishlab chiqish va Vazirlikka taqdim etish.

II
chorak

 

II
chorak

I
chorak

 

II
chorak

may

 

 

may

 

1.05.08

 

"Qayta tayyorlash va malaka oshirish" markazining rivojlantirish dasturiga asosan 2008-2009 o'quv yili uchun ish rejasi ishlab chiqildi. Ishlar reja asosida amalga oshirilmoqda.

O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining 18 nafar  o'qituvchilari axborot va zamonaviy  pedagogik texnologiyalar kurslarida  o'qitildi va yangi bilim va ko'nikmalar berildi..

Institutda  2008 yilda malaka oshirishga yuborilgan 42 nafar professor-o'qituvchiga malaka oshirishdan oldin topshiriqlar belgilandi. Reja-topshiriqni bajarilishi bo'yicha monitoring olib borildi.

"Qayta tayyorlash va malaka oshirish" markazining kadrlar salohiyatini kuchaytirish uchun  markaz boshlig'ining muovini J.Xamidov InWent xamkorlik dasturi asosida 4-22 avgust kunlari Germaniyada  malaka oshirib keldi.
Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirishda o'qitiladigan fanlar bo'yicha o'quv-uslubiy majmualar yaratildi va institut axborot-resurs markaziga joylashtirildi. Hozirgi kunda  elektron o'quv-uslubiy majmualar yaratilmoqda.

Institutda qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o'tgan professor-o'qituvchilar faoliyatining monitoringi prinsiplari bo'yicha takliflar ishlab chiqildi va “Iste'dod” jamg'armasiga taqdim etildi.

Vazirlikning 2008 yil 18 apreldagi 105 sonli buyrug'iga asosan institut “Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi”ninng faoliyati o'rganildi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta'lim muassasalari faoliyatini o'rganish bo'yicha savolnomaga qo'shimchalar kiritish to'g'risida takliflar ishlab chiqildi va Vazirlikka berildi.

10

33/11

Institutda pedagoglar malakasini oshirish jarayoniga mamlakatimiz va xorijdagi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, shuningdek xorijiy o'quv markazlarida va korxonalarida malaka oshirish kurslarida o'qigan va stajirovkadan o'tgan muhandis-pedagog kadrlarni jalb etish:
- xorijiy o'quv markazlarida va korxonalarida malaka oshirish kurslarida o'qigan va stajirovkadan o'tgan institut professor-o'qituvchilarini "Iste'dod" jamg'armasi faoliyatiga  jalb etish bo'yicha takliflarni “Iste'dod” jamg'armasiga taqdim etish;
-Institutda tashkil etilgan "O'qitishning ilg'or pedagogik uslublarini va axborot texnologiyalarini qo'llash bo'yicha jamoatchilik markazi" faoliyatini samaradorligini oshirish.

30 iyun

 

 

Doimiy

 

“Kasb ta'lim va pedagogika” kafedrasi mudiri J.Xamidov InWent xamkorlik dasturi asosida 4-22 avgust kunlari Germaniyada  malaka oshirdi. Boshqaruv kafedrasi dotsenti M.P.Soy “Iste'dod” jamg'armasi granti g'olibi sifatida 17-27 noyabr kunlari Malayziya oliy o'quv yurtlari va ilmiy markazlarida malaka oshirdi.

Institutda tashkil etilgan "O'qitishning ilg'or pedagogik uslublarini va axborot texnologiyalarini qo'llash bo'yicha jamoatchilik markazi"da 2008 yilda   61 yosh o'qituvchini malakasi oshirildi. Malaka oshirish jarayoniga institutning va tayanch oliy ta'lim muassasalarining malakali professor-o'qituvchilari jalb etildi.

11

34/12

Jizzax viloyatidagi   akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta'lim jarayoniga institutning yetakchi o'qituvchilari va professorlarini jalb etishni rag'batlantirish tizimini yaratish.
-Viloyat o'rta maxsus, kasb-xunar ta'lim boshqarmasi bilan xamkorlikda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida  ta'lim sifatini yaxshilashga ko'maklashadigan institutning yetakchi o'qituvchilari hamda professorlari haqida bilim sohalari bo'yicha ma'lumotlar bankini yaratish.
- ma'lumotlar bankini  tahliliy o'rganib, mazkur muammoni hal etish maqsadida o'rta maxsus, kasb-xunar ta'limi tizimiga jalb qilingan xodimlarni  rag'batlantirish tizimi va  mexanizmlarini joriy etish bo'yicha viloyat o'rta maxsus, kasb-xunar ta'lim boshqarmasi bilan xamkorlikda  qo'shma qaror loyihasini tayyorlash va tasdiqlash;
- Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta'lim jarayoniga jalb etilgan xodimlarni  rag'batlantirish tizimi va  mexanizmlarini joriy etish bo'yicha ma'lumotni tayyorlash va  Vazirlikka taqdim etish.

25.03.08

 

 

10.06.08

 

20.06.08

 

 

Viloyat o'rta maxsus, kasb-xunar ta'lim boshqarmasiga qarashli 2 akademik litsey va 34 kasb-hunar kollejlarida  ta'lim sifatini yaxshilashga ko'maklashadigan institutning yetakchi o'qituvchilari hamda professorlari haqida bilim sohalari bo'yicha ma'lumotlar banki yaratildi va boshqarmaga taqdim etildi..

Institut viloyat o'rta maxsus, kasb-xunar ta'lim boshqarmasi bilan xamkorlikda o'rta maxsus, kasb-xunar ta'limi tizimiga jalb qilingan xodimlarni  rag'batlantirish tizimi ishlab chiqildi.

Institutga biriktirilgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta'lim jarayoniga jalb etilgan xodimlarni  rag'batlantirish tizimi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Bu haqidagi ma'lumot Vazirlikka taqdim etildi.

12

55/14

Institutda kadrlar tayyorlash yo'nalishlarini tanlash va tashkil etishda shartnoma munosabatlarini ko'chaytirishni nazarda tutgan holda ish beruvchilar bilan xamkorlik aloqalariga doir tadbirlar kompleksi va samarali uslublarini ishlab chiqish.
- Institutning ish beruvchi tashkilot, korxonalar bilan shartnoma munosabatlarini rivojlantirish bo'yicha takliflarini tayyorlash va Vazirlikka taqdim etish;

 

- Institutda ish beruvchi tashkilot, korxonalar bilan shartnoma munosabatlarini rivojlantirish maqsadida  bitiruvchilarni ishga taqsimlashni “Mehnat yarmarkasi” shaklidan foydalanish tizimini ishlab chiqish;
- Institutning ish beruvchilar bilan hamkorligiga doir tadbirlar kompleksi va samarali uslublarni ishlab chiqish  uchun viloyatdagi tegishli  korxona va idoralar bilan kelishilgan holda  ishchi guruh tuzish va  tasdiqlash;
- Viloyatdagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda  institutning ish beruvchilar bilan hamkorligiga doir tadbirlar kompleksi va samarali uslublarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

III
chorak
10 sentyabr

 

15.04.08

 

 

15.04.08

 

20.07.08

 

 

Jizzax viloyatidagi 46 ish beruvchi tashkilot va korxonalar bilan shartnomalar tuzilib, ular o'rtasidagi shartnoma munosabatlarini rivojlantirish maqsadida tashkilot va korxonalarning muammolari, imkoniyatlari va istiqbollari aniqlandi va ular asosida ishlab chiqilgan takliflar Vazirlikka taqdim etildi.

Institutda bitiruvchilarni  ishga taqsimlash "Bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi"  2008 yilning 31 may oyida o'tkazildi, unda viloyatdagi 63 korxona va muassasalardan 476 bo'sh ish o'rinlari bo'yicha takliflar taqdim etildi.

Institutning viloyatdagi ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorligiga doir tadbirlar kompleksi va samarali uslublarni ishlab chiqish  uchun viloyat xokimligi bilan kelishilgan holda  ishchi guruh tuzildi va  tasdiqlandi.

Viloyatdagi 46 korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda  institutning ish beruvchilar bilan hamkorligiga doir tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Jizzax viloyati xokimligi, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi, aholi va mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat “Kamolot” YoIH tomonidan 2008 yil 14-16 avgust kunlari bo'sh ish joylari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada institut  11 bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi.

13

56/15

Muddatli harbiy xizmatni va Oliy o'quv yurtlarida o'qishni tugallagan shaxslarga ishga joylashtirish bo'yicha statistika hisoboti tizimini joriy etish bo'yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlikka taqdim etish.
- oliy ta'lim muassasalarida o'qishni tugallagan shaxslarni hisobga olish tartibi bo'yicha Davlat statistika qo'mitasi tomonidan tayyorlanadigan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga takliflar tayyorlash va Vazirlikka taqdim etish.

15 iyul

 

15 iyul

 

Muddatli harbiy xizmatni va Oliy o'quv yurtlarida o'qishni tugallagan shaxslarga ishga joylashtirish bo'yicha statistika hisoboti tizimini joriy etish bo'yicha takliflar ishlab chiqildi va Vazirlikka taqdim etildi.

Institutda “Oliy ta'lim muassasalarida o'qishni tugallagan shaxslarni hisobga olish tartibi” bo'yicha takliflar tayyorlandi va Vazirlikka taqdim etildi.

O'qildi: 979 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting