UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



O'zbekiston Yoshlar ittifoqi

HUJJATLAR

2018-02-07 / 11:41

Oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talabalar anketasining jamoatchilik faoliyatini baholash jadvalida qo‘yilgan ballarni asoslovchi namunaviy
HUJJATLAR

1-band bo‘yicha: Talaba tomonidan ishlangan va ishchi guruh tomonidan tekshirilib imzolangan test varog‘i;

2-band bo‘yicha:Talabaning YOshlar uchun tashkil etilgan to‘garaklardagi faoliyatini va faolligini tasdiqlovchi malumotnoma;

3-band bo‘yicha:Talabaning Ittifoqning Respublika, hududiy, mahalliy Kengashlari qoshida tashkil etilgan turli uyushma va tuzilmalar faoliyatida faol ishtirok etganini asoslovchi malumotnomalar, ro‘yhat va bayonnomalar;

4-band bo‘yicha: Talaba Ittifoqning Respublika, hududiy, mahalliy va boshlang‘ich tashkilot Kengashlari tomonidan tashkil etiladigan turli xayriya aksiyalarida faol ishtirok etganligi to‘g‘risida boshlang‘ich tashkilot, hududiy va mahalliy Kengashlari malumotnomalari;

5-band bo‘yicha: Talaba Boshlang‘ich tashkilot ish rejasidagi tadbirlarda hamda tashkiliy ishlarda faol ishtirok etganligi to‘g‘risida malumotlar, guruh, fakultet etakchilari va BT YOshlar Kengashi a'zosi tomonidan tasdiqlangan hisoboti (1-ilova);

6-band bo‘yicha: Talaba Ittifoqning Respublika, hududiy, mahalliy Kengashlari tomonidan tashkil etilgan loyihalarda faol ishtirok etganligi haqida malumotnomalar (Tashakkurnoma, faxriy yorliq, diplom, sertifikat, guvohnoma nushalari ilova qilinadi);

7-band bo‘yicha: Talaba shaxsiy tashabbusi bilan YOshlar Kengashi ko‘magida tadbir (loyiha) tashkil etganligi to‘g‘risida malumotnomalar hamda guruh, fakultet etakchilari va BT YOshlar Kengashi a'zosi tomonidan tasdiqlangan hisoboti (2-ilova);

8-band bo‘yicha: Talaba Ittifoqning Respublika, hududiy, mahalliy va boshlang‘ich tashkilot Kengashlari tomonidan tashkil etilgan turli xayriya aksiyalari hamda YOshlar hasharlari va obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etganligi to‘g‘risida boshlang‘ich tashkilot, hududiy va mahalliy Kengashlar malumotnomalari, guruh, fakultet etakchilari va BT YOshlar Kengashi a'zosi tomonidan tasdiqlangan hisoboti (3-ilova);

9-band bo‘yicha: Talaba jamoatchilik faoliyatini televideniya va bosma nashrlar (gazeta va jurnallar)da yoritib borishi to‘g‘risida malumotlar; (Aniq ko‘rsatib o‘tilishi lozim);

10-band bo‘yicha: Talaba fan olimpiadalarida faol etganligi haqida malumotnomalar (Tashakkurnoma, faxriy yorliq, diplom, sertifikat, guvohnoma nushalari ilova qilinadi);

11-band bo‘yicha: Talaba OTM miqyosidagi, Respublika miqyosidagi, xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etganligi to‘g‘risida malumotlar va chop etgan maqolalari; (sertifikat, guvohnoma nushalari ilova qilinadi)

12-band bo‘yicha: Talaba xorijiy va davlat grantlarida ishtirok etganligi va yuqori natijalarga erishganligini to‘g‘risida malumotlar (guvohnoma, sertifikat, diplom, patent nushalari ilova qilinadi);

13-band bo‘yicha: Talaba o‘zining ilmiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirish ustida aniq maqsadlarni belgilagan holda faoliyat yuritganligi hamda o‘zining (kashfiyoti), innovatsion loyihasi va ilmiy monografiyalar ustida ish olib borganligi aniq natijalarga erishganligi to‘g‘risida malumotlar (guvohnoma, sertifikat, diplom, patent nushalari ilova qilinadi);

14-band bo‘yicha: Talaba Respublika, hududiy, OTM va Ittifoq muassisligidagi bosma nashrlar (gazeta va jurnallar)da chop etilgan ilmiy-publitsistik maqolalari to‘g‘risida malumotlar; (sertifikat, guvohnoma nushalari ilova qilinadi);

15-band bo‘yicha: Talaba O‘zbekiston yoshlar ittifoqinig oliy talim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti tashkiliy tuzilmasi faoliyatidagi o‘rni va vazifalarini aniq rejalar asosida tashkil etishi to‘g‘risida malumotlar; (Guruh etakchisi saylovi bayonnomasi tasdiqlangan nushasi, Fakultet etakchisi saylovi bayonnomasi tasdiqlangan nushasi, Fakultet Kengashi azolari tasdiqlangan bayonnomasi nushasi, OTM YOshlar Kengashi azolari tasdiqlangan bayonnomasi nushasi). OTM BT yoshlar etakchisi yuqoridagi ko‘rsatilgan boshlang‘ich tashkilot tashkiliy tuzilmasidagi faollar yani guruh, fakultet etakchisi hamda fakultet kengashi azosi, OTM YOshlar Kengashi azolarini aniq rejalar asosida faoliyat yuritganligi va faoliyatini qoniqarli deb belgilagan taqdirda imtiyozli ball berish Yoshlar Kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi;

16-band bo‘yicha: Talaba O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimiga tegishli gazeta va jurnallarga etibor bergan holda tizimda ro‘y berayotgan yangiliklarni muntazam kuzatib borish uchun obuna bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar; (“YOshlar ovozi” gazetasi, “YOsh kuch” jurnali, “Molodyoj Uzbekistana” gazetasiga obuna bo‘lganligi to‘g‘risidagi hujjat (kvitansiya)ning asl nushasi)

Zarur bo‘lgan  bandlar bo‘yicha faoliyat davomida tushirilgan (talabaning shaxsan o‘zi bo‘lgan) foto sur'atlar ilova qilinadi (4-ilova).

Yuqorida keltirilgan barcha bandlar bo‘yicha moddiy qo‘llab-quvvatlanishga davogar talabaning faolligini ko‘rib chiqishda o‘rganilayotgan davrdagi erishgan natijalariga etibor qaratiladi.

Yuklab olish

O'qildi: 58 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: