UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



O'zbekiston Yoshlar ittifoqi

TAVSIYALAR

2018-02-07 / 10:41

Oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi bo‘lgan va moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talabalar bilan ishlash hamda ularning jamoatchilik faoliyatini baholash bo‘yicha
TAVSIYALAR

1. Mazkur tavsiyalar oliy ta'lim muassasalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol azosi bo‘lgan fanlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86% va undan yuqori bo‘lgan talabalar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

2. Boshlang‘ich tashkilotda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol azosi bo‘lgan fanlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86% va undan yuqori bo‘lgan talabalarning shaxsiy papkasi tayyorlanadi. Papkada talabaning pasporti, oilaviy ahvoli to‘g‘risida ma'lumot, shuningdek, o‘tgan o‘quv yilidagi o‘zlashtirishi, intizomi, darslarga qatnovi, Ittifoq faoliyatida ishtiroki to‘g‘risidagi ma'lumotlar yig‘ib boriladi.

3. O‘quv yilining boshida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol azosi bo‘lgan fanlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86% va undan yuqori bo‘lgan talabalarga beriladigan imtiyoz va kelgusida qo‘yiladigan talablar, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati haqida ma'lumot berishga qaratilgan o‘quvlar tashkil etiladi.

4. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol azosi bo‘lgan fanlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86% va undan yuqori bo‘lgan har bir talaba o‘zining yillik ish rejasini tuzib, guruh, fakultet etakchilari bilan kelishilgan holda tizimli ish olib boradi. Talabalar o‘zining ish rejasi asosida yil davomida faoliyat yuritadi hamda har chorakda boshlang‘ich tashkilotga malumotlar hamda hisobot taqdim etib boradi.

5. Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida faol ishtirok etgan deb topilishi uchun qo‘yidagi talablarni bajarishi belgilanadi:

- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba O‘zbekiston yoshlar ittifoqi maqsad-vazifalari va faoliyati hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi haqida bilimga ega bo‘lishi;

- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba Ittifoq tizimida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar faoliyatida faol ishtirok etishi;

- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba Ittifoqning Respublika, hududiy, mahalliy Kengashlari qoshida tashkil etilgan turli uyushma va tuzilmalar faoliyatida faol ishtirok etishi;

- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba Ittifoqning Respublika, hududiy, mahalliy va boshlang‘ich tashkilot Kengashlari tomonidan tashkil etiladigan turli xayriya aksiyalarida faol ishtirok etishi;

- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba Boshlang‘ich tashkilot ish rejasidagi tadbirlarda hamda tashkiliy ishlarda faol ishtirok etishi;

- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba Ittifoqning Respublika, hududiy, mahalliy Kengashlari tomonidan tashkil etilgan loyihalarda faol ishtirok etishi;

- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba Ittifoqning boshlang‘ich tshkilot, hududiy, mahalliy Kengashlari tomonidan tashkil etilgan YOshlar hasharlari va obodonlashtirish ishlaridagi faol ishtirok etishi;

- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba shaxsiy tashabbusi bilan YOshlar Kengashi ko‘magida tadbir (loyiha) tashkil etishi;

- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba jamoatchilik faoliyatini televideniya va bosma nashrlar (gazeta va jurnallar)da yoritib borishi;

- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba fan olimpiadalarida faol ishtirok etishi;

- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba OTM miqyosidagi, Respublika miqyosidagi, xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etib va maqolalar chop etib borishi;

- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba xorijiy va davlat grantlarida ishtirok etib yuqori natijalarga erishishi;

- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba o‘zining ilmiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirish ustida aniq maqsadlarni belgilagan holda faoliyat yuritishi hamda o‘zining (kashfiyoti), innovatsion loyihasi va ilmiy monografiyalari ustida ish olib borishi;

- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba Respublika, hududiy, OTM va Ittifoq muassisligidagi bosma nashrlar (gazeta va jurnallar)da ilmiy-publitsistik maqolalar chop etgan bo‘lishi;

- Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba O‘zbekiston yoshlar ittifoqinig oliy talim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti tashkiliy tuzilmasi faoliyatidagi o‘rni va vazifalarini aniq rejalar asosida tashkil etishi;

- O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol azosi bo‘lgan fanlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86% va undan yuqori bo‘lgan moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimiga tegishli gazeta va jurnallarga etibor bergan holda tizimda ro‘y berayotgan yangiliklarni muntazam kuzatib borish uchun obuna bo‘lishi; ( “Molodyoj Uzbekistana” gazetasi , “YOshlar ovozi” gazetasi, “YOsh kuch” jurnali)

Yuqorida ko‘rsatilgan talablar yoki talabaning ish rejasida belgilangan chora-tadbirlarning o‘z muddatida yuqori saviyada bajarilgani va samaradorligiga qarab talabalar (baholash anketasi I-blok va II- blokdan jami 260 ballik hamda qo‘shimcha imtiyozli ballarni qo‘lga kiritishi uchun 115 ballik mezonda baholanadi.

Baholash tartibi Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talaba baholash anketasida ko‘rsatilgan -blok (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi faol ishtiroki) bo‘yicha o‘tish ko‘rsatkichi 1-bosqich da'vogar talabalar uchun – 40 ball, yuqori bosqich da'vogar talabalar uchun – 75 ball; )  II- blok (ilmiy-ijodiy faoliyatdagi faol ishtiroki) bo‘yicha o‘tish ko‘rsatkichi 1-bosqich da'vogar talabalar uchun – 10 ball, yuqori bosqich da'vogar talabalar uchun – 20 ball qilib belgilanadi.

Baholash yakunlari bo‘yicha umumiy o‘tish ko‘rsatkichi 70 ball to‘plagan birinchi bosqich talabalari va 143 ball to‘plagan yuqori bosqich talabalari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida faol ishtirok etgan deb topiladi.

(Yuqorida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha baholash varaqasi(anketa) ilova qilinadi.)

6. Talaba xabardor qilinganiga qaramay O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy talim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tadbirlarga kelmasa yoki bosh tortsa, boshlang‘ich tashkiloti YOshlar Kengashi tomonidan yozma ogohlantiriladi. Ogohlantirishlar soni   3 tadan oshganda talaba moddiy qo‘llab-quvvatlashdan rad etiladi.

7. Talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etish ishlarini tashkil etish tartibi:

- o‘quv yilining 15 sentyabriga qadar oliy ta'lim muassasasidan 1-bosqichga qabul qilingan talabalar ro‘yxati olish;

- o‘quv yilining 1 fevraliga qadar oliy ta'lim muassasalari rektorlarining O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol azosi bo‘lgan fanlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86% va undan yuqori bo‘lgan moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar  talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga tavsiya etish ishlarini tizimli tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘ini chiqarishga erishish;

- o‘quv yilining 10 fevraliga qadar oliy talim muassasasi rahbariyati, oliy talim muassasasi boshlang‘ich tashkiloti YOshlar Kengashi, oliy talim muassasasi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar etakchisi, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, fakultet etakchilari ishtirokida talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etish bo‘yicha umumiy yig‘ilishlarni o‘tkazish (moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talabalar umumiy yig‘ilish  bo‘lib o‘tishidan kamida 5 kun oldin ogohlantiriladi);

- Umumiy yig‘ilish o‘tkazilgan kundan so‘ng fakultetlarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha  dekan o‘rinbosarlari, fakultet etakchilari ishtirokida guruh yig‘ilishlarini o‘tkazish, guruh yig‘ilishida talabaning ichki tartib-qoidalarga rioya etishi, sababsiz 30 soatdan ortiq dars qoldirmagani, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida faol ishtirokiga e'tibor qaratish;

- guruh yig‘ilishi bayonlari o‘quv yilining 10 fevraliga qadar Ittifoqning oliy talim muassasasi boshlang‘ich tashkilotlari YOshlar Kengashiga taqdim etish;

- Har o‘quv yili 10 fevraldan 15 fevralga qadar Ittifoqning oliy talim muassasasi boshlang‘ich tashkilotlari Yoshlar Kengashi zimmasiga da'vogar talabalarning arizalarini ko‘rib chiqish hamda qo‘llab quvvatlash uchun tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qilish;

- o‘quv yilining 20 fevraliga qadar oliy ta'lim muassasasining marketing bo‘limi bilan hamkorlikda moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar  talabalarning umumiy ro‘yxatini tayyorlash, shartnoma-to‘lovning 65 foizi to‘langanini tahlil qilish ( Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga davogar talabalar to‘lov-kontrakt so‘mmasi 65% miqdorini har o‘quv yili 28 fevraldan kechikmasdan to‘lagan bo‘lishiga etibor qaratiladi ) va oliy talim muassasasi rektoriga tasdiqlatish;

- o‘quv yilining 23 fevraliga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol azosi bo‘lgan fanlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86% va undan yuqori bo‘lgan moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talabalar orasidan moddiy qo‘llab-quvvatlangan talabalar hamda rad etilgan talabalar ro‘yhatini tayyorlash;

- o‘quv yilining 24 fevral kuni talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga tavsiya etishga bag‘ishlangan boshlang‘ich tashkilot YOshlar Kengashi yig‘ilishini o‘tkazish;

- O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy talim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti YOshlar Kengashi tegishli majlisi bayoni nusxalari uch ish kuni mobaynida oliy talim muassasasiga va Ittifoqning Markaziy Kengashiga taqdim etish;

- O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy talim muassasasidagi boshlang‘ich tashkiloti YOshlar Kengashi har o‘quv yili 28 fevraldan kechiktirmay Ittifoqning Markaziy Kengashiga yuboriladigan majlis bayonnomasining nusxasiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan 2018 yil “_____” yanvardagi 01-04/____-sonli “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi bo‘lgan, moddiy qo‘llab-quvvatlashga da'vogar talabalarning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilgan barcha ilovalarni to‘liq, elektron hamda tasdiqlangan nushada taqdim etish;

- Talabalar tomonidan o‘quv yilining 10 martidan so‘ng qilingan murojaatlar ko‘rib chiqilib, aniqlanganhar qanday holatda ham talaba moddiy qo‘llab-quvvatlashga qayta tavsiya etilmaydi

8. Talabalar safidan chiqarilgan yoki akademik ta'tilga chiqqan talaba Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2431, 2013 yil 26 fevral) 28 va 29-bandlariga muvofiq o‘zining to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun to‘lagan mablag‘ini qaytarib olish huquqiga ega bo‘lgan hollarda, Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan oliy ta'lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazilgan moddiy yordam ko‘rsatish puli qayta hisob-kitob qilinishi va Ittifoqning Markaziy Kengashiga qaytarilishi lozim.

9. Oliy ta'lim muassasasi talabalari safidan chiqarilgan talaba Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2431, 2013 yil 26 fevral) 27-bandiga muvofiq o‘zining to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun to‘lagan mablag‘ini qaytarib olish huquqiga ega bo‘lmagan hollarda, Ittifoqning Markaziy Kengashi to‘langan moddiy yordam ko‘rsatish pulini talabadan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiradi.

10. Talaba moddiy qo‘llab-quvvatlanish huquqidan voz kechsa, oliy ta'lim muassasasi talaba uchun to‘langan mablag‘ni Ittifoqning Markaziy Kengashiga o‘n bank kuni ichida qaytaradi.

11. Yuqoridagi 8, 9, 10- bandlarda ko‘rsatilgan holatlar yuz bergan taqdirda YOshlar Kengashi Ittifoqning Markaziy Kengashini o‘n kalendar kuni mobaynida xabardor qilishi shart.

O'qildi: 61 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: