UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



O'zbekiston Yoshlar ittifoqi

YORIQNOMA

2018-02-07 / 10:26

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibini
amalga oshirish yuzasidan
YO‘RIQNOMA

Mazkur yo'riqnoma O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son "YOshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi Farmoni va 2017 yil 18 iyuldagi PQ-3138-son "O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va Moliya vazirligining 2017 yil 27 dekabrdagi "O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta'lim muassasalarida to'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O'zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi bo'lgan talabalarni moddiy qo'llab-quvvatlash tartibi to'g'risidagi nizomini tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, O'zbekiston yoshlar ittifoqi (bundan buyon matnda Ittifoq deb yuritiladi) tomonidan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida to'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O'zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi bo'lgan talabalarni moddiy qo'llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.

1. Qoidalarga muvofiq oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida to'lov-kontrakt asosida o'qishning kunduzgi bo'limida (ikkinchi mutaxassislik, sirtqi va kechki ta'lim bundan mustasno) tahsil olayotgan talabalarga qo'llaniladi.

To'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar Ittifoqning oliy ta'lim muassasalaridagi boshlang'ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Ittifoq tomonidan moddiy qo'llab-quvvatlanadi.

Moddiy qo'llab-quvvatlash Ittifoq tomonidan talabaning o'qishi uchun to'lanadigan yillik to'lov-kontrakt miqdorining 35 foizini to'lab berish orqali amalga oshiriladi. Bunda talabalarni moddiy qo'llab-quvvatlash, ular tomonidan shartnomada belgilangan to'lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda (har o'quv yilining 28 fevral oxirgi muddat hisoblanadi) to'lash sharti bilan amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasining ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasining qarori asosida qo'shimcha to'lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichiga o'qishga qabul qilingan talabalar ikkinchi bosqichdan boshlab moddiy qo'llab-quvvatlanish huquqiga ega bo'ladilar.

2. Moddiy qo'llab-quvvatlashga tavsiya etilayotgan talabaning o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi o'rganilayotgan davrda (birinchi bosqich talabalari uchun o'quv yilining birinchi semestr natijalari) 86 foiz va undan yuqori bo'lishi lozim. YUqori bosqich talabalarining o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi o'rganilayotgan davrdagi o'quv fanlari bo'yicha o'zlashtirish ko'rsatkichlari yig'indisini o'tilgan har bir semestrdagi o'quv fanlarining umumiy soniga bo'lish orqali aniqlanadi.

3. Ittifoqning oliy ta'lim muassasasidagi YOshlar Kengashi (bundan buyon matnda YOshlar Kengashi deb yuritiladi) da'vogar talabalarni moddiy qo'llab-quvvatlashga tavsiya etish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqishda da'vogar talabalarning quyidagi asosiy ko'rsatkichlarini (birinchi bosqichdagi da'vogar talabalar uchun o'quv yilining birinchi semestr natijalari) inobatga oladi:

- da'vogar talabaning Ittifoq va oliy ta'lim muassasasi faoliyatidagi ma'naviy-marifiy va jamoat ishlarida Ittifoqning boshlang'ich tashkiloti, mahalliy va hududiy Kengashlari, Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etiladigan loyiha va tadbirlaridagi faol ishtiroki;
- da'vogar talabaning fan olimpiadalari va sport musobaqalaridagi natijalari;
- da'vogar talabaning tashkilotchilik va etakchilik qobiliyatlari;
- da'vogar talabaning ilmiy va ijodiy faoliyati natijalari;
- da'vogar talabaning oliy ta'lim muassasasida belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etishi (talabaning oliy ta'lim muassasasida belgilangan ichki tartib-qoidalariga rioya etmaganligi yuzasidan faqat oliy ta'lim muassasasi rektori buyrug'i asosida berilgan hayfsan Ittifoqning YOshlar Kengashi tomonidan da'vogar talabani moddiy qo'llab-quvvatlashni rad etish uchun asos sifatida qabul qilinadi).

Da'vogar talabalarning asosiy ko'rsatkichlarini baholash Ittifoqning Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan mezonlar asosida amalga oshiriladi.

4. Har yili 1 fevral kunidan kechikmagan holda YOshlar Kengashi oliy ta'lim muassasasida to'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O'zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi bo'lgan talabalarni moddiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha o'z faoliyatini boshlashi lozim.

5. Har yili 10 fevral kuniga qadar mazkur yo'riqnomaning 1, 2 va 3-bandida ko'zda tutilgan talabalar YOshlar Kengashiga Ittifoq tomonidan moddiy qo'llab-quvvatlash ko'rsatilishini so'rab ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

6. Har yili 10 fevraldan 15 fevralga qadar YOshlar Kengashi da'vogar talabalarning arizalarini ko'rib chiqadi hamda moddiy qo'llab-quvvatlash uchun tavsiya etish bo'yicha qaror qabul qilishlari lozim.

7. Ittifoqning YOshlar Kengashi talabani moddiy qo'llab-quvvatlashga tavsiya etish yoki rad etish huquqiga ega.

Da'vogar talabani moddiy qo'llab-quvvatlash rad etilgan hollarda, YOshlar Kengashining tegishli majlisi bayonida uning sabablari ko'rsatilishi lozim.

8. YOshlar Kengashining tegishli majlisi bayoni nusxalari uch ish kuni mobaynida oliy ta'lim muassasasiga va Ittifoqning Markaziy Kengashiga taqdim etilishi lozim.

Ittifoqning Markaziy Kengashiga yuboriladigan majlis bayonnomasining nusxasiga moddiy yordam ko'rsatishga tavsiya etilgan talabalarning ro'yxati ilova qilinishi lozim.

9. Moddiy qo'llab-quvvatlash jarayoni Ittifoq Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi qarori asosida amalga oshiriladi.

Ittifoq Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi qarorining bir nusxasi uch ish kuni ichida tegishli oliy ta'lim muassasasiga, yana bir nusxasi YOshlar Kengashiga yuboriladi.

Ittifoq Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi tomonidan talabalarni moddiy qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi qarori qabul qilingandan keyin besh bank kuni mobaynida, lekin yilning 1 martidan kechiktirilmay oliy ta'lim muassasasining byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga moddiy yordam ko'rsatish puli o'tkaziladi.

Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda da'vogar talabalarni moddiy qo'llab-quvvatlashga tavsiya etish bilan bog'liq masalani ko'rib chiqish muddatlariga o'zgartirish kiritilishi mumkin.

10. Quyidagi hollarda Moddiy yordam ko'rsatish pulining qaytarilishi amalaga oshiriladi:

- Talabalar safidan chiqarilgan yoki akademik ta'tilga chiqqan talaba Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'qitishning to'lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag'larni taqsimlash tartibi to'g'risidagi nizomning (ro'yxat raqami 2431, 2013 yil 26 fevral) 28 va 29-bandlariga muvofiq o'zining to'lov-kontrakt asosida o'qishi uchun to'lagan mablag'ini qaytarib olish huquqiga ega bo'lgan hollarda Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan oliy ta'lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga o'tkazilgan moddiy yordam ko'rsatish puli qayta hisob-kitob qilinishi va Ittifoqning Markaziy Kengashiga qaytarilishi lozim.

- Oliy ta'lim muassasasi talabalari safidan chiqarilgan talaba Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'qitishning to'lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag'larni taqsimlash tartibi to'g'risidagi nizomning (ro'yxat raqami 2431, 2013 yil 26 fevral) 27-bandiga muvofiq o'zining to'lov-kontrakt asosida o'qishi uchun to'lagan mablag'ini qaytarib olish huquqiga ega bo'lmagan hollarda Ittifoqning Markaziy Kengashi to'langan moddiy yordam ko'rsatish pulini talabadan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiradi.

- Talaba moddiy qo'llab-quvvatlanish huquqidan voz kechsa, oliy ta'lim muassasasi talaba uchun to'langan mablag'ni Ittifoqning Markaziy Kengashiga o'n bank kuni ichida qaytaradi.

11. Mazkur yo'riqnomaning 10-bandida ko'rsatilgan holatlar yuz bergan taqdirda YOshlar Kengashi Ittifoqning Markaziy Kengashini o'n kalendar kuni mobaynida xabardor qilishi shart.

12. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi, shuningdek, Ittifoq tomonidan moddiy qo'llab-quvvatlangan talabalarning o'quv jarayonidagi ishtiroki, o'zlashtirishi, intizomi va Ittifoq faoliyatidagi ishtiroki ustidan nazorat qilish tegishli oliy ta'lim muassasasi hamda YOshlar Kengashi zimmasiga yuklatiladi.

O'qildi: 59 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: