UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



O'zbekiston Yoshlar ittifoqi

BAHOLASH MEZONLARI

2018-02-07 / 10:02

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talabalarning asosiy ko‘rsatkichlarini
BAHOLASH MEZONLARI


Mezonlar

Belgilangan ball

Izoh

I. Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talabaning
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi faol ishtiroki

(Jami 130 ball)

1

Ittifoqning maqsad-vazifalari va faoliyati hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bo‘yicha bilimini tekshirishga qaratilgan test natijalari

15

Etakchilar Kengashi tomonidan tashkil etilgan o‘quvlar yakunlari bo‘yicha umumiy 30 ta savoldan iborat elektron test jarayoni. 30 daqiqa vaqt mobaynida echiladigan elektron testning har bir to‘g‘ri javobi uchun 0,5 ball beriladi.

2

Ittifoq tizimida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar faoliyatidagi ishtiroki

10

To‘garak a'zosi sifatida muntazam ishtirok etganligi uchun beriladi

20

To‘garak rahbari sifatida faoliyat yuritganligi uchun beriladi.

3

Ittifoqning Respublika, hududiy, mahalliy Kengashlari qoshida tashkil etilgan turli uyushma va tuzilmalar faoliyatidagi ishtiroki

15

Ittifoq qoshidagi turli uyushmalarga a'zoligi hamda ularning faoliyatida faol ishtirok etganligi uchun beriladi.

4

Ittifoqning Respublika, hududiy, mahalliy va boshlang‘ich tashkilot Kengashlari tomonidan tashkil etiladigan turli xayriya aksiyalari (ko‘makka muxtoj va yolg‘iz qariyalar, nogironlar, “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari holidan xabar olish)dagi ishtiroki

10

Biriktirilgan ishni qoniqarli bajarganligini tasdiqlovchi mahalliy Kengash ma'lumotnomasi asosida beriladi.

15

Biriktirilgan ishni namunali bajarganligini tasdiqlovchi mahalliy Kengash yoki yordam ko‘rsatilgan muassasa (shaxs)ning tashakkurnomasi uchun beriladi.

5

Boshlang‘ich tashkilot ish rejasidagi tadbirlardagi faol ishtiroki

10

Kamida 5 ta tadbir yoki musobaqalardagi ishtiroki uchun beriladi.

15

Kamida 10 ta tadbir yoki musobaqalardagi ishtiroki uchun beriladi.

6

Ittifoqning Respublika, hududiy, mahalliy Kengashlari tomonidan tashkil etilgan loyihalardagi ishtiroki

4

OTM bosqichida ishtirok etganligi uchun beriladi.

6

OTM bosqichida g‘olib bo‘lgani uchun beriladi.

8

Tuman (shahar) bosqichida ishtirok etganligi uchun beriladi.

10

Tuman (shahar) bosqichida g‘olib bo‘lganligi uchun beriladi.

15

Hududiy va Respublika bosqichida ishtirok etganligi uchun beriladi.

20

Hududiy va Respublika bosqichida g‘olib bo‘lganligi uchun beriladi.

7

YOshlar hasharlari va obodonlashtirish ishlaridagi faol ishtiroki

10

Kamida 5 ta hashar yoki obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etganligi uchun beriladi.

8

Da'vogar talabaning shaxsiy tashabbusi bilan YOshlar Kengashi ko‘magida tadbiri (loyiha) tashkil etganligi

10

O‘tkazilgan har bir tadbir uchun o‘rtacha 2 ball, o‘tkazilgan tadbirlar sonidan qat'iy nazar jami 10 ballgacha beriladi.

9

Da'vogar talabaning jamoatchilik faoliyatini televidenie va bosma nashrlar (gazeta va jurnallar)da yoritilganligi

10

Har bir yoritilgan maqola va ko‘rsatuv uchun uchun 1 ball, yoritilgan tadbir sonidan qat'iy nazar jami 10 ballgacha beriladi.

II. Moddiy qo‘llab-quvvatlanishga da'vogar talabaning
ilmiy-ijodiy faoliyatidagi faol ishtiroki

(Jami 130 ball)

10

Da'vogar talabaning fan olimpiadalaridagi ishtiroki

10

OTM bosqichida ishtirok etganligi uchun beriladi.

15

OTM bosqichida g‘olib bo‘lganligi uchun beriladi.

20

Respublika boqichida ishtirok etganligi uchun beriladi.

25

Respublika bosqichida g‘olib bo‘lganligi uchun beriladi.

11

Ilmiy-amaliy anjuman va konferensiyalardagi ishtiroki

10

OTM miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman va konferensiyalarda ishtirok etib, chop etgan tezisi, maqolasi yoki sertifikati uchun beriladi.

20

Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman va konferensiyalarda ishtirok etib, chop etgan tezisi, maqolasi yoki sertifikati uchun beriladi.

25

Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman va konferensiyalarda ishtirok etib, chop etgan tezisi, maqolasi yoki sertifikati uchun beriladi.

12

Respublika yoki xorijiy grantlardagi ishtiroki

20

Respublika miqyosidagi grantlardagi ishtiroki uchun beriladi.

25

Xorijiy miqyosdagi grantlardagi ishtiroki uchun beriladi.

13

Da'vogar talabaning ixtirosi (kashfiyoti), innovatsion loyihasi va ilmiy monografiyalari

15

CHop etilgan ilmiy monografiyasi uchun beriladi.

30

Patent olingan ixtirosi (kashfiyoti) yoki realizatsiya qilingan innovatsion loyihasi uchun beriladi.

14

Da'vogar talabaning Respublika, hududiy, OTM va Ittifoq muassisligidagi bosma nashrlar (gazeta va jurnallar)da chop etilgan ilmiy-publitsistik maqolalari

10

CHop etilgan 1 (bir) dona maqola uchun beriladi.

20

CHop etilgan 2 (ikki) dona maqola uchun beriladi.

25

CHop etilgan 3 (uch) dona va undan ortiq maqola uchun beriladi.

III. Qo‘shimcha imtiyozli ballar
(Jami 115 ball)

15

Da'vogar talabaning Ittifoq boshlang‘ich tashkiloti saylanma organlari faoliyatidagi ishtiroki

15

Guruh yoshlar etakchisi etib saylanganligi uchun beriladi.

20

Fakultet YOshlar Kengashi a'zosi etib saylanganligi uchun beriladi.

35

OTM YOshlar Kengashi a'zosi etib saylanganligi uchun beriladi.

50

Fakultet yoshlar etakchisi etib saylanganligi uchun beriladi.

70

Boshlang‘ich tashkilot yoshlar etakchisi etib saylanganligi uchun beriladi.

16

“Molodyoj Uzbekistana” gazetasiga obuna

5

6 (olti) oydan kam bo‘lmagan muddatga obuna bo‘lgani uchun beriladi.

10

9 (to‘qqiz) oydan kam bo‘lmagan muddatga obuna bo‘lgani uchun beriladi.

17

“Yoshlar ovozi” gazetasiga obuna

10

6 (olti) oydan kam bo‘lmagan muddatga obuna bo‘lgani uchun beriladi.

15

9 (to‘qqiz) oydan kam bo‘lmagan muddatga obuna bo‘lgani uchun beriladi.

18

“Yosh kuch” jurnaliga obuna

10

6 (olti) oydan kam bo‘lmagan muddatga  obuna bo‘lgani uchun beriladi.

20

9 (to‘qqiz) oydan kam bo‘lmagan muddatga obuna bo‘lgani uchun beriladi.

Izoh:
- I blok (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi faol ishtiroki) bo‘yicha o‘tish ko‘rsatkichi 1-bosqich da'vogar talabalar uchun – 40 ball, yuqori bosqich da'vogar talabalar uchun – 75 ball;
- II blok (ilmiy-ijodiy faoliyatdagi faol ishtiroki) bo‘yicha o‘tish ko‘rsatkichi
1-bosqich da'vogar talabalar uchun – 10 ball, yuqori bosqich da'vogar talabalar uchun – 20 ball;
- Umumiy o‘tish ko‘rsatkichi 1-bosqich da'vogar talabalar uchun – 70 ball, yuqori bosqich da'vogar talabalar uchun – 143 ball.
Da'vogar talaba mazkur baholash mezonlarining bir bandida ko‘rsatilgan turli yo‘nalishlar bo‘yicha natijalarga erishgan bo‘lsa, belgilangan ballning eng yuqorisi hisobga olinadi.

O'qildi: 50 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi: