UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Yoshlar ortasida giyohvand moddalarning tarqalishiga qarshi kurash oyligi

2018-02-01 / 20:16

2018 yilning 1 fevral kuni Jizzax politexnika institutining ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi hamda “Elektromexanika va radioelektronika” fakulteti hamkorligida “Yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalarning tarqalishiga qarshi kurash oyligi” hamda haftaning har payshanba kuni huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan “Giyoxvandlik umr zavoli” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor N.Alimov, “Elektromexanika va radioelektronika” fakulteti dekani O.X.To‘raqulov, dekan o‘rinbosarlari professor o‘qituvchilari, kafedra mudirlari, guruh murabbiylari va talabalari ishtirok etishdi.  

Yig‘ilishga SH.Xolmatov – Jizzax viloyat jinoyat qidiruv boshqarmasi, giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i, D.Mamatqulov - Jizzax viloyat jinoyat qidiruv boshqarmasi, giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash bo‘limi hodimi, J.Mirzaaliev - Jizzax shahar jinoyat qidiruv bo‘limi hodimi, A.Ropijonov – Jizzax viloyat narkologiya dispanseri vrachi, S.U.Xolmirzaeva – Voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida xuquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektori, L.A.Boynazarov – Jizzax shaxar O‘ratepalik maxallasi inspektorlari taklif qilindi.

Yig‘ilishda so‘z Jizzax viloyat jinoyat qidiruv boshqarmasi, giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i SH.Xolmatovga berildi SH.Xolmatov o‘z so‘zida giyoxvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqarilgan chora tadbirlar bilan tanishtirib o‘tdi va giyoxvand moddalarni oldi-sottisi bilan shug‘ullanib jinoiy javobgarlikka tortilgan va ozodlikdan maxrum qilingan holatlarni bir qanchasini aytib o‘tdi.

Undan keyingi so‘zni Jizzax viloyat narkologiya dispanseri vrachi A. Ropijonovga berdi. O‘z so‘zida A.Ropijonov giyohvandlik haqida so‘z yuritdi, uning kelib chiqish yo‘llari, oqibatlar, davolash choralari haqida so‘z yuritdi. Asosiy sabab oiladagi noto‘g‘ri tarbiya, salbiy kelishmovchiliklar, tajribada o‘zida sinab ko‘rish va boshqa kabi oqibatlarni aytib o‘tdi. Bu holat asosan ota-ona va bola o‘rtasidagi vaziyatdan kelib chiqadi, farzand giyohvandlik yo‘liga kirib ketishi, Internet ma'lumotlari orqali shu yo‘lga kirib ketishi asosiy sababchi bo‘lishi mumkin. YOshlarimiz o‘zida sinab ko‘rish ehtiyojlari ko‘payib bormoqda. Giyohvand vositalaridan iste'mol qilgan inson 3-bosqichli ta'sir jaryonlaridan o‘tishi mumkin. Bular:

1-bosqich: Hissiyotlarga g‘arq bo‘lishi, muammolardan voz kechish uchun tatib ko‘rish bosqichi;

2-bosqich: jismoniy qaramlik, bosh, oyoq-qo‘l og‘riqlari, xumorligi tutishi;

3-bosqich: qo‘shimcha asoratli kasalliklar kelib chiqishi, nafas yo‘llarini yallig‘lanishi, nafas a'zolarini kuyishi, absesslar, OITS (SPID) kasali yuqishi, jigar sirrozi va boshqa kabi asoratli kasalliklar bilan o‘lim darajasiga olib keladigan bosqichni aytib o‘tdi. Kasallangan inson albatta or-nomusni o‘rtaga qo‘ymey, o‘z sog‘lig‘ini birinchi o‘ringa qo‘yishni, davolovchi dispanserlarga murojaat qilishlarini tavsiya berdi.

SHundan so‘ng “Ikki yo‘l orasida” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida professor-o‘ituvchilar va talbalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tamonidan batafsil javoblar berildi. 

“Elektromexanika va radioelektronika”
fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlari
bo‘yicha dekan o‘rinbosari
B.S.Eshonqulov

O'qildi: 84 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting