UZ | RU | EN    

1 2 3
 
«Fevral 2018»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Nogironligi bolgan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish

2018-02-03 / 16:23

“Arxitektura va qurilish” fakultetining 2017/2018 o‘quv yili yanvar oyida ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi  “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5270-son farmoni hamda 2017 yil 25 dekabrdagi “2018-2022 yillar davrida bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3440-son qarorining maqsad va mohiyatini xalq ommasiga etkazish yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligining 29 yanvar 2018 yildagi 87-03-410 xatini ijrosini ta'minlash maqsadida, Jizzax politexnika instituti rahbariyati, “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati O‘zbekiston lebirial demokratik partiyasi”, Jizzax viloyat hokimligi,Jizzax viloyat prokuraturasi,Jizzax viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi,Jizzax viloyati “Qo‘shchinor” jo'me masjidi va viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda viloyat xokimi xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosari  G.To‘raeva,viloyat prokurori o‘rinbosari J.Niyozov, viloyat imom xatibi noibi A.Otaboev, Jizzax politexnika instituti ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori N.Alimov, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.Rashidova, institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.Rajabova, “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekan, dekan muovinlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari hamda fakultet talabala yoshlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda Nogironlikni barvaqt aniqlash va oldini olish,nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish,ularni kasbga yo‘naltirish va ishga joylashtirish soxasidagi,ishlarning axvoli va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan boshqa dolzarb masalalar xususida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi  “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5270-son farmoni hamda 2017 yil 25 dekabrdagi “2018-2022 yillar davrida bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3440-son qarorining maqsadi yig‘ilganlarga tushuntirib o‘tildi.Yig‘ilish OAVda keng yoritildi.

“Arxitektura va qurilish”fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
Irgashev X.N.

O'qildi: 43 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting