UZ | RU | EN    

1 2 3
 
«Fevral 2018»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Xalqimiz qalbida abadiy muhrlangan buyuk siymo

2018-01-27 / 18:09

2018 yil 26 yanvar kuni soat 1000da O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan institutda taniqli adib va olimlar, turli soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar  tashkil etish bo‘yicha “Xalqimiz qalbida abadiy muhrlangan buyuk siymo” mavzusidagi ikki  kunlik loyiha tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirning maqsad va vazifalar:

Oliy o‘quv yurtlarining talabalari orasida  O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash, uning barcha sohalardagi faoliyatlarini va bosib o‘tgan yo‘llarini yoshlar orasida targ‘ib qilish.

 Tadbirni o‘tkazishga institutning o‘quv ishlari prorektori, ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektori,  institut xotin – qizlar qo‘mitasi b.t., , “Avtotransport” va “Arxitektura va qurilish” fakultetlari hamda axborot – resurs markazi xodimlari rahbarlik qildi.

Tadbirga Jizzax viloyatidagi 03195 okrugi ofitser va askalari taklif etildilar va ular institut talabalari uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdilar. 

K U N   T A R T I B I: 

1.Kirish so‘zi: Jizzax politexnika  instituti rektori Alisher Kadirkulovich Usmankulov

2. Islom Karimovning “YOshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir” asarining taqdimoti – O‘zbekiston  tarixi va ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Xidirov Hoshim. 

3. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov haqidagi hujjatli film namoyish etildi.

Tadbirni institutning ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektori N.Alimov olib bordi. U tadbirda ishtirok etayotgan mehmonlar bilan tanishtirdi. SHundan so‘ng bugungi o‘tkaziladigan tadbirning ahamiyati va unda ko‘riladigan mavzular haqida gapirib o‘tdi. Bugungi tadbirda  Islom Karimovning “YOshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir” asarining taqdimoti o‘tkaziladi,  taqdimotni “O‘zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Xidirov Hoshim o‘tkazdi. U asarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati va  asarning mazmun mohiyati haqida aytib o‘tdi. 

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov haqidagi  “E'zoz” deb nomlangan hujjatli film namoyish etildi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi b.t. raisi
B.Tursunova

O'qildi: 65 | Reyting: 0 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting