UZ | RU | EN    

1 2 3
 
«Fevral 2018»
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728    
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Innovatsion goyalar, texnologiyalar va loyihalar korgazmasi

2018-01-19 / 19:07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida, Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda “Arxitektura va qurilish” fakultet dekani A.Berdiqulov, "Bino va inshootlar qurilish" kafedrasi mudiri N.Asatov, “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalar texnologiyasi” kafedra mudiri I.Bozorov, “Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” kafedra mudiri N.Toshmatov, va “Jismoniy tarbiya” kafedra mudiri X.Abduvaliev hamda professor o‘qituvchilari va talabalari, Jizzax politexnika institutida  2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar ko‘rgazmasida faol ishtirok etishdi. Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, uning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirishda fan-ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish muhim omillardan sanaladi. YUrtimizda so‘nggi yillarda ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, respublikaning real sektorida innovatsion faoliyatni yuksaltirish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishda fanning rolini kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan,  "Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar  yarmarkasi muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Oliy ta'lim muassasalaridagi professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarini qo‘llab quvvatlash maqsadida bunday ko‘rgazmalar o‘tkazish albatta bugungi kun talabi. Bu esa albatta har bir professor-o‘qituvchi,talaba-yoshlar iqtisodiyotning real sektorida o‘z xissasini qo‘shish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, etuk malakali kadr chiqarishning asosiy zamini bo‘lib qoladi.

“Arxitektura va qurilish”fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
Irgashev X.N.

O'qildi: 39 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting