UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyul 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish

2018-01-18 / 19:28

Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” va “Sanoat texnologiyalari” fakulteti professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida huquqbuzarlikga qarshi kurash va uning oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.

Yig‘ilishni institut rektori A.K.Usmankulov so‘z olib bugungi kunda yurtimiz yanada gullab yashnayotgani, mustaqillik davrida  erishilgan  yutuqlar, talabalar va professor-o‘qituvchi xodimlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida, institutdagi amalga oshirilayotgan ishlar va yutuqlar haqida yig‘ilish qatnashchilariga ma'lumotlar berdi Jumladan, u: "Yutuqlarimiz bilan birga yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarimiz ham mavjud. Ayniqsa, bugungi kunda ayrim yoshlarning   bilib - bilmay jinoyatchilik ko‘chasiga kirib qolayotganligi, jinoyatchilik va xuquqbuzarlikning ko‘payib borayotganligi bizni tashvishga solmoqda. Xalqimizda ibratli bir gap bor. "Kasallikni davolashdan ko‘ra,  uning oldini olgan ma'qul”. Biz ham bugungi kunda talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik  to‘g‘risida juda ko‘p amaliy ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Jumladan, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga e'tibor qaratilmoqda. Turli tadbirlar, jumladan, huquq va Konstitutsiyani o‘rganishga oid tanlovlar, suhbatlar, bahs-munozaralar va sport musobaqalari tashkil etib borilmoqda. Talaba-yoshlar o‘rtasida "Ogohlik davr talabi" rukni ostida soha mutaxassislari, dinshunos olimlar, diniy idora xodimlari, huquq tartibot organlari vakillari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazish institut jamoasi orasida yo‘lga qo‘yilgan.   

Yig‘ilishda institut rektori A.K.Usmankulov yig‘ilish ishtirokchilariga murojaat etib yuqoridagidek turli xil noxush holatlarning oldini olish uchun institutda birmuncha ishlar amalga oshirilayotganligini, barcha professor-o‘qituvchilar va rahbar-xodimlardan huquqbuzarlik va poraxo‘rlik illatlarini sodir etmaslik haqida tilxatlar olinganligini, yuqoridagidek illatlarning oldini olish uchun doimiy ravishda profilaktika ishlari olib borilayotganligini takidlab, bu kabi xolatlarning sodir etilishi qanday oqibatlarga olib kelishi va  bunday holatlarda huquqni muxofaza qilish organlari tomonidan qanday chora-tadbirlar qo‘llanilishi va qonuniy holatlar to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga tushuntirish ishlarini olib borish uchun Jizzax viloyati IIB boshqarmasi xodimi katta tergovchi F.Boyto‘raev tashrif buyurganligini ma'lum qildi va so‘zni Jizzax viloyati IIB boshqarmasi xodimi katta tergovchi F.Boyto‘raevga  berdi. 

 Jizzax viloyati IIB boshqarmasi xodimi katta tergovchi F.Boyto‘raev o‘z so‘zida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan Qonuni xaqida aytar ekan, ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

Manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta'sir ko‘rsatayotgan yoxud ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir deb aytib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshirishini, Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

Qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi to‘g‘risida ma'lumotlar berdi.

 Barcha yig‘ilish qatnashchilariga huquqni muxofaza qilish organlari tomonidan bugungi kunda jinoyatchilik va xuquqbuzarlikni oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida, talabalar, professor-o‘qituvchilar  o‘rtasida yuz berishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish uchun nimalar qilishimiz kerakligi haqida so‘z yuritdi va talabalarni bunday jinoyatlardan uzoq yurishlari uchun ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etilishi zarurligini alohida ta'kidlab o‘tdi. 

 U o‘z so‘zini davom ettirib o‘tgan 2017 yil Jizzax viloyatida 2585 ta shu korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilganligini, bu jinoyatlar orasida Oliy ta'lim muassasalari va o‘rta maxsus kasb xunar kollejlarning professor-o‘qituvchilari borligi yanchi holat ekanligini aytib, bunga misollar bilan keltirib o‘tdi. Institutning  yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi, Respublikamizning turli sohalari uchun turli yo‘nalishda kadrlar tayyorlovchi maskan ekanligini, ushbu maskanda barchaga o‘rnak bo‘luvchi va madaniyatning yuqori darajasiga erishgan fuqarolarning xizmat qilishini aytib o‘tdi. Shu bilan birga ayrim ko‘ngilsiz holatlar haqida viloyat IIB boshqarmasida ma'lumotlar mavjudligini aytib o‘tdi va yig‘ilish qatnashchilarini ogohlikka chaqirdi.     

Shuningdek, F.Boyto‘raev  talabalar o‘rtasida huquqiy ong, huquqiy madaniyat, uning zaruriyati, huquqiy demokratik jamiyat sari borayotganligimiz, har birimiz hushyor va ogoh bo‘lishimiz lozimligi, loqaydlik barcha illatlarning sababchisi ekanligi haqida qatnashchilarga tushuncha berdi. Bugungi kunda viloyatda yuz bergan ayrim huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha misollar keltirdi. 

Shundan so‘ng “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani A.Berdiqulov va “Bino va inshootlar qurilish” kafedrasi mudiri N.Asatovlar kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, barcha kafedralarda professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida tushintirish ishlarini olib borishlarini ta'kidlab o‘tdi.

“Arxitektura va qurilish”fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
Irgashev X.N.

“Sanoat texnologiyalari” fakulteti
ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha
dekan muovini:
Shamshiyev J.

O'qildi: 101 | Reyting: 10 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting facebook.com Telegram